Xushxo‘rlagichlar va ularning ekstraktlari Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining assortimentining kengayishi, xushxo‘rlagichlar ishlab chiqarish ko‘lamini oshishiga olib keldi. Bularning ishlab chiqarishning oldingi usullaridan voz kechib, xushxo‘rlagichlarni va aromatik modda hosil qiluvchi o‘tlarni yangicha texnologik usullarda ishlab chiqarish keng miqyosda yo‘lga qo‘yildi. Ma’lumki, xushxo‘rlagichlar tabiatdan olinadi, ular mavsumiy ko‘katlar bo‘lib, ularni saqlash va qayta ishlash uchun izlanishlar olib borilib, ularning yangidan – yangi turlari yaratilmoqda. Shuni ham e’tiborga olish lozimki, aloxida turdagi xushxo‘rlagichlar farmalogik faollikka ega bo‘lib, tibbiyotda ham ishlatiladi.
Xushxo‘rlagich aralashmalar – bular turlicha kombinatsiyali maxsulotlar bo‘lib ularni sabzavotlarni konservalashda ta’m va hid beruvchi, maxsulotlarni mustaxkamligini (o‘z xolatini saqlab turuvchi) saqlash uchun ishlatiladi.
Xushxo‘rlagichlar ekstraktlari ham ikki turga bo‘linadi: spirtli va yog‘li bo‘lib efir-yog‘lidir.Ekstraktlarni ko‘proq kulinariya maxsulotlari, qaylalari shlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Sigareta, tabak maxsulotlarini aramatini, o‘ziga xos spetsifik xidini xosi lqilish uchun ekstraktlarning maxsus retseptlari asosida tabak maxsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Shuningdek turli mamlakatlarda tabak-sigareta maxsulotlaring keng assortimenti ishlab chiqarilib, ektrakt xushxo‘rlagichlaridlan unumli foydalaniladi. (Masalan: Turkiya, Kaliforniya, Kuba,Morshanskiy va boshqa davlatlarda) shuningdek maxsus aramatizatorlar va qaylalar (souslar) bir nechta turdagi xushbo‘y hidli o‘tlarning ekstraktlaridan , murakkab jarayonlar bilan tayyor ekstraktlar olinadi va ko‘rsatilgan maxsulotlar ishlab chiqariladi. Ko‘pgina ishlab chiqarilayotgan aramatizatorlar murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oladi, tarkibi jixatidan ham qiyin, shuning uchun ular hartli (kommercheskiy)- xususiy nomga ega bo‘ladi.
Nazorat savollari? Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish turlari tasnifi?
Oziq ovqat mahsulotlar tarkibini begona moddalardan kamaytirish yo’llari nimadan iborat?
Oziq ovqat mahsulotlari sifatiga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar?
Xushxo‘rlagichlar va ularning ekstraktlari?
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda ruxsat etilgan ko‘pik so‘ndirish xossasiga ega bo‘lgan ozuqaviy qo‘shimchalar tasnifi?
8-MAVZU. TAYYOR MAHSULOT TURLARI VA ULARNING OZUQAVIY QIYMATI Reja:
Oziq ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi.