P a r a z I t o L o g I ya


Qisqichbaqasimonlar (Crustacea)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Qisqichbaqasimonlar (Crustacea)
jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) 
kenja tipining yagona sinfi bo’lib, ularning deyarli hammasi suv hayvonlari 
hisoblanadi. Gavdasi bosh, ko’krak va qorin qismiga bo’lingan, hamda ustki 
tomondan xitinli kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida 5 juft o’simtasi bo’lib, 
birinchi jufti – antenulla, ikkinchi jufti – antenna deb ataladi. Keyingi 3 jufti og’iz 
oyoqlari hisoblanadi. Ko’krak va qorin qismidagi oyoqlar soni turkumlariga qarab har 
xil bo’ladi. 
Qisqichbaqasimonlar deyarli ayrim jinsli, ovqat xazm qilish, ayirish va qon 
aylanish sistemalari mavjud. Jabralar yoki teri orqali nafas oladi. 
Qisqichbaqasimonlarning ayirim turlari parazitlik bilan yashashga o’tgan, 
shunga ko’ra ularda gavdasining ko’rinishi va tuzilishi tubdan o’zgarib ketgan va 
tashqi ko’rinishi bo’yicha mutlaqo qisqichbaqasimonlarga o’xshamaydi. Parazit 
turlari ayniqsa kurakoyoqlilar (Copepoda, - 1000 dan ortiq turi bor), karpxo’rlar 
(Branchiura, 130 ta turi bor), mo’ylovoyoqlilar (Cirripedia, 54 ta turi bor) va 
tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkumlari orasida keng tarqalgan. 
Kurakoyoqlilar (Copepoda
) turkumiga kiruvchi bir qancha turlari har xil 
hayvonlarda, ko’proq baliqlarda parazitlik qiladi. Parazitlik qilib hayot kechirishi 
munosabati bilan bunday qisqichbaqasimonlarning tana tuzilishi turli darajada 
o’zgarishga uchragan. Baliqlarning jabralarida sikloplarga o’xshaydigan Ergasilus va 
tashqi ko’rinishi boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladigan Lamproglena va 
Achteres parazitlik qiladi. 
Parazit kurakoyoqlilar baliqlarda ektoparazitlik qilishdan tashqari, ko’pchilik 
umurtqasiz hayvonlar (marjonpoliplar, xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar) va 
boshqa tur qisqichbaqasimonlarda va ninaterililarda ham tekinxo’rlik qilib hayot 
kechiradi. 


81 
Parazit kurakoyoqlilar parazitlik qilib yashash sharoiti ta’sirida o’ziga xos 
moslamalar xosil qilgan. Ularning antenulla va antennalari xo’jayin organlarga 
yopishib olish va uning to’qimalaridan shiralarni so’rib olishga turlicha moslashgan. 
Parazit kurakoyoqlilarning ba’zi erkin yashovchi kurakoyoqlilarga o’xshashligi bir 
muncha saqlangan. Boshqa parazit kurakoyoqlilarda tanasining tuzilishi shu qadar 
ko’p o’zgarganki, ularni kurakoyoqlilar emas, balki qisqichbaqasimonlar sinfi 
vakillari ekanligini bilib bo’lmaydi. Masalan, treska baliqlarining jabralarida 
Lernaeocepa branchialis degan parazit yashaydi. Baliq jabrasiga yopishib olgan 
parazit 
gavdasining 
shakli 
uzun 
xaltaga 
o’xshaydi. Jinsiy bezlarining 
rivojlanganligidan gavdasi shishib turadi. Oyoqlari bo’lmaydi. Gavdasining oldingi 
uchida esa yopishish organlari bor, bu organlar shoxlanib ketgan ildizlarga o’xshaydi. 
Bu hayvonning rivojlanishi o’rganilgandan keyingina, uning kurakoyoqli 
qisqichbaqalarga kirishi ma’lum bo’ldi. Karp biti yoki karpxo’r qisqichbaqasimonlar 
karp balig’ining ektoparaziti hisoblanadi. Gavda tuzilishi tubdan o’zgargan. 
Boshko’kragi yaxlit. Faqat qorin qismining uchi erkin xolatda. Gavda o’simtalaridan 
so’rg’ichlar va boshqa yopishuvchi organlar xosil bo’lgan. 
Parazitlikda hayot kechirish sharoiti karp bitining ichki tuzilishini o’zgarishiga 
ham olib kelgan. Jumladan, o’rta ichak shoxlangan bo’lib, unda faqat oziq 
moddalarni zaxira qilib oladi. Karp bitining 60 dan ortiq turi baliqlardan tashqari 
mollyuskalar va amfibiyalarda parazitlik qiladi. 
Kurakoyoqlilar baliqlarning terisi, jabrasi, ko’zlari va og’iz bo’shliqlarida 
yopishib yashab, xilma-xil jaroxatlarni xosil qiladi. Natijada baliqlarning teri, jabra 
va muskullari shishib ketadi. Jabrada qon aylanish va nafas olish funksiyalari 
buziladi. Jaroxatlangan joydan qon oqishi yoki o’sha joydan har xil mikroblarning 
organizmga kirishi sodir bo’ladi. Parazitlar bir necha yuztadan 3000 tagacha 
uchraydi. Ular baliqlarni mexanik jaroxatlashdan tashqari, o’zlaridan har xil toksinlar 
ajratib baliqlarni zaharlaydi. Kasallangan baliqlar ozib, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib 
ketadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin