93
Ma’lumki, bit qon so’rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida
rikketsiyalar bo’lib, chaqqan joylar qashilganda, jaroxatlangan teri orqali yuqadi.
Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. qaytalama terlama
kasalligining meyer spiroxetasi bo’lib, bemor qoni bilan birga bit oshqozoniga va u
erdan bit tanasi bo’shlig’iga tushadi.
Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda unga kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda
uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlangan joyga tushgan taqdirdagina
odamga kasallik o’tadi. Bitning bitta mo’ylovi ezilsa kifoya, bir tomchi gemolimfa
tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.
Bitlar og’ir sharoitda, odamlar bir joyda to’planib antisanitar xolatda
yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati
bo’lmaganda ko’plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng
tarqalgan. •ozirgi sharoitda ham odamlar g’uj bo’lib yashaydigan joylar, ya’ni
bog’cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun
qulay joylardir.
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo’qotishdan iborat. Ichki kiyimlar va
o’rin-ko’rpalarga issiqlik yoki bug’ bilan ishlaydigan kameralar bilan (100
o
S da)
ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. SHu bilan birga shaxsiy gigiena
qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak. Yana shuni ham eslatib o’tish kerak-ki,
rikketsiyalar o’lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik xolda saqlanishi
mumkin, xatto qurib ketgan bitlarning axlatida ham uzoq vaqtgacha o’zining
yuqumliligini yo’qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik bo’lishi shart
emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning axlati yoki
o’ligi ham kasallikning yuqishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: