P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Qon so’ruvchi chivinlar
(Culicidae) oilasi vakillarining og’iz organlari 
sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan, erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi, urg’ochilari 
esa qon so’radi. Chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan xovuz va ko’lmak suvlarga, 
binolarning suv bosgan erto’lalariga, nam va zax tuproqlarga, xatto suvli bochkalarga 
qo’yadi. Lichinkalari atmosfera xavosi bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlarning 
4-6 nasli rivojlanishi mumkin.
Chivinlarning xid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter xidini va nafas 
olganda chiqadigan SO
2
gazi konsentrasiyasining o’zgarishini yaxshi sezadi. 
Chivinlar juda serharakat xasharotlar. Ular qon so’rish uchun bir necha km masofaga 
ham uchib borishi mumkin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib borishi 
kuzatilgan. Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kovagi, erto’lalar va o’tlar orasida 
yashirinib yotadi. Kun botgandan keyin faol harakat qilib qon so’rishga o’tadi.
Chivinlarning bir qancha oilasi bo’lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo’lgani 
Culicidae oilasidir. Bu oila 2000 turni o’z ichiga oladi, bularning ko’pchiligi obligat 
gematofaglardir. Mamlakatimiz xududida Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga 
kiradigan turlari uchraydi. Anopheles avlodiga kiradiganlarni bezgak chivinlari 
deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi. 
Culex avlodiga kiradiganlarni esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak chivinlarning 
tipik vakili Anopheles maculopennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak kasalligi 
qo’zg’atuvchilarining o’ziga xos tarqatuvchisidir. 
Bezgak chivini uzun va ingichka bo’lib, bosh, ko’krak va qorin qismlaridan 
iborat. Bosh qismida mo’ylovlari va ko’zlaridan tashqari og’iz apparati joylashgan. 
Urg’ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo’lgani uchun uning og’iz qismlari 
sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o’simlik shiralari bilan oziqlanadi, 
shunga ko’ra ularning og’iz apparati so’ruvchi tipda bo’ladi.
Chivinlarning juftlashishi xavoda bo’ladi. Juftlashib bo’lganidan keyin, 
urg’ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so’radi. qon so’rishda ular odam, uy va 
yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 minut davomida gavdasining og’irligidan ham 
ko’proq qonni so’rib oladi. SHundan keyin urg’ochi chivinlar qorong’u joyga 
o’rnashib olib, 2-12 kun davomida ovqatini xazm qiladi. 
Tuxumlar etilgandan keyin urg’ochi chivinlar ko’lmak suvlarga uchib boradi 
va suv ustiga yoki suv o’simliklariga qo’nib tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yib bo’lgan 


98 
chivinlarning bir qismi o’ladi, qolganlari esa yana qon so’rib, tuxum qo’yishga 
kirishadi. Bezgak chivini o’z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum qo’yadi. Boshqa 
chivinlarga qarshi o’laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga yopishtirmasdan 
tarqoq xolda qo’yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar tuxumlarini suv 
yuzasiga g’uj-g’uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to’plami qayiqchaga o’xshab 
ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab, 2-10 kun ichida tuxumdagi lichinkalar etiladi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining bosh, ko’krak va qorin qismlari yaqqol 
ajralib turadi. Har xil chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va 
biologik xususiyatlariga ko’ra bir-birlaridan farqlanadi. Lichinkalar to’rt marta tullab, 
g’umbaklarga aylanadi. G’umbaklardagi nafas olish naylarining shakliga qarab 
bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin: ularning nafas olish naylari konussimon 
bo’lib, go’yo karnaycha ko’rinishida bo’ladi. G’umbakdan imago rivojlanadi. Tuxum 
qo’yishdan boshlab imago chiqquncha bo’lgan rivojlanish davri tashqi muhitga qarab 
14-30 kun davom etadi. 
Culex 
avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan 
transmissiv kasalliklarining chaqiruvchilarini tarqatadi. Yaponiya, Koreya yarim 
orolida, SHimoliy Xitoy va Uzoq SHarqda Culex chivinlari og’ir virus kasalligi - 
yapon ensefalitini tarqatadi.
Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og’ir tropik kasallik 
qo’zg’atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi. Ularning tuzilish va rivojlanishi bezgak 
chivinlariniki o’xshaydi, lekin ayrim belgilari bilan farq qiladi. 1. Urg’ochi oddiy 
chivinlarning voyaga etgan davrida pastki jag’ paypaslagichlari kalta bo’lib, 
xartumining 1/3 qismini egallaydi, bezgak chivinlarida pastki jag’ paypaslagichlari 
xartumiga teng bo’ladi. Erkaklarining pastki jag’ paypaslagichlari oddiy va bezgak 
chivinlarida xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirigi bo’g’imi kengaymagan 
bo’lib, bezgak chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari erkaklarining mo’ylovlari 
sertuk bo’ladi. 2. Bezgak chivinlarining oyog’i tanasidan ikki baravar uzunroq 
bo’ladi, oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko’kragining o’rta bo’g’imida joylashgan 
bir juft qanotida qoramtir to’rtta dog’i bo’lib, bu dog’lar zich joylashgan 
tanachalaridan iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dog’lari bo’lmaydi. 3. Bezgak 
chivinlari qo’nib turganda qorin qismini ko’tarib burchak xosil qilib turadi, oddiy 
chivinlar bo’lsa, parallel xolda qo’nadi. 4. Odatda bezgak chivinlari tuxumlarini 
o’zlari rivojlanib chiqqan, kislorodga boy, toza suv xavzalariga qo’yadi, oddiy 
chivinlar uchun bunday sharoitning ahamiyati yo’q, suv bo’lsa etarli, xatto 
yomg’irlardan qolgan ko’lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo’yishi 
mumkin. 5. Culex chivinlarining tuxumida xavo kamerasi bo’lmaydi, shuning uchun 
u tuxumini bir-biriga tik aylana o’qi bo’yicha yopishgan xolda qo’yadi. Natijada 
qayiqchaga o’xshash 200-400 tadan bo’lgan tuxumlar to’plamini xosil qiladi. Bunday 
xolda tuxumlar cho’kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, 
zax joylardagi substratlarga qo’yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib 
qolayotgan suv xavzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar bir 
yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va 
rivojlanadi. 6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlarning lichinkalari suv yuzasiga 
nisbatan burchak xosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan xosil 
bo’lgan tana o’simtasida - sifonda joylashgan bo’ladi. SHu sababdan, lichinkalar 


99 
suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi. 
Bezgak chivinining lichinkalari suv yuzasida yashab va shu joydagi mayda 
zarrachalar va mikroorganizmlar bilan oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa 
suv qatlamidagi organizmlar bilan oziqlanadi. 7. Oddiy chivinning g’umbaklaridagi 
nafas olish nayi silindr shaklida bo’ladi, bezgak chivinida esa konus shaklidadir. 
Bundan tashqari chivinlar parazit nematodalardan - filyariyalarning rivojlanish 
siklida ham oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin