kabi mamlakatlarda ham yetishtiriladi. Qandolat, liker, kolbasa va marinadlar
tayyorlashda keng ko‘lamda foydalaniladi.
Piyoz – kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan
xom-ashyo
materiali. Sarimsoqpiyoz va piyoz o‘ziga xos aromatik ta’m beruvchi o‘simliklar
hisoblanadi. Ular inson organizmida ovqatni tez hazm bo‘lishida yaxshi rol
o‘ynovchi vositadir. Piyoz va sarimsoqpiyozni 0–20S temperaturada, havoning
nisbiy namligi 70 – 75% bo‘lgan joylarda saqlanadi. Saqlash muddati 8 – 10 oy.
Sarimsoqpiyoz oq va pushti rangda bo‘ladi. Piyoz bilan taqqoslaganda
sarimsoqpiyoz o‘tkir ta’m va hidga ega, o‘zida namlik kamroq bo‘ladi. Uning
tarkibida ko‘proq azot, ekstraktiv, mineral moddalar uchrashi va 2% efir moyi bor.
Ishlab chiqarishda sarimsoqpiyoz tabiiy va konservalangan holda ishlatiladi. Piyoz
tarkibida 0,012 – 0,060% efir moylari va V, V6, RR, foliy va pantoten
kislotalari mavjud.
Sun’iy kolbasa qobiqlari –
kolbasa qobiqlari, qobiq ichidagi mahsulotni
turli ifloslanishlardan, mexanik zararlanishlardan, mikroorganizmlardan himoya
qilishda va o‘ta qurib ketishdan himoya qiladigan material hisoblanadi.
Sun’iy kolbasa qobiqlarini – tsellyulozali, oqsilli, qog‘ozli va sintetik
materiallardan ishlab chiqariladi. Sun’iy qobiqlar hziga xos qulayliklarga ega: bir
xil o‘lchamda bo‘lishi, uning avtomatizatsiya jarayonlariga to‘liq mos kelishi,
issiqlik bilan ishlov berishda chidamliligi, saqlashda uzoq vaqt saqlanishi va
bakteriyalarni ichiga o‘tkazmasligi. Hozirgi paytda sun’iy qobiqlar ikki turda
ishlab chiqarilmoqda.
Pishirib
dudlangan, yarim dudlangan va pishirilgan kolbasalar uchun
mo‘ljallangan qobiqlar. Ularning o‘lchamlari diametri d – 45, 50, 55 va 65 mm
yoki 45, 50, 55, 60, 65, 85 va 100 mm. Oqsilli qadoqlangan sun’iy qobiqlarni
quruq va toza joylarda saqlash lozim. Xona harorati 250S dan
oshmagan
omborxonalarda, begona hidlar bo‘lmagan, quyosh nurlari tushmaydigan bo‘lishi
kerak.
Hozirgi paytda “belkozin” va “kutizin”, shuningdek poliamid plenkalardan
ishlab chiqarilgan sun’iy qobiqlar ishlab chiqarilmoqda. “Belkozin” qobiqlari
o‘zida yoqimli dudlangan hid tarqatib turishi bilan ajralib turadi. Qobiqlarni quruq
va toza xonalarda harorat 16-250S, nisbiy namlik 65 – 75% ni tashkil qilgan
joylarda 5 oygacha saqlash mumkin. Qadoqlash va bog‘lash materiallari – kolbasa
mahsulotlarini va boshqa go‘sht mahsulotlarini qadoqlash
uchun turli paketlar,
salfetkalar, polimer plenkalar, pergament qog‘ozlardan foydalaniladi. Qadoqlangan
go‘sht mahsulotlari alyumin, yog‘och, polimer yashiklarga joylashtiriladi.
Polimer plenkalar – Bunday plenkalar yuqori bosim ostidagi polimerlardan
ishlab chiqariladi. Polimer plenkalar turli o‘lchamda va qalinliklarda ishlab
chiqariladi. Kolbasa mahsulotlari va go‘sht mahsulotlarini qadoqlash uchun
qalinligi 0,02 – 0,03 mm dagi polietilen plenkalardan foydalaniladi. Uning rangi
ochiq, hid
va mazasiz, yuqori elastik xususiyatga ega, sovuqqa chidamli (- 700S) ,
kimyoviy modda va suvga chidamli ekanligiyu. Lekin asosiy kamchiliklari –
mexanik chidamsizligi, havo o‘tkazmasligi, yog‘ mahsulotlariga chidamsizligi.
Dostları ilə paylaş: