O'zbyekiston ryespublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “kasb ta'lim” fakultyeti



Yüklə 365,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix17.12.2022
ölçüsü365,49 Kb.
#75896
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil-fikrlashni-tarbiyalash.-kasb-etikasi.

3.Mustaqil fikrlashni tarbiyalash. 


O'quv jarayonida fikr yuritishning, tafakkur qilishning o'zaro mustahkam 
bog'langan berk zanjiri vujudga keladi. Mustaqil fikr yuritish jarayoni quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
1. Mustaqil fikr yuritish faoliyatida eng avvalo hal qilinishi zarur bo'lgan 
muammo inson tomonidan yashilab anglab (tushunib) olinishi kerak. Agarda inson 
oldida hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirilmagan bo'lsa, u holda u 
biron-bir narsa to'g'risida fikr ham yuritmaydi. Mushohada ham qilmaydi. Inson 
tanballikka moyildir. Mabodo shaxs hal qilinishi shart bo'lgan masala yuzasidan 
qanchalik aniq va to'laroq ma'lumotga ega bo'lsa, uni oqilona echish yo'li va 
vositalarini shunchalik engillik bilan topadi. 
2. Muammo yoki masalani hal qilish uchun eng zarur bo'lgan barcha 
bilimlarni, muhim munosabatlar, urf-odatlar, bog'lanishlarni yaxshi bilishi va uni 
tadbiq qila olishi zarur. Buning uchun shaxsiy tajribada uchragan holatdan, 
usullardan holatlarni xotirada saqlash va uni o'xshash muamollarni echishda 
qo'llash jarayoni amalga oshiriladi. 
3. Masala yoki muammoga taalluqli faraz ilgari suriladi, bosqichlar tahlil 
qilinadi, echish to'g'risida mulohazalar bildiriladi. Turli variantlar haqida fikr 
yuritiladi, ular o'zaro qiyoslanadi va eng samarali variantlar ajratiladi. 
4. Muammo oldiga qo'yilgan gipotezani muayyan mezonlar yordami bilan 
tekshirish zaruriyati tug'iladi. Uni tekshirish uchun o'zaro o'xshash holatlar 
ma'naviy, shakliy, tuzilmaviy jihatdan taqqoslanadi. Bu o'rinda ijodiy xayol 
materiallaridan atroflicha foydalaniladi, ya'ni ijodiy rejalar tuzish, umumlashma 
obrazlar yaratish, maqsad natijalarini ko'z o'ngiga keltirish, taxminiy 
munosabatlarni idrok qilish amalga oshiriladi. Uning xaqqoniy ekanligiga ishonch 
hosil qilish uchun aqliy hatti-harakatlar tizimini tadbiq qilib ko'riladi va ayrim 
o'zgarishlar kiritish mo'ljali oydinlashtiriladi. Gipoteza mantiqiy usullar yordamida 
fikran analiz va sintez qilinadi, muhim alomatlari ajratiladi, uning to'g'riligi, 
xaqqoniyligi bo'yicha tezkor hukm va xulosalar chiqariladi. 
5. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza 
to'g'riligi yoki noto'g'ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob'ektidan siqib 


chiqariladi va yangi farazlar, o'ylar, taxminlar qabul qilinadi yoki o'ylab topiladi. 
Yangi amaliy gipoteza fikran bir necha marta tekshiriladi va undan so'ng 
amaliyotga joriy qilish uchun sinashga tavsiya qilinadi. Ta'kidlab o'tilgan 
mulohazalarning aksariyati konstruktiv texnik masalalarni hal qilishda, 
kashfiyotlarni yaratishda, ixtirochilik takliflarida, rasionalizatorlikda, texnologik 
ko'rilmalarni joriy qilishda turli tuman variantlar, texnologik kartalar va boshqa 
modellar fikran tahlil qilinadi. So'ngra ulardan eng ma'quli, omilkori, eng 
maqsadga muvofiqi tanlanadi va uning ustida bosh qotiriladi. 
6. Muammo va masalani hal qilish, echish, olingan natijalarni to'g'riligiga 
ishonch, qanoat hosil qilish uchun echuvchi shaxs uni tekshirish bilan mustaqil fikr 
yuritish hatti-harakatlarini yakunlaydi. Ana shu fikriy operasiyalar, mulohazalash 
shakllaridan so'ng masala (topshiriq) batamom hal qilinadi va bu muammo 
to'g'risida o'ylash nisbiy jihatdan vaqtincha to'xtatiladi. Erishilgan muvaffaqiyat 
hayotga joriy qilinadi. Boshqacha aytganda bu muammo va uning echimini topish 
uchun qilingan harakatlar va echimlar kelgusi muammoli vaziyatni hal qilish 
uchun kerak bo'ladi. Bu tajribalar ongning xotirasida saqlab qo'yiladi va 
navbatdagi hayotiy muammolarni echishda chuqur o'ylash, mushohada qilish, 
tafakkur saviyasiga mos, hayotiy tajribaga tayanib echim izlash va uni orttirgan 
hayotiy tajribalar bilan qiyoslash, undan keyingina yagona oxirgi xulosaga kelish 
va uni hayotda qo'llash kabi berk aylanma tizim (sistema, mexanizm) hosil bo'ladi. 
Bu tizim cheksiz davom etaveradi. Har bir shaxs o'z aql-idroki, tafakkurning 
tarangligi, intellektual shakllanganligiga xos va mos holda muammolarni echadi va 
hayotga joriy etadi. 
Inson hayotga joriy etgan muammolar echimining saviyasiga qarab, kishilar 
orasida o'z o'rni va mavqeini egallab boradi. Shu yo'sinda shaxsning mustaqil 
fiklash qobiliyati sayqallanib boraveradi. Fikr inson faoliyati, uning o'zligini kuchi, 
qudratini, o'zagini tashkil qiluvchi ma'naviy-insoniy sifatdir. Insonning erkin va 
ozodligi uning fikrining mustaqilligi, erkinligidan boshlanadi. Fikr erkinligi – 
insonning asosiy ma'naviy-insoniy xuquqidir. Shuning uchun O'zbekiston 
respublikasi mustaqilligining birinchi kunlaridanoq «Vijdon erkinligi» haqidagi 


qonuni qabul qilinishi bo'ldi. Chunki bu qonun insonning asosiy ma'naviy-insoniy 
xuquqi fikr erkinligini qonuniy kafolatlagan edi. Shuning uchun ma'naviy-insoniy 
qadriyatlarning asosi bo'lgan insonning o'zligini anglash fikr erkinligini anglashdan 
boshlanadi. Fikrni – inson miyasida ma'nolarning o'zaro bog'lantirilishi va 
rivojlantirilishi desak ham bo'ladi. Fikr haqida fikrning quvvati – uning ilmiyligi, 
chuqurligi, fikrning ziynati – ezgu niyat, maqsadga bag'ishlanganligi, kengligi – 
keng qamrovliligi, sofligi-pokligi, aniq sohaga yo'nalganligi mavjud. 
Mustaqillik, erkinlik, bunyodkorlik asosan ijodiy, amaliy, nazariy 
tashabbusda namoyon bo'ladi. Tashabbus iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning, 
insonlarning yangi talabiga mos keladigan moddiy, ma'naviy mahsulotlar 
yaratishga qaratilgan taklif, g'oya, fikr yoki amaliy jarayondir. Biror sohada 
tashabbus ko'rsatish uchun har kishi o'zi faoliyat ko'rsatayotgan sohani mukammal 
bilishi, bu sohani mahsuliy jarayonida nimalar taraqqiyotga, rivojlanishga, 
mahsulot sifati, turi, narxiga to'siq bo'layotganini aniq bilishi bu kamchiliklarni 
tugatishga qaratilgan aniq texnologiya g'oya, amaliy takliflarga ega bo'lishi lozim. 
Tashabbuskorlik sifati insonlarning ichki faollik omillari: birinchidan, har bir 
kishining o'z qiziqishi, o'quv qobiliyatiga mos hayot yo'lini topish orqali o'z qadrini 
ro'yobga chiqarish bo'lsa, ikkinchidan shaxsiy manfaatdorlik, shaxsiy mulkning 
faqat moddiy emas, balki ma'naviy qadriyatlarni ishga tushirish orqali o'zini va 
davlat, jamiyat va olamni takomillashtirishga hissa qo'shishdan iborat. 

Yüklə 365,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin