P a r a z I t o L o g I ya


prostogonimus (Prosthogonimus



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

prostogonimus (Prosthogonimus
) avlodining 
vakillari, ayniqsa Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq, 
kurka, o’rdak, g’oz va boshqa yovvoyi parrandalarning fabrisiev xaltasi va 
tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu 
parazitning tanasi noksimon shaklda, darzo-ventral tomondan yassilangan. Uzunligi 
3-6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og’iz so’rg’ichi bilan qorin so’rg’ichi 
oralig’ida ikkiga shoxlangan. qorin so’rg’ichi og’iz so’rg’ichiga nisbatan ancha yirik. 
Urug’donlari ikkita, ovalsimon ko’rinishda, asosan tanasining orqa yarmida 
joylashgan. Tuxumdoni qorin so’rg’ichining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing ikki 
yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan. 
Prostogonimning rivojlanishi uchta xo’jayinda ketadi. Birinchi oraliq xo’jayini 
chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus avlodiga mansub mollyuskalar, 
ikkinchi oraliq xo’jayinlari, ya’ni qo’shimcha xo’jayinlari har xil turga kiruvchi 
ninachilar (Libellula, Anax, Sympetrum va boshqa avlodlar turlari) va asosiy 
xo’jayinlari esa parrandalar hisoblanadi. Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi 
bilan tashqi muhitga, suvga tushgandan 8-14 kundan keyin tuxumdan mirasidiy 
chiqadi va faol harakat qilib, birinchi oraliq xo’jayini - mollyuskalarning ichiga 
kiradi. Mollyuska jigarida mirasidiy sporosistaga aylanadi va sporosista ichida uzun 
dumli serkariylar etiladi va ular mollyuskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar 
ikkinchi oraliq xo’jayin - ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi. Bu erda serkariy 
ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli oralig’iga kelib 


33 
joylashadi va to’rtinchi kuni metaserkariyga aylanadi. Metaserkariy kapsulaga o’ralib 
70 kundan keyin yuqumli (invazion) xolatga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari - 
parrandalar metaserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularning lichinkalarini eyishi 
bilan parazitni o’zlariga yuqtiradi. Parranda ichagidan metaserkariy kloaka orqali 
tuxum yo’li va fabrisiev xaltasiga o’tadi va taxminan ikki xaftadan keyin jinsiy 
voyaga etadi. Parrandalar yoshidan qat’iy nazar prostogonimoz bilan kasallanadi. 
Kasallik, ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda juda og’ir kechadi. Kasallik manbai 
prostogonimoz bilan kasallangan uy va yovvoyi parrandalar hisoblanadi. 
Prostogonimoz bilan kasallangan parrandalarning tuxumdon yo’llari yallig’lanadi, 
natijada tuxum po’stlog’ini xosil qiluvchi qismining ish faoliyati buzilib, parranda
shu jumladan tovuq po’stloqsiz yoki yupqa po’stloqli yumshoq tuxum qo’yadi. 
Prostogonimozga qarshi kurashish uchun avvalo kasallangan parrandalarni 
uglerod (IV) - xlorid preparati bilan davolash kerak. Parazitning tarqalishiga yo’l 
qo’ymaslik uchun parrandachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga qurmaslik, 
parrandalarni botqoq 
yaylovlar va yomg’ir yoqqandan 
keyin yayratish 
maydonchasiga chiqarmaslik, parrandalarni invaziyaga gumon qilingan suv 
xavzalaridan sug’ormaslik kerak. 
Trematodalarning yana biri 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin