O'zbyekiston ryespublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “kasb ta'lim” fakultyeti



Yüklə 365,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix17.12.2022
ölçüsü365,49 Kb.
#75896
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil-fikrlashni-tarbiyalash.-kasb-etikasi.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tarbiya
4.Erkin fikrlash tushunchasi. 
Tarbiya – ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini 
nazarda tutgan holda, o'qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan 
o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya 
jarayonining 
mohiyati 
va vazifalari 
tarbiyachi tomonidan quyidagicha 
rejalashtiriladi va tartibga solinadi: 
a) talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida
rejalashtirish; 
b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi


manbalarni izlab topish; 
v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy
manbalarni qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtirish. 
Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-
harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borish lozim. 
Mukammal insonni tarbiyalashni ikkita ko'rsatgich bilan bog'lash mumkin: 
Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari 
va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni. 
Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan, o'zgalarning 
nafratini qo'zg'atadigan hatti-harakatlardan o'zini tiya bilish. 
Mamlakatimizda komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi 
deb e'lon qilingan komil, ma'naviy barkamol shaxs deganda ongi yuksak, mustaqil 
fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli 
kishilarni tushunamiz. Ilm-ma'rifatlilik kuch-quvvat manbai, qalbga nur, o'ziga 
ziyo bag'ishlaydigan buyuk ne'matdir. Shu sababli ham inson hayotda qunt bilan 
ilmni o'rganishi tufayli aql-zakovati yuksaladi, baxtli hayot uchun kurashadi. Aql – 
insonning epchillik, bunyodkorlik, insonparvarlik sifatlari majmuasidan iboratdir. 
Insonlarning bilimi qanchalik keng va chuqur bo'lsa, u shunchalik kamtar bo'ladi. 
Kamtarlik – donolikning belgisidir. Dono kishilar bilganlaridan ko'ra bilmaganlari 
ko'p ekanini tasavvur eta oladilar. Buyuk faylasuf Suqrotning «Men bir narsani 
bilaman, u ham bo'lsa – hech narsani bilmasligimdir» degan fikrlarida ham shu 
ma'no bor. O'qituvchining ko'pqirrali va murakkab faoliyat zaminida yosh avlodni 
odobli, e'tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi 
muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil 
faoliyatiga bog'liq: yoshlarni o'qitish, darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil 
eta bilish va o'tkazish, targ'ibot ishlarini olib borish va boshqalar. Bularning 
hammasi o'qituvchidan chuqur bilimlarga ega bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni 
sevishni talab etadi. Pedagogik faoliyat jarayonida o'qituvchi er yuzidagi eng 
murakkab va qimmatli narsani – odamning ichki dunyosini tarkib toptirish bilan 


shug'ullanadilar va buni odam hayotining eng ma'suliyatli davrida (bolalik, 
o'smirlik va o'spirinlik davrida) amalga oshiradilar. 
Pedagoglik kasbining xarakteri belgilaridan biri shuki, jamiyat oldida 
o'qituvchining ma'naviy ma'suliyati juda yuksak bo'ladi. 
Buyuk Yunon faylasufi Platon, agar kavushdo'z yomon usta bo'lsa, davlat 
unchalik ko'p zarar ko'rmaydi, fuqarolar birmuncha yomonroq kiyinib yuradilar 
xolos, ammo bolalarni tarbiyalovchi kishi o'z vazifalarini yomon bajarsa, 
mamlakatda nodon va yomon odamlarning butun bir avlodi vujudga keladi deb 
yozgan edi. Pedagogik faoliyatning xususiyati shundan iboratki, o'qituvchi o'zining 
o'quvchilarga berayotgan bilim va fazilatlarning hammasiga o'zi ega bo'lishi lozim, 
bundan tashqari, o'zi bolalarga shunday ta'sir o'tkazishi kerakki, bolalar o'qituvchi 
berayotgan narsalarni (bilimlarni ham, e'tiqodlarni ham) o'zlariga o'zlashtirib va 
singdirib olishlari lozim. Buning uchun o'qituvchi ham o'qitishi, ham o'zi o'qishi, 
tarbiyalashi va o'zini o'zi tarbiyalashi bilan shug'ullanishi lozim bo'ladi. 
«Tarbiyachi shaxsning yosh qalbga bo'lgan ta'siri shunday bir tarbiyaviy kuchdirki, 
darsliklar ham, ahloq to'g'risidagi nasihatlar, jazolash va rag'batlantirish sistemasi 
ham bu kuchning o'rnini bosa olmaydi» deb yozgan edi buyuk rus pedagogi 
K.D.Ushinskiy. Pedagogning ma'suliyati haqida buyuk L.Tolstoy shunday deb 
yozgan edi «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira 
to'xtamay o'zlarini tarbiyalab borishlari kerak». 

Yüklə 365,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin