P a r a z I t o L o g I ya


 – mavzu. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

 
11 – mavzu. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlar 
Mavzu rejasi: 
1.
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlarning umumiy tasnifi. 
2.
Patxo’rlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ularning 
parrandachilik hamda chorvachilik xo’jaliklariga keltiradigan zarari. 
3.
Bitlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va ularning odam hamda chorva 
mollariga keltiradigan zarari. 
4.
Odam va hayvonlarda uchrovchi parazit qandalalarning tuzilishi, ko’payishi, 
zarari va ularga qarshi kurash choralari. 
5.
Burgalar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash 
choralari. 
6.
Ikki qanotlilar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi 
kurash choralari. 
Xasharotlar (Insecta)
sinfi vakillari er yuzida juda keng tarqalgan bo’lib, xilma-
xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan. Xasharotlar sinfi traxeya bilan 
nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipi, bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipiga kiradi. 


90 
Xasharotlar sinfiga 1,5 mln.dan ortiq tur kiradi. xasharotlar orasida odam va 
hayvonlarda parazitlik qiluvchi hamda turli kasalliklar tarqatuvchi turlari ham 
ko’plab uchraydi. 
Xasharotlar orasida ayniqsa bitlar, burgalar, ko’pchilik ikki qanotlilar, qandalar 
turkumlari vakillari odam va maxsuldor hayvonlarda parazitlik qilib, har xil xavfli 
kasalliklarni qo’zg’atadi va tarqatadi.
quyida ana shunday xasharotlar to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. 
Parxo’rlar (Mallophaga)
turkumi vakillari qanotsiz bo’lib, qushlarning va 
qisman sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo’rlarning tanasi bir oz 
yassilashgan, ko’zlari o’z navbatida reduksiyaga uchragan. Og’iz apparati kemiruvchi 
tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 bo’g’imdan iborat 
bo’lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo’rlar o’zlarining tuzilishi 
bilan bir tomondan pichanxo’rlarga o’xshasa, ikkinchi tomondan bitlarga o’xshab 
ketadi. 
Parxo’rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib 
hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari xatto yirik qushlarning og’iz bo’shlig’ida 
uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan. Parxo’rlar soch, tuk, jun, pat va parlar 
orasida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega. Tuxumlari qopqoqchali bo’lib, patlarga, 
sochlarga, junlarga yopishtirib qo’yiladi. 
Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo’ladi. Lichinkalar 
o’z tuzilishiga ko’ra voyaga etganlariga o’xshab ketadi, faqat o’lchamlari va teri 
pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo’rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 xaftani o’z 
ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan 
maxsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga 
yashaydi. Ular o’zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning 
evaziga hayvonlarning maxsuldorligi kamayadi. It va mushuklarning parxo’rlari jun 
ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba’zan ayrim tur parazit 
chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi. 
Parxo’rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 yaqin turi 
sutemizuvchilarning, qolganlari esa qushlarning parazitlari hisoblanadi. Ulardan 
taxminan 400 ga yaqin turi MDX mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. 
Parxo’rlar turkumi o’z navbatida ikkita kenja turkumni va bir necha oilani o’z 
ichiga oladi. Xaqiqiy parxo’rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo’rini misol qilib 
olish mumkin. Pat va sochxo’rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo’ri va 
kaptar parxo’rini misol qilib keltirish mumkin. 
SHuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o’rdak parxo’ri, it, 
mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan parxo’r turlarini ham ko’rsatish 
mumkin. 
Kimyoviy preparatlardan foydalanib parxo’rlarga qarshi kurash olib boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin