Xulosa «
Mustaqil fikrlashni tarbiyalash. Kasb etikasi » mavzusini o'rganish
Inson qadri umrida qancha yil yashagani bilan emas, balki bu fursatdan qanday
foydalanganligi, el va jamiyat manfaati yo'lida nima ishlar qilganligi bilan
o'lchanadi. Mustaqil fikrlash komillikning asosiy belgisi ekanligini qanday anglab
etish mumkinligini anglab etish mumkin.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti
darajasi odob, ahloq, madaniyat, ma'naviyat elementlarining unda qanchalik
mujassamlanganligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi
deb e'lon qilingan komil, ma'naviy barkamol shaxs deganda ongi yuksak, mustaqil
fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli
kishilarni tushunamiz. Ilm-ma'rifatlilik kuch-quvvat manbai, qalbga nur, o'ziga
ziyo bag'ishlaydigan buyuk ne'matdir. Shu sababli ham inson hayotda qunt bilan
ilmni o'rganishi tufayli aql-zakovati yuksaladi, baxtli hayot uchun kurashadi. Aql –
insonning epchillik, bunyodkorlik, insonparvarlik sifatlari majmuasidan iboratdir.
Insonlarning bilimi qanchalik keng va chuqur bo'lsa, u shunchalik kamtar bo'ladi.
Kamtarlik – donolikning belgisidir. Dono kishilar bilganlaridan ko'ra bilmaganlari
ko'p ekanini tasavvur eta oladilar. Buyuk faylasuf Suqrotning «Men bir narsani
bilaman, u ham bo'lsa – hech narsani bilmasligimdir» degan fikrlarida ham shu
ma'no bor. O'qituvchining ko'pqirrali va murakkab faoliyat zaminida yosh avlodni
odobli, e'tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi
muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil
faoliyatiga bog'liq: yoshlarni o'qitish, darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil
eta bilish va o'tkazish, targ'ibot ishlarini olib borish va boshqalar.
Shunday ekan, Bularning hammasi o'qituvchidan chuqur bilimlarga ega
bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.