Qonunga xiloflik deganda, aybdor shaxs tomonidan bunga hech qanday huquqi bo`lmay turib, o`zganing mol-mulkini tortib olish tushuniladi.
Shaxs mol-mulkka egalik huquqiga ega bo`la turib, belgilangan tartibni buzib uni qo`lga kiritgan hollarda, talon-torojning tarkibi mavjud bo`lmaydi. Uning harakatlari boshqa jinoyat – o`zboshimchalik (O`zR JK 229-moddasi) deb hisoblanishi mumkin.
NOTA BENE!
|
|
|
Mulk, ashyoning haqini to`lamaslik (tekinga olish) talon-toroj qilingan mol-mulk evaziga muayyan ekvivalent bermasdan o`zganing mol-mulkining tortib olinishini bildiradi.
|
Agar shaxs talon-toroj vaqtida talon-toroj qilingan mol-mulk evaziga uning to`la qiymatini bergan bo`lsa, jinoyat tarkibi mavjud bo`lmaydi.
O`zganing mulkini talon-toroj qilishni tamom bo`lgan deb hisoblash talon-torojning shakliga bog`liqdir. Biroq, aksariyat hollarda, o`zganing mol-mulki tortib olingan va aybdor shaxsda talon-toroj qilingan mol-mulkni uz xohishiga ko`ra tasarruf etish (sotish, almashtirish, yashirish va h.k.) uchun real imkoniyat paydo bo`lgan paytdan e`tiboran jinoyat tamom bo`lgan deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan talon-toroj g`araz maqsadlarda to`g`ri qasd bilan sodir etiladi.
Faraz – talon-torojning zaruriy belgisi hisoblanadi, Faraz – o`zi yoki boshqa shaxslar uchun moddiy naf olishdir.
Jinoyatning subyekti JKning 17-moddasida belgilangan yoshga to`lgan, har qanday aqli raso shaxs hisoblanadi.
Bosqinchilik
(O`zR JK 164-moddasi)
Bosqinchilik o`zganing mol-mulkiga qarshi karatilgan eng xavfli jinoyatlardan bo`lib, uni sodir etganlik uchun javobgarlik O`zR JK 164-moddasida nazarda tutilgan. Bosqinchilikning o`ta ijtimoiy xavfliligi avvalo shu bilan bog`liqki, bu jinoyat sodir etilganida jabrlanuvchilarning hayoti yoki sog`lig`iga ham ziyon yetkaziladi yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun real xavf vujudga keladi va o`zganing mol-mulki egallab olinadi.
Dostları ilə paylaş: |