O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 256 -
Kelin nomidan aytilgan yuqoridagi yor-yorda, o‘ziga
xos iltijo, ko‘ngil dardlari ifoda etilgan. Tug‘ilib o‘sgan
beg‘ubor bolaligi o‘tgan uyidan ketayotgan, faqat bolaligi
bilangina emas, shu xonadongina ko‘taradigan erkaligi,
sho‘xligi bilan xayrlashayotib, ostonaga, ota oyog‘iga bosh
urib
turgan qizini duo qiladi, bergan tuziga, mehriga,
xizmatiga rozi bo‘ladi. Ayni paytda xudoga yolvorib,
farzandiga baxt, omad, tinchlik so‘raydi. Bu holatdan ota
qattiq iztirobda, hayajonda, qizini yaxshi niyatlar bilan, yorug‘
yuz bilan o‘zga xonadonga kuzatayotganidan xursand bo‘lsa-
da, lekin mehribon qizini endi begona uyga borib, yangi oilada
unga qanday munosabat ko‘rsatilishini o‘ylab qayg‘uda,
hadikda bo‘lishi aniq. Shuning uchun ham bu ko‘rinish juda
hayajonli va azoblidir.
B.Uaxatov “Қазақтың тұрмыс-салт жырларының
типологиясы” monografiyasida qozoq nikoh to‘yida ijro
etiladigan “jar-jar”lar haqida ma’lumotlar beradi. Olim o‘zbek
“yor-yor”i, qoraqalpoq “xe-o‘jar”i, tojik “yor-yor”i, tatar “yar-
yar”idan qozoq “jar-jar”larining boshqacha ekanligini
ta’kidlaydi. Asosan qozoqlarda “jar-jar” ikki guruhga bo‘linib
(kelin va kuyov tomon), aytishuv tarzda ijro etilishini
izohlaydi.
Olim ta’kidlaganidek, yor-yorlarning
ijro usuli va
o‘rnida farq bo‘lsa-da, ammo mazmun-mohiyati, obrazlar
tizimining shakllanishida o‘xshashlik mavjud.
Құтты болсын тойларың, замандастар, жар-жар,
Жаңалыкқа жар болып, қадам бастар, жар-жар.
Бірге аттаған босаға берік болсын, жар-жар,
Үйлеріңе құт-бақыт келіп қонсын, жар-жар [7].
Misralarda yuqorida tahlilga tortilgan o‘zbek “yor-
yor”idagi duo qilish motivi, “jar-jar” namunasidagi ikki
yoshning yangi oilasiga qut-baraka so‘rash
motiviga mos
kelmoqda.
O‘zbek va qozoq qo‘shiqlarida yanga obrazi bilan
bog‘liq misralar ham o‘ziga xos tarzda ko‘zga tashlanadi.
Шымылдығын серпи сал,
Көрсін жеңгең, жар-жар!
Көздің жасын көл қылып,
Төксін жеңгең, жар-жар!
Yoki:
Qat-qatgina qatlama,
Qatnalanadi yor-yor.
Qizni olib yangalar,
Otlanadi, yor-yor.
Qizni olib yangalar,
Tura-tursin, yor-yor.
Oq sut bergan onasi,
Rozi bo’lsin, yor-yor [5].
Namunalarda bo‘lajak kelinning yaqin insoni yanga
bo‘lganligiga ishora berilmoqda. Chunki, ketayotgan kelinning
ortidan yangasi ko‘z yosh to‘kishligi ta’kidlanmoqda. Yoki,
yanga obrazi bo‘lajak kelinning yangi hayotga tayyorlovchi,
yetaklovchi, kuyovni xonadoniga kuzatib boruvchi sifatida
ta’riflanmoqda.
Qat-qatgina qatlama, qatnaladi, yor-yor,
Qizni olip jengasi otlonadi, yor-yor,
Qizni olip jengasi
shashmay tursin, yor-yor.
Oq sut bergan onasi rozi bo’lsin, yor-yor [5].
Tojikistonda yashaydigan o‘zbeklarning laqay urug‘i
yor-yorlarida
ham
shunday
ifodalarning
mavjudligi,
yangalarning qiz uzatish vaqtidagi mavqei yuqori ekanligini
asoslaydi.
Shildir-shildir shuvoqqa,
Sirg‘am tushdi, yor-yor,
Sinalmagan joylarga,
Singlim tushdi, yor-yor [5].
Yoki:
Сылдыр-сылдыр қамысқа
Сырғам түсті жар-жар.
Сыраспаған жат елге,
Апам түсті жар-жар.
Апам үшін қабырғам ,
Қиысадау жар-жар.
Қолымдағы қос жүзік
Майысадау жар-жар [9].
Kelinning opasi yoki singlisining nomidan aytilgan bu
misralarda noaniq taqdir xavotiri, yot elga ketayotgan
singil/opadan ayrilayotgan jigarning o‘y-kechinmalari badiiy
parallelizm bilan o‘ziga xos tarzda xalqona ifodalangan.
Xalq og‘zaki ijodida janrlararo bog‘lanishlar,
misralarning almashib ijro etilishi, ijro usuli va ijro o‘rnidagi
o‘zgarishlar har doim uchrab turadi. Yor-yor qo‘shiqlari
o‘lanlar,
laparlar, to‘y marosimining turli qismlarida ijro
etiladigan aytimlarda ham bunday diffuzion holatlarni
uchratish mumkin. Folklorshunos Oxunjon Safarov Buxoro
nikoh to‘ylari misolida “Kuyov o‘tirsin” va “Kelin o‘tirsin”
marosim qo‘shiqlarini tahlil etarkan, “Kelin o‘tirsin”
aytimlarida yor-yor qo‘shiqlarining o‘xshash motivlari va
misralari mavjud ekanligini izohlaydi
va quyidagi namunani
keltiradi:
O‘tiring kelin, o‘tiring,
Karnay-surnay chalingan
To‘y sizniki, o’tiring.
Ostonasi tillodan
Uy sizniki, o’tiring.
Beqasam to’n kiyrilgan,
Yor sizniki, o‘tiring,
Shohi ko‘rpalar tashlangan,
To‘r sizniki, o‘tiring [3].
Ko‘rinib turibdiki, misralarning so’nggida “yor-yor”
radifining o‘rniga “o‘tiring” so‘zi kelmoqda. Kelinning
yangalari tomonidan aytilgan yor-yorlarda kelinni ovutish
mazmuni ustivor bo‘lsa, yuqoridagi “Kelin o‘tirsin”da ijro
etilgan qo‘shiqda kuyov tomonning
vakili kelinga atalgan
narsalarni sanab xushomad qilayotganday tuyuladi. Har ikki
holatda ham asosiy obraz – kelin ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Yoki:
Olatog‘ning boshidan ko‘ch keladi,
Qora yu’rg‘a selkillab bo’sh keladi,
O‘z yoringdan ayrilish yomon ekan,
Qora ko‘zdan mo‘ltillab yosh keladi [4].
kabi to’rtlikning yor-yor qo‘shiqlari tizimida ham
uchrashligi obrazlarning his-tuyg‘ularini, dard-alamlarini ifoda
etish uchun yetakchi misralar ekanligini asoslaydi.
Ana tovning boshidan,
Ko’ch keladov, yor-yor,
Qora to‘rg‘a jonivor,
Bo‘sh keladov, yor-yor.
Qarindoshdan ayrilg‘on,
Jaman ekan, yor-yor,
Qora ko‘zdan mo‘ldirab,
Jash keladov, yor-yor [5].
Namunadagi misralarning mazmuni va ifodasida
motam marosimi bilan bog‘liq hasratlar mavjud. Birinchi
namuna aynan matom marosimida ijro etilgan bo‘lsa, ikkinchi
namuna to‘y marosimlarida ham kuylangan bo‘lib, yor-
yorning asosiy mazmuni otasiz yoki onasiz qizning dardi
alamiga bag‘ishlangan.
Chimildiqning bog‘idan sichqon qochdi,
Ula-bula shu to‘yda qornim ochdi [1].
O‘lanning
takroriy
ifodasini
quyidagi
yor-yor
qo‘shiqlarida uchratamiz:
Chimildiqti bovidan,
Chichqon qochti yor-yor.
Chakka mayiz tovolmay,
Kuyov qochdi yor-yor [5].
Har
ikki namunada ham nolish, hasrat ifodasi aks
etgan. Janrlarning bir-biriga o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari