Nazorat savollari? Oziq ovqat mahsulotlarining energetik qiymati qanday topiladi?
Tayyor mahsulot turlari tasnifi?
Oziq ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi?
Oziq ovqat mahsulotlarining biologik qiymatini oshirish yo’llari?
9-MAVZU. XAVFSIZ INGIBITORLAR, VITAMINLAR, QAND O`RINDOSHLARI, HID VA RANG BERUVCHI KOMPONENTLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI
Reja
Ozuqaviy qo’shimchalar turlar tasnifi.
Ozuqaviy bo’yoqlar rang beruvchi komponentlar.
Aromatizator (xushbo’ylantiruvchilar) moddalar.
Ozuqaviy qo’shimchalar:tuz, ziravorlar - qalampir, dolchin, qalampir munchoq, muskat yong’og’i, shirinlashtiruchi modda sifatida asal va boshqalar inson tomonidan bir necha asrdan buyon qo’llanilmoqda. Biroq ozuqaviy qo’shimchalardan keng miqyosda foydalanish XIX asr oxirida boshlandi, u aholi sonining o’sishi bilan, ularning shaharlarda zichlashuvi, an‘anaviy oziq-ovqat texnologiyasini takomillashtirish lozimligi, kimyoning yutuqlari, maxsus mo’ljallangan mahsulotlarni yaratish bilan bog’langan. Ko’pgina yakka tartibdagi iste‘molchilarda mavjud bo’lgan noto’g’ri fikrlarga qaramasdan kelib chiqish mumkin bo’lgan kasalliklarning o’tkirligi, sodir etilish tezligi va og’irligi bo’yicha ozuqaviy qo’shimchalarni minimal xavf xatar tug’diruvchi moddalar qatoriga qo’shish kerak.
Kimyoviy moddalarning zaharliligi kabi muhim masalalarni ham e‘tibordan holi qoldirmaslik kerak. Odatda zaharlilik deganda, moddalarning tirik organizmga zarar keltirish qobiliyati tushuniladi. Shuni aytish lozimki ixtiyoriy kimyoviy birikma ma‘lum sharoitlarda zararli bo’lishi mumkin, shuning uchun, mutaxassislarni fikricha, moddalardan foydalanish taklif etiladigan usulda uning zararsizligi to’g’risida gapirish to’g’riroq bo’ladi. Bu yerda doza (organizmga bir sutkada tushadigan modda miqdori), iste‘mol davomiyligi, rejim, uning organizmiga tushish yo’llari va hokazolar muhim rol o’ynaydi. Organizmga ta‘sir etish samarasi ham turlicha bo’lishi mumkin (o’tkir, uzoq davom etadigan). Gigienik tartib va qoidalarini belgilash maqsadida yo’l qo’yiladigan kontsentratsiyalar (YKK) tadqiqotlarga asoslanadi. YKK kattaligi aniqlanganda omillarning juda katta miqdori inobatga olinadi. Tadqiqotlar maxsus tashkilotlar tomonidan o’tkaziladi va ma‘lum qoidalar bilan tartibga solinadi.
Ozuqaviy qo’shimchalarning faqat juda muhim guruhlarini ko’rib chiqamiz.