32
xo’jayinlarining (kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol,
qo’y, echki va boshqalar) katta va to’rqorinlarida parazitlik qiladi.
Paramfistomalar biogel’mintlar hisoblanadi. Rivojlanishi ikkita xo’jayinda
o’tadi. Ularning oraliq xo’jayinlari chuchuk suvlarda yashovchi mollyuskalar
(Planorbis, Galba, Physa avlodlarining turlari) hisoblanadi. Asosiy xo’jayinlari esa
kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo’jayinining tezagi
bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin undan mirasidiy lichinkasi
chiqadi. Mirasidiy oraliq xo’jayini - chuchuk suvda yashovchi mollyuskalarning
organizmiga kirib, sporosistaga, keyin rediyaga va 1,5-3 oydan keyin esa
serkariylarga aylanib, oraliq xo’jayinlardan tashqariga chiqadi va ma’lum vaqtdan
keyin serkariylar dumini yo’qotib, sistaga o’ralib adoleskariylarga aylanadi. Asosiy
xo’jayinlari suv va o’t orqali adoleskariylarni o’zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar
ichak bo’shlig’i orqali katta qoringa va to’rqoringa o’tib jinsiy voyaga etadi.
Adoleskariydan to jinsiy voyaga etgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak
bo’ladi.
O’zbekistonda
qoramol
va
qo’y-echkilarda
paramfistomalardan:
Paramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis kabi avlodlarining turlari
parazitlik qiladi. Paramfistomitlar keltirib chiqaradigan kasallik paramfistomoz deb
ataladi. Bu kasallik ayniqsa yosh mollarda ko’proq uchraydi. Kasallangan mollarni
bitionol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi. Bu kasallikning oldini olish
uchun chorva mollarni paramfistomitlar bilan zararlangan yaylovlarda boqmaslik,
dalaga ishlatiladigan go’nglarni qayta ishlash, oraliq xo’jayinlari uchun qulay bo’lgan
ko’lmak va keraksiz suv xavzalarini quritish, yaylovlarni almashtirib turish kabi
chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
So’rg’ichlilar sinfidan -
Dostları ilə paylaş: