O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi annotatsiya



Yüklə 63,97 Kb.
səhifə1/8
tarix30.09.2023
ölçüsü63,97 Kb.
#150696
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH


O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi

ANNOTATSIYA


Mazkur maqolada muallif tomonidan firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning ayrim o‘ziga xos jihatlari xususida umumiy tavsif berilgan. Bundan tashqari, firibgarlik jinoyati tarkibi elementlari tahlili amalga oshirilgan. Muallif mazkur jinoyatni sodir etish usullari uning kvalifikatsiyasiga ta’sir etishi haqida ham to‘xtalgan. Jumladan, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalarini yoritgan. Shuningdek, mazkur mavzuda tadqiqot olib borgan olimlarning fikrlarini o‘rganib, firibgarlikning jinoyat-huquqiy tavsifini bayon qilgan.
Kalit so‘zlar: firibgarlik, o‘zganing mulki, talon-toroj qilish, aldash, ishonchni suiiste’mol qilish, faol aldash, nofaol aldash.

KIRISH


O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni himoya qilar ekan, shaxs, uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ayniqsa, hozirgi kunga kelib, Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida bu yanada o‘z dolzarbligini namoyon etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Mulkchilikni barcha shakllarini daxlsizligi va rivojlanishiga teng sharoit yaratishga kafolat beradi. Ushbu mulkchilik shaklining torligi jinoyat qonunida “o‘zgalar mulki” tushunchasini beradi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deganda, huquqqa xilof ravishda o‘rnini qoplamasdan, g‘arazgo‘ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o‘zganing mulkini aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o‘tkazish tushuniladi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining bevosita ob’ekti mulkini o‘zgaga tegishlilik huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan ham mazkur turdagi jinoyatlarning predmetini o‘zganing mulki tashkil qiladi.
O‘zganing mulki deganda – boshqaga tegishli bo‘lgan ashyolar, pullar, mulkka egalik huquqini beruvchi – qo‘lga kiritilishi, mulkni qo‘lga kiritish bilan teng bo‘lgan hujjatlar tushuniladi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida mulk davlat, xususiy, aralash, ommaviy va boshqa mulk bo‘lishidan qat’i nazar u o‘zganing mulki deb baholanadi [1].
Quyidagilar esa o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining predmeti bo‘la olmaydi:

  • yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, ularning mevalari, yovvoyi qushlar va hayvonlar, yer ostidan kovlab olinmaydigan foydali qazilmalar;

  • mulkdor uchun o‘z qiymatini yo‘qotgan narsalar;

  • muayyan qiymatga ega bo‘lmagan mulklar;

  • o‘zgalar ixtiyoridan tasodifiy holda chiqib qolgan mulklar;

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshq.) talon-toroj predmeti bo‘la olmaydi [1].

Ob’ektiv tomondan o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda, tekinga o‘zi yoki boshqa shaxs foydasi uchun olishda ifodalanadi.
Firibgarlik jinoyati iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi dispozisiyasida quyidagicha aks ettirilgan: “Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini qo‘lga kiritish”.
Ilmiy adabiyotlarda firibgarlik tushunchalariga turlicha ta’riflar berilgan. Firibgarlik tushunchasiga ilk doktrinal ta’rifni N.S.Tagansev tomonidan berilgan bo‘lib, u “firibgarlik – shaxs tomonidan o‘zganing mulkini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirish bo‘lib, firibgarlik maqsadi shunda ifodalanadiki, jabrlanuvchida firibgar mulkni egallashga, o‘ziga foydali shartlarda bitim tuzishga huquqiy asosga ega degan fikrda bo‘ladi” [2] degan.
Yuridik fanlar doktori, professor Q.Abdurasulova “...firibgarlik boshqa o‘xshash jinoyatlardan farqlari, bu jinoyat tarkibining to‘la yoritilmaganidadir” deb fikr bildirib, “firibgarlik-bu birovning mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yo‘li bilan egallashdir” deb ta’rif berganlar [3].

Yüklə 63,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin