82
Kanalar (Acari)
turkumi vakillarini o’rganuvchi fan akarologiya deb ataladi.
•ozirgi vaqtda kanalarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Kanalarning aksariyati
odam va har xil hayvonlarning ektoparazitlari bo’lishi bilan bir qatorda,
ular xilma-
xil xavfli kasalliklarni ham tarqatadi. Parazitlik hayot sharoiti ularning tuzilishini
o’zgarishiga olib kelgan. Jumladan, boshko’krak qoringa butunlay qo’shilib ketgan,
xeliseralari va pedipalplari sanchib so’ruvchi xartumga aylangan va gavdaning
oldingi uchida bo’rtib chiqib turadigan “boshcha”sini xosil qilgan.
Kanalar
metamorfoz yo’li bilan rivojlanadi, ya’ni tuxumdan to’rt juft o’rniga atigi uch juft
yurish oyoqlari bo’lgan lichinga chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab to’rt juft
oyoqli nimfa davriga o’tadi. Nimfa 1-3 marta po’st tashlab, jinsiy etuk kana –
imagoga aylanadi. Kanalar 6 oydan 25 yilgacha yashaydi.
Kanalarning 800 dan ortiq turi o’simliklarda parazitlik qiladi. 50 dan ortiq turi
esa tasmasimon chuvalchanglarning rivojlanish siklida oraliq xo’jayin hisoblanadi.
Kanalar odam va hayvonlarning
terisiga yopishib, qonini so’radi, mexanik
jaroxatlab, yaralar xosil qiladi, zaharli so’laklarini organizmga yuborib zaharlaydi va
kuchli bezovtalanishga olib keladi. qichima, ya’ni qo’tir kanalari esa terida kuchli
qichishni vujudga keltirib, organizmni darmonsizlantiradi. Kanalar vujudga keltirgan
yaralar orqali har
xil mikroblar ichkari kirib, boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Ayniqsa chorva mollari va parrandalar kanalardan ko’p azob chekib, ularning
maxsuldorligi
pasayadi, rivojlanishdan orqada qoladi, yosh mollar ko’pincha qirilib
ketadi.
Kanalar turkumi vakillari morfologik va biologik xususiyatlariga ko’ra bir
nechta oilaga bo’linadi.
Chorva mollariga, parrandalarga va odamlarga ziyon
etkazuvchi parazit kanalarga asosan iksod kanalar, argaz kanalar va qichima kanalar
oilalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: