O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi annotatsiya


Bosqinchilikda ruhiy zo`rlik ishlatish



Yüklə 63,97 Kb.
səhifə6/8
tarix30.09.2023
ölçüsü63,97 Kb.
#150696
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi

Bosqinchilikda ruhiy zo`rlik ishlatish deganda, jabrlanuvchining hayot yoki sog`lig`i uchun xavf tug`diradigan zo`rlikni jinoyat sodir qilinayotgan vaqtning o`zida bevosita va darhol ishlatish bilan qo`rqitish tushunilmog`i lozim.
Bosqinchilik hujumi vaqtdagi tahdid:
1) jismoniy zo`rlik darhol qo`llanilishi mumkinligi xavfini o`z ichiga olgan, ya`ni real bo`lishi;
2) kelgusida emas, aynan hujum paytida mavjud bo`lishi;
3) haqiqatda mavjud bo`lishi kabi belgilarga ega bo`lishi lozim.
Bosqinchilik amalga oshirilayotgan paytdagi qo`rqitish aniq yoki noaniq bo`lishi mumkin.
Aniq qo`rqitishga qurol yoki qurol sifatida ishlatiladigan narsalar bilan qo`rqitish, shaxsni o`ldirish yoki uning sog`lig`iga zarar yetkazish niyatini og`zaki aytish, shunday niyati borligini imo-ishoralar bilan ifodalash kiradi.
Noaniq xususiyatdagi qo`rqitish niqoblangan shaklda ifodalanadi. Masalan, jabrlanuvchiga ko`rinmaydigan narsalar, muayyan imo-ishoralar (qurolni qo`ldan qo`lga olish) bilan qo`rqitish va h.k. ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Bosqinchilik amalga oshiralayotgan vaqtdagi tahdid real bo`lishi kerak. Qo`rqitish og`zaki, qurolni ko`rsatish, imo-ishora (masalan, «o`ldiraman», «mayib qilaman», «ko`zingni o`yib olaman» deyish, to`pponchani, pichoqni jabrlanuvchiga o`qtalish va h.k.)larda ifodalanishi mumkin.
Faqat sud har bir alohida holda, sodir etilgan jinoyat holatlarini hisobga olgan holda, tahdidning realligi va haqiqatda mavjud bo`lganligiga baho beradi. Bunday hollarda sud jabrlanuvchining real tahdid mavjud bo`lganligi to`g`risidagi subyektiv fikriga emas, balki aniq faktlarga tayanishi kerak.
Masalan, jinoyatchi yarim tunda jabrlanuvchining orqasidan kelib: «qimirlama, aks holda yomon bo`ladi» degan so`zlar bilan orqasiga barmog`ini tiradi. Sudda jabrlanuvchi o`z hayoti xavf ostida qolganligini da`vo qilgan, biroq sud bunday holatlarda jabrlanuvchining hayoti yoki sog`lig`i uchun real xavf bo`lmagan, deb hisoblashni lozim topgan.
Bosqinchilik hayot yoki sog`liq uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib yoxud shunday zo`rlikni ishlatish bilan qo`rqitib hujum qilingan paytdan e`tiboran, aybdor o`zganing mol-mulkini egallangan yoki egallamaganidan qat`i nazar tamom bo`lgan jinoyat deb hisoblanadi.

Yüklə 63,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin