85
Mol kanasi birmuncha sovuqqa chidamli (-20
0
S), hamma rivojlanish fazalari
tabiiy muhitda o’tadi. Bu kanalarning tabiiy rivojlanish sikli to’rt yilgacha boradi.
Ular rivojlanish davrida ikki yilgacha ochlikka chiday oladi.
Tayga kanasi (Ixodes persulcatus)
tana tuzilishi jixatdan it kanasiga yaqin
turadi. Lekin urg’ochi it kanasining jinsiy teshigi to’g’ri yoki to’lqinsimon bo’ladi.
Tayga kanasi uch xo’jayinli. To’ygan va urug’langan urg’ochi kanalar o’rmonlardagi
erga to’kilgan barglar orasiga kirib tuxum qo’yadi.
Taygada odamga ham xujum
qiladi. yosh kanalar mayda sutemizuvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi. Tayga
kanasining kattaligi 2,5-4 mm keladi.
Tayga kanasi kana ensefaliti qo’zg’atuvchisini tarqatadi. Bu kana
Kamchatkadan janubiy Sibir o’rmonlarigacha tarqalgan.
Ensefalit kasalligi kanalar orqali yovvoyi hayvonlardan odamga yuqishini
akademik E.N. Pavlovskiy va L.A. Zilber 1930 yilda aniqlagan. Kana ensefaliti
odamda juda og’ir o’tib, o’limga olib keladi yoki tana
qismlarining falajlanishiga
sabab bo’ladi. Kana taygadagi sutemizuvchi hayvonlar va parrandalardan virusni
o’ziga yuqtirib turadi. Virus kana tanasida uzoq vaqt saqlanadi va nasldan-naslga
o’tadi.
Tayga kanasidan saqlanish uchun odamlar tayga xududlariga borganda uzun
etik,
kombinzon kiyib, engi uchlari rezinka tasma bilan bog’lanadi. Badanga
kanalarni cho’chitadigan surtmalar surtiladi.
Dermasentor kanalari (Dermacentor) avlodining MDXda 10 dan ortiq turi
uchraydi. Ular G’arbiy Sibirda keng tarqalgan.
Dermasentor kanalarning dorzal qalqoni kumush rangli yaltiroq bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Jinsiy voyaga etgan kananing tanasi oval shaklda. “Boshchasi”
tananing
oldingi uchida joylashgan, xartumchasi iksod avlodiga kiradigan kanalar
xartumchasiga nisbatan kaltaroq. Ko’zlari bor, uch xo’jayinli. Imago davrida
qoramol, ot, qo’y, bug’u, cho’chqa, tulki, it va boshqa hayvonlarning qoni bilan
oziqlanadi. Lichinka va nimfalari sichqonsimon kemiruvchilar, xasharotxo’rlar
hisobiga yashaydi. Imagolari 2-3 yilgacha och yashashi mumkin.
Bu kanalar tulyaremiya, piroplazmoz, tayga ensefaliti,
tepkili terlama,
gomosporodioz kabi kasalliklarni yuqtiradi.
Dostları ilə paylaş: