O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
12-88-PB (1)

Kalit so’zlar:
qadah so’zi, duo, tilak, tabrik, to’y, bazm, tadbir, so’zlovchi, tinglovchi nutqi. 
Kirish.
Til tizimida o’ziga xos nutqiy maqsad
kompozitsiya va uslubga xoslangan nutqiy butunliklarning 
hosil bo’lishi turli nutqiy janrlarni paydo bo’lishiga olib 
keladi. Nutqiy janrlarda xalqning milliy qadriyatlari, 
qarashlari, udumlari va tarixi bilan bog’liq shakllangan 
so’zlashish, ya’ni kommunikativ aloqa uslubi o’z aksini 
topadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. 
Qadah so’zi nutqiy 
janri yuzasidagi ilmiy izlanishlarda hozirgi kunga qadar qadah 
so’zi nutqiy janri Rossiya olimlari tomonidan turli tizimli 
tillarda, xususan, rus va ingliz tillari misolida o’rganilgan. Rus 
lingvistlari Ye.G.Beyninson qadah so’zi nutqiy janrini ritual 
diskursining bir komponenti va folklor janri sifatida o’rgangan 
bo’lsa, Ye. M. Arxipova pragmalingvistik, lingvomadaniy va 
antropotsentrik aspektlarini tadqiq qilgan[3,2]. M.Yanli esa 
qadah so’zini etiketli nutqiy janr sifatida o’rgangan [4]. 
N.Loktionova esa tostning birlamchi kichik janr sifatidagi 
belgilarini qayd etadi [1].
Taxlillar shuni ko’rsatadiki, rus mualliflar ishlarida 
qadah so’zi nutqiy janri klassifikatsiyasi va ularning lingvistik 
ifodalanishi haqida to’liq ma’lumotlar jamlangan emas. Garchi 
ular o’z tadqiqotlari davomida qadah so’zi nutqiy janrini 
folklor, lingvomadaniy, pragmalingvistik, antropotsentrik kabi 
bir qator aspektlarda tekshirgan bo’lsalarda, lekin ushbu 
mualliflarning tadqiqot ishlarida qadah so’zi nutqiy janrining 
o’zbek va ingliz tilida qiyosiy-tipologik tadqiqiga oid 
muammolar to’liq o’rganilgan emas. Ayniqsa, qadah so’zining 
rasmiy, diniy va so’zlashuv uslubiga oid shakllari “qadah 
so’zi” nutqiy janri doirasiga jamlanib, qiyosiy tadqiq 
etilmagan. Mavjud manbalarda qadah so’zi nutqiy janrining 
tipologik tadqiqi, qolaversa, qadah so’zi nutqiy janrini ingliz 
va o’zbek tillarida qiyoslab o’rganishga bag’ishlangan 
lingvistik 
tadqiqotlarning 
mavjud 
emasligi 
ushbu 
tadqiqotimizning tilshunoslik fanida yangi tadqiqot ekanligini 
ko’rsatadi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin