Ko‘pik so‘ndirgichlar
Bu funksional guruh o‘zida ma’lum bir gazlarning suyuq dispers muhitda stabillash-ko‘pik hosil bo‘lishini kamaytirish yoki uni oldini olish xossasiga ega bo‘lgan qo‘shimchalarni birlashtirgan.
Ko‘p hollarda ko‘pik hosil bo‘lishi texnologik jarayonlarning borishida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi, oxir oqibat tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qisman, ko‘piklar jihozning ish unumdorligini pasaytirishi, texnologik davomiylik va sarflarni oshirishi mumkin. Ular filtrlash, sentrifugalash, bug‘latish, distilyasiya bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni o‘tkazishda halaqit beradi. Bunday hollarda ko‘pik so‘ndiradi. Xuddi shu maqsadlarda kimyoviy bo‘lmagan usullar ya’ni mexanik va fizik usullar (aralashtirish, isitish, sovitish)dan foydalaniladi. Biroq, kimyoviy ko‘pik so‘ndirgichlardan foydalanish samarali hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda ruxsat etilgan ko‘pik so‘ndirish xossasiga ega bo‘lgan oziqaviy qo‘shimchalar
Raqami
|
Nomlanishi
|
Texnologik funksiyasi
|
E 404
|
Kalsiy alginat
|
Quyultiruvchi (zagustitel), stablizator
|
E 570
|
Yog‘ kislotalari
|
Ko‘pik stablizatori, glazurlagich
|
E 900a
|
Polidimetiloksan
|
Emulgator, qumoqlanishini olini oluvchi qo‘shimcha
|
E 1521
|
Polietilengligol
|
Dispergator, plastifikator
|
Samarali qo‘pik so‘ndirgich bir qator talablarga javob berishi kerak:
qo‘shilayotgan qo‘shimchaning tortilish yuzasi qo‘shilishi lozim bo‘lgan tizim yuzasiga ko‘ra past bo‘lishi (ko‘pik so‘ndirgichga nisbatan yuqori yuza faolligiga ega bo‘lishi);
tizimda yaxshi tarqalishi;
tizimda quyi eruvchan bo‘lishi;
inert bo‘lishi;
sezilarli cho‘kma va xid qoldirmasligi;
xavfsizlik me’yoriga mos kelishi;
YUqoridagi to‘rtta jadvalda ko‘pik so‘ndirgich sifatida foydalaniladigan oziqaviy qo‘shimchalar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |