91
Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar,
gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo’lib, xartumchaning ichida joylashgan.
Bit chaqqanda og’iz a’zolari
xartumchadan tashqariga chiqib, terini jaroxatlaydi va
qonni so’radi. So’lak bezlarining maxsuloti qon ivishiga qarshilik ko’rsatadi.
Tananing ko’krak qismi bir-biriga qo’shilib ketgan uchta segmentdan tuzilgan bo’lib,
uch juft yurish oyoqlariga ega. qanotlari bo’lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi.
Xasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo’ladi.
Urg’ochi bit qornining oxirida o’roqqa o’xshagan bir juft o’simtasi bo’ladi.
Jinsiy
teshigi sakkizinchi qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi
to’qqizinchi segmentda joylashgan. Demak, bitlarda
jinsiy dimorfizm yaqqol
ko’rinadi. Urug’lanishi ichki, rivojlanishi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan
lichinka uch marta tullab imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi.
Bitlar
ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o’ziga xos biti bo’ladi.
Bitlar turkumiga uchta oila kiradi:
1. Gematopidlar (Heamatopidae
) oilasi vakillarining ko’zi yo’q, tanasi
tukchalar
bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan
tashqari) parazitlik qiladi. Fil, cho’chqa, qoramol, quyon va bug’u bitlari shular
jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik
qilish bilan birga kuydirgi, cho’chqalarda o’lat
kasalligini ham tarqatadi.
Dostları ilə paylaş: