P a r a z I t o L o g I ya


Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes
) tanasi uzunchoq, bo’limlarga 
bo’linmagan, yaxlit, to’q kul rang tusda. Urg’ochi kananing uzunligi 8-9 mm, eni 4-5 
mm, erkagining uzunligi esa 4-5 mm, eni 2-3 mm keladi. Ornitodorus kanalari 
juftlashgandan so’ng yopiq joyga tuxum qo’yadi. Tuxumdan uch juft oyoqli lichinka 


87 
chiqadi. Nimfada to’rt juft oyog’i bo’ladi. Jinsiy teshigi bo’lmaydi. Ornitodorus 
kanasi rivojlanishi davrida 3-5 ta nimfa davrini o’taydi. U 20-25 yilgacha yashaydi
12 yilgacha ochlikka chidaydi. 
Ornitodorus 
kanasi 
issiq 
iqlimli 
mintaqalarda, 
Markaziy 
Osiyo 
respublikalarida, Eron va Xindistonda ko’proq uchraydi. Bu kana qaytalama tifni 
tarqatadi. Kanalar o’z navbatida infeksiyali odam yoki hayvon qonini so’rganda, 
kasallik qo’zg’atuvchilarini o’ziga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari yillab 
saqlanadi va kanalarning qo’ygan tuxumlariga o’tadi. Odamga bu kasallik 
kemiruvchilar yaqinida tunab qolganda yoki jayralar, ko’rshapalaklar yashaydigan 
g’orlarga borib qolganda kanalar talanishidan yuqishi mumkin. 
Ornitodorus kanalarining yuqumli kasalliklar tarqatishini rus olimlaridan N.I. 
Latishev va V.A. Moskvinlar aniqlashgan. 1924 yilda N.I. Latishev kana orqali 
qaytalama tifni o’ziga yuqtiradi, natijada kananing kasallik tarqatishini isbotlaydi. 
Qichima 
(qo’tir) 
kanalar
(Sarcoptidae) 
oilasi 
vakillari 
ko’zga 
ko’rinmaydigan, juda mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, qo’y, 
bug’u, qoramol, quyon, it, eshak, bo’ri, tulki va boshqalarning teri epidermisida 
parazitlik qilib yashaydi. Ular terini qattiq jaroxatlab, kuchli qichishni vujdga 
keltiradi. 
Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi boshko’krak va qorin 
qismlariga bo’linadi, lekin ular yaxlit bo’lib qo’shilib ketgan, tana shakli, yumaloq, 
yassi. Usti ko’ndalangiga ketgan yumshoq yo’lli xitin bilan qoplangan. Imago va 
nimfalarida to’rt juft oyoqlari bor, ularning shakli konussimon. So’rg’ichlari urg’ochi 
kananing birinchi va ikkinchi, erkagining esa birinchi, ikkinchi va uchinchi juft 
oyoqlarining panjasida bo’ladi. Bu kanalarning maxsus nafas olish organi yo’q, ko’zi 
ham bo’lmaydi. Kattaligi 0,2-0,5 mm ga boradi. 
Qichima kanalar metamorfoz yo’l bilan rivojlanadi: tuxum, lichinka, birinchi 
nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o’taydi. Erkak kana voyaga etgan urg’ochi 
kana bilan emas, balki ikkinchi nimfa davridagi urg’ochi kana bilan qo’shiladi. 
Urg’ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum qo’yadi. 
Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg’ochi kana 20-50 tagacha tuxum 
qo’yadi. 
SHunisi xarakterliki, teridagi yo’lakchalarining aksariyatini urg’ochi kanalar 
kovlaydi. Bu teshiklar orqali kanalar hamma rivojlanish davrida atmosfera kislorodi 
bilan nafas olib turadi. Erkak kanalar urg’ochilari kovlagan tayyor yo’llari orqali 
harakat qiladi.
Qichima kanalarining rivojlanishi 2-3 xafta davom etadi. Kanalar juda tez 
ko’payadi. Ular 21 kungacha och yashay olishi mumkin. 
Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, ya’ni qichima-qo’tir 
kasalligining manbai hisoblanadi. Kasallik sog’lom hayvonlarga yaylovda va ko’proq 
molxonalarda yonma-yon turishi, surkalishi, hayvonlarni tozalaydigan buyumlar
yopqich, cho’tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o’tishi mumkin. 
Qichima-qo’tir kanalarining juda ko’pchiligi odamda parazitlik qiladi. 
SHundan eng ko’p tarqalgani Sarcoptes scabiei turi hisoblanadi. 
Bu 
tur 
kana 
odamda 
uchraydigan 
qichima-qo’tir 
kasalligining 
qo’zg’atuvchisidir. Bu kana juda kichkina bo’lib, urg’ochisining uzunligi 0,2-0,5 


88 
mm, erkaginiki 0,2-0,3 mm keladi. Tanasi ovalsimon ko’rinishda, rangi xira oq, xitini 
ko’proq bo’lgan erlari bir oz jigar rangli. Ularning embrional rivojlanishi 2-4 kun 
davom etadi. Kananing tuxum qo’yishdan imagogacha bo’lgan rivojlanish davri 9-12 
kun davom etadi. Voyaga etgan kana bir yarim oyga yaqin yashaydi. 
Qichima-qo’tir kanalari teri epidermisining shox qavatida yashaydi. qo’tir 
kanalari terining nozik joylarida, ya’ni barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak o’rtasida, 
qo’ltiq ostida va boshqa joylarda parazitlik qiladi. qo’tir odamga ko’p azob berib, 
darmonini quritadi, ish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bundan tashqari, terining 
shikastlanishi va qichishidan turli mikroblarning organizmga kirishi uchun yo’l 
ochiladi. 
Qichima kanalardan – Sarcoptes equi – ot va eshaklarda, Sarcoptes suis - 
cho’chqalarda, Sarcoptes caprae - echkida, Sarcoptes ovis - qo’yda, Sarcoptes bovis - 
qoramolda, Sarcoptes cameli - tuyada, Sarcoptes cani - itda va boshqa hayvonlarda 
ham parazitlik qiladigan turlari bor. 
Qichima kana bilan kasallangan odam qichigan joylarini qashiganda kanalar 
tirnoq orasiga kiradi, odam bu kanalarni badanining boshqa joylariga yuqtiradi. Kasal 
odam bilan qo’l orqali ko’rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda ham 
yuqadi. 
Qo’tir kasalligi kishilar o’rtasida sanitariya-gigiena, avvalo, shaxsiy gigiena 
qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo’ladi. 
Odam terisidagi yog’ bezlari va soch xaltasida xusinbuzar kanasi (Demodex 
folliculorum) parazitlik qiladi. Bu kananing ta’sirida ayrim odamlarning yuzida va 
terisining turli joylarida ba’zan bezlarning ko’payishi natijasida xusnbuzar toshib 
ketishiga sabab bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin