«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə52/107
tarix26.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#70620
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI

Nazorat savollari?

  1. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda organoleptik usul qanday olib boriladi?

2. Mahsulot tarkibidagi kimyoviy xavflar tushunchasiga ta’rif bering?
3. Mahsulot tarkibidagi fizikaviy xavflar nimadan iborat?

  1. Mahsulot tarkibidagi mikrobiologik xavflar paydo bo’lish sabablari?

4-MAVZU.OZIQ-OVQAT QO’SHIMCHALARI XAVFSIZLIGINI BAHOLASH VA ULARNI QO’LLASHDAGI NAZORAT
Reja:

  1. Oziq-ovqat xavfsizligini baholashga yozdoshuvalar.

  2. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va darajalari.

  3. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko'rsatkichlari va koeffitsiyentlari.

Oziq-ovqat xavfsizligi deganda mamlakat iqtisodiyotining shunday holatini tushunish lozimki, bunda jahon bozorlari kon’yunkturasidan har bir aholiga davlat tomonidan ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq keladigan maqsadlarda oziq- ovqat bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi, ya’ni masalaning bir tomonida taklif turadi, ikkinchi tomonida talab va iste’molni tibbiy me’yorlar darajasida saqlash uchun shart-sharoit yaratiladi.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash quyidagi ko’rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi:

  • mamlakatning barcha hududida to’lovga qobil talabga mos keladigan miqdorda va assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ravishda mavjudligi;

  • barcha iste’molchilar uchun uning ijtimoiy maqomi va yashash joyidan qat’iy nazar oziq-ovqat mahsulotlarini minimal darajada iste’mol qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi - inson uchun ushbu mahsulotni yaroqsiz holga keltiruvchi yoki xavfli bo’lgan moddalarning mavjud emasligi;

  • oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ya’ni har kuni inson tomonidan unga zarur bo’lgan miqdordagi kaloriya va ozuqaviy komponentlarning uning yoshi va faoliyat sohasiga bog’liq ravishda iste’mol qilinishi. Bunda ovqatlanish sifati ovqatda mutasaddi organlar tomonidan tavsiya qilingan rasional me’yorlarga muvofiq keladigan oqsil, yog’, uglevodlar, vitaminlar, makro va mikroelementlarni uyg’unlashtirish orqali ta’minlanadi.

Yuqorida ko’rsatilgan aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini umumlashtiruvchi mezoni belgilanadi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini baholashda muayyan belgilari asosida ham miqdori, ham sifati bo’yicha bo’sag’aviy qiymat butun dunyoda mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlashi va o’tkinchi zahiralarning darajasi hisoblanadiki, bu zahiralarning 15-20 %ini tashkil qilishi kerak.

  1. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va darajalari;

Xalqaro tashkilotlar miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash uchun MDH ishtirokchilari bo’lgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini oshirish konsepsiyasida taklif etilgan ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkin. MDH a’zolari bo’lgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini oshirish konsepsiyasi 2010 yil 19 noyabrda MDH hukumat boshliqlari Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, unda mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi darajasini baholash quyidagi ko’rsatkichlar majmui keltirilgan:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish uchun iqtisodiy imkoniyatlarning mavjudligi oziq- ovqatlarga ketadigan xarajatlarning barcha turdagi tovar va xizmatlarga qilinadigan jami xaraj atlarga nisbatidar;

  • ichki bozorning ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha salohiyatli sig’imi- muayyan oziq-ovqat mahsulotini rasional iste’mol qilishning jon boshiga to’g’ri keladigan miqdorining shu mahsulotni iste’mol qilishning amaldagi miqdoriga ko’paytmasidir;

  • ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha oziq-ovqat mustaqilligining darajasi- aniq turdagi oziq- ovqat mahsulotini mamlakatning o’zida ishlab chiqarish hajmining shu mahsulotni amalda iste’mol qilish hajmiga nisbatidir;

  • biologik sifat ko’rsatkichi mahsulotning ozuqaviy qimmati bo’lib, 1 gramm oziq-ovqat mahsulotida hayotiy muhim ozuqaviy moddalar va energiyaning miqdori bilan belgilanadi: energetik quvvat (kkal), oqsil (mg),yog’lar (mg), uglevodlar (mg);

  • biologik xavfsizlik ko’rsatkichi oziq-ovqat mahsulotidagi zararli ingridiyentlarning miqdori bilan belgilanadi, u yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan me’yoriy darajadan oshmasligi kerak;

  • inson rasionining sutkalik ozuqaviy va energetik qimmati;

  • har bir alohida oziq-ovqat mahsulotini iste’mol qilishning yetarlilik darajasi;

  • davlat resurslarida don zahiralarining yetarlilik daraj asi;

  • toza ichimlik suvi zahiralarining yetarlilik darajasi;

  • aholining har xil toifalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish imkoniyatlarining mavjudlik darajasi;

  • mamlakat oziq-ovqat ta’minoti hamda agrosanoat majmualari resurs ta’minotining importga qaramligi darajasi;

  • strategik, operativ va o’tkinchi oziq-ovqat zahiralarining ularning me’yoriy darajaliga taqqoslangan hajmlari;

  • mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari hamda oziqovqat mahsulotlarining ularni umumiy iste’mol qilish hajmidagi va tovar resurslaridagi ulushi (solishtirma hissasi);

  • oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarning ularning xavfsizligi, ozuqaviy energetik qimmatini hisobga olgan holda qondirilish darajasi;

  • ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqkat mahsulotlarining ichki bozordagi tovar resurslari umumiy hajmidagi solishtirma hissasini foizdagi ifodasi.

MDH ning a’zolari bo’lmish davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
darajasining majmuaviy bahosi sifatida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va
baliq mahsulotlari, xomashyo hamda oziq-ovqat mahsulotlarining ichki bozordagi tovar resurslarining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasidan foydalaniladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholashning xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida taklif etilgan asosiy bo’sag’aviy qiymat va ko’rsatkichlaridan tashqari mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi salohiyat darajasini quyidagi yo’nalishi va mezonlar bo’yicha inobatga olish hamda baholash lozim:

  • qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish salohiyati, u mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, yerlar va mehnat resurslari bo’yicha baholanadi;

  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining taraqqiyot va barqarorlik darajasi, bunda mavjud texnika va texnologiyalarning amaldagi sifati, ASM tarmoqlari va tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash natijalari inobatga olinadi;

  • mamlakatimizdagi ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, bunga byudjetdan moliyalashtirish va boshqa manbalar ham kiritiladi;

  • mamlakatimizdagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan agrar mahsulotlar va oziqovqat mahsulotlarining sifati;

  • importning ko’lami, jumladan mamlakatdagi ishlab chiqarish bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlari bilan taqqoslangan holda;

  • oziq-ovqat mahsulotlarining ochiqlik dvarajasi bilan import intervensiyasiga qarshi ta’sir ko’rsatish mexanizmi;

  • atrof-muhitning ifloslanishi va ta’qiqlangan preparatlar, texnologiyalar, jumladan genmodifikasiyalashgan organizm (GMO), o’sishni rag’batlantirish vositalari, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish nuqtai-nazaridan tarmoqning ekologiyalashganlik darajasi;

  • oziq-ovqat xavfsizligiga qo’yilgan talablarning huquqiy qonunchilikka, me’yoriy hujjatlar tizimiga, davlat agrar siyosatining yo’nalishlariga hamda jahon tendensiyalari va me’yorlariga mosligi;

  • oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid va tahlikalar.

  1. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko’rsatkichlari va koeffitsiyentlari.

Ma’lum bir davrda qishloq xo’jaligining rivojlanishi nuqtai nazaridan oziq- ovqat xavfsizligining erishilgan darajasini quyidagi ko’rsatkichlar nuqtai- nazaridan baholash mumkin:



  1. Asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori. Ushbu ko’rsatkich yordamida iqtisodiyotning mazkur sektoridagi takror ishlab chiqarish jarayonining dinamikasini ko’rib chiqilayotgan davrda aholi sonining o’zgarishini inobatga olgan holda baholash mumkin.

  2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining O’zbekiston Respublikasining Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan standartlariga va xalqaro standartlarga mosligi. Shu standartlarga muvofiq holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning ularni jon boshiga iste’mol qilishining yetarli darajasini ta’minlash uchun miqdor va sifat tarkibini tavsiya etish mumkin.

  3. Asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar.

Davlat yoki hududlar darajasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining moliyaviy-iqtisodiy holatini tezkor baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin