P a r a z I t o L o g I ya


Mollyuskalar (Mollusca) tipiga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Mollyuskalar (Mollusca) tipiga
130 mingdan ortiq tur kirib, 7 ta sinfga bo'linadi. 
Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib xayot kechiradi. Ular asosan 
ikki pallali (Bivalvia) va qorinoyolilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi. 
Qorinoyoqlilar sinfining ayrim vakillari xar xil parazit chuvalchanglarning, birinchi 
navbatda so'rg’ichlilar sinfi vakillarining oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Shuningdek, 
ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar va nematodalarning rivojlanish siklida ham 
qorinoyoqli mollyuskalar vakillari qatnashadi. Ikki pallali mollyuskalardan chuchuk 
suv marvariddorlari (Margaritifera) va tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari 
baliqlarda parazitlik qilib yashaydi. Tishsizlar ayrim jinsli bo'lib, tashqi ko'rinishidan 
erkagi urg’ochisidan farq qilmaydi. Urg’ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra 
varaqchalari oralig’iga qo'yadi. Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi 
va kirish sifonlari orqali urg’ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari 
orasida urug’lanib, bir necha kundan keyin ulardan gloxidiy deb ataluvchi lichinka 
chiqadi. Lichinkaning ikki pallali chig’anoqlarini qirralari tishchali bo'ladi. Bunday 
lichinkalar erta baxorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib, keyin 
chig’anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli baliqlarning 
jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda xayot kechira boshlaydi. 
Natijada zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo bo'ladi. Terisining ostida 
gloxidiylar bir-ikki oy davomida parazitlik qilib rivojlanadi va asta-sekin kichik 
baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv tubiga cho'kib 
mustaqil hayot kechiradi. Gloxidiylar ayniqsa baliqlarning jabra to'qimalarida 
parazitlik qilib, ularning nafas olishini qiyinlashtiradi va natijada ko'plab baliqlar 
nobud bo'ladi. Qorinoyoqli mollyuskalar ichida xam ayrim turlari ninaterililar tipi 
vakillarida parazitlik qiladi. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi ichida parazitlari asosan 
oldjabrali qorinoyoqli mollyuskalar kenja sinfi vakillari hisoblanadi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin