P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Singamidlar (Syngamidae)
oilasidan Syngamus trachea nematoda turi tovuq, 
kurka, g’oz va yovvoyi parrandalarning nafas yo’llarida, ya’ni kekirdagida 
(traxeyasida) parazitlik qiladi va singamoz kasalligini keltirib chiqaradi. Singamoz 
bilan asosan jo’jalar kasallanadi. Jinsiy voyaga etgan erkak va urg’ochi singamuslar 
hamma vaqt bir-biriga birikkan xolda yashaydi. Erkaklari urg’ochilaridan bir muncha 
kichik, og’iz kapsulasi yarim sharsimon xitinlashgan bo’lib, juda yaxshi rivojlangan. 
Erkaklarining uzunligi 2-6 mm, urg’ochilariniki esa 5-20 mm bo’lib, jinsiy teshigi 
tanasining oldingi qismida joylashgan. Urg’ochi singamuslar parrandalarning 
kekirdagiga tuxum qo’yadi, so’ngra bu tuxumlar og’iz bo’shlig’i orqali oshqozonga 
tushadi. Parazit tuxumlari oshqozonda xech qanday o’zgarmay tashqi muhitga 
chiqadi. Tashqi muhitda 8-9 kun ichida tuxumdagi lichinka ikki marta tullab, o’zining 
invazion, ya’ni yuqumli davriga o’tadi. Parrandalar ichida yuqumli lichinkasi bo’lgan 
bunday tuxumlarni yutib yuborsa, ularning oshqozonida tuxumlardan lichinkalar 
chiqadi va ichakdan qon tomirlariga o’tib, qon orqali o’pkaga boradi. o’pka 
al’vaolalarda lichinkalar yana ikki marta tullab, so’ngra bronxlarga o’tadi. Bir qancha 
vaqtdan keyin erkak singamuslar urg’ochilarini jinsiy organlari to’liq rivojlanmagan 
xolda urug’lantiradi. Parazitlik qilishning 7-kunida singamuslar parrandaning 
kekirdagiga o’tadi va u erda juda tez o’sib rivojlanadi hamda 3-7 kun davomida jinsiy 
voyaga etadi. Parranda zararlanganidan 17-20 kun o’tgach, singamus tuxumlari axlat 
bilan tashqariga chiqa boshlaydi va bu jarayon 27-35 kun davom etadi. Singamuslar 
tuxum qo’yib bo’lgandan keyin yana 5-7 kun yashaydi va asosiy xo’jayini tanasida 
ularning yashash muddati 2 oy atrofida bo’ladi. Singamuslarning rivojlanishi 
to’g’ridan-to’g’ri yoki rezervuar xo’jayinlar orqali ham borishi mumkin. 
Singamuslarning invazion tuxumlarini tashqi muhitda ayrim umurtqasiz hayvonlar 
(yomg’ir chuvalchanglari, suv va quruqlikda yashovchi mollyuskalar, ko’poyoqlar, 
uy pashshalari) yutib, ular organizmida lichinkalar paydo bo’ladi va uzoq vaqtgacha 
xech qanday o’zgarishsiz yashaydi. YUqorida keltirilgan umurtqasiz hayvonlar
ayniqsa yomg’ir chuvalchanglari singamuslar uchun rezervuar xo’jayin vazifasini 
bajaradi. Demak, parrandalar singamuslar bilan invazion tuxumlarini yutish orqali va 
rezervuar xo’jayinlarini eyish orqali parazitni o’zlariga yuqtiradi. Singamuslarning 
rezervuar 
xo’jayinlari 
sifatida 
yomg’ir 
chuvalchanglaridan 

Lumbricus, 
Allolobophora, Eisenia avlodlari vakillari, quruqlikda yashovchi mollyuskalardan - 
Agriolimax, Helix, Helicella avlodlari vakillari va pashsha lichinkalari aniqlangan. 
Singamozlar parrandalarning kekirdagida parazitlik qilib, ko’payib ketganda 
nafas olish yo’llarini bekitib, o’pkaga xavo o’tishini qiyinlashtiradi. SHuningdek, 
keng va kuchli kapsulasi yordamida kekirdak devorlariga yopishib, uni og’ir 
shikastlaydi. Jo’jalar kuchli zararlanganda bo’ynini cho’zadi, og’zini katta ochib, 


71 
esnashga o’xshab harakat qiladi. Kasallangan jo’jalar ozib ketadi va ba’zan xalok 
bo’ladi.
Singamoz bilan kasallangan parrandalarni davolash uchun yodning suvdagi 
eritmasini o’tmas uzun ignali shpris yordamida ularning og’iz va xiqildoqlari orqali 
kekirdagiga yuboriladi. Kasallangan jo’jalarni tetramizol va mebenvat kabi 
preparatlar bilan ham davolanadi. Xonaki parrandalar boqiladigan joylarga yovvoyi 
parrandalar kelmasligi kerak.
Nematodalar faqat odam va hayvonlarda parazitlik qilmasdan, balki bir qancha 
turlari o’simliklarda ham parazitlik qiladi. Xozirgi vaqtda, ayniqsa, ildiz bo’rtma 
nematodasi o’simliklarga katta zarar etkazadi. Ular bug’doy, lavlagi, kartoshka
piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g’o’za, kungaboqar, loviya, mosh, tut, 
tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o’simliklari va daraxtlarga zarar 
etkazadi. Sitrus nematodasi sitrus o’simliklari (limon, apel’sin va bosh.) ildizlarida 
parazitlik qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin