P a r a z I t o L o g I ya


Vuxereriya yoki bankroft ipchasi (Wuchereria bancrofti)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Vuxereriya yoki bankroft ipchasi (Wuchereria bancrofti) 
asosan tropik va 
subtropik iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Odamlarda vuxererioz (elifantiazis), 
ya’ni fil kasalligini paydo qiladi. Bu uzun ipsimon nematoda urg’ochisining uzunligi 
10 sm, erkaginiki esa 4 sm keladi. Voyaga etgan chuvalchanglar limfa bezlarida
ichki a’zolarning qon tomirlarida parazitlik qiladi. Limfa yo’li bekilib qolishi tufayli 
limfa to’xtab qoladi, zararlangan joy esa juda yo’g’onlashib ketadi. 
Bu nematodaning rivojlanishi ikkita xo’jayinda boradi. Asosiy xo’jayini odam, 
oraliq xo’jayinlari esa Anopheles, Culex va Aedes avlodlariga kiradigan chivinlar 
hisoblanadi.
Urg’ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko’p tirik lichinkalar tug’adi. Bu 
lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi (odam 
faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a’zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari 
ular periferik tomirlarga o’tadi. Kechqurun yoki tunda chivinlar kasallangan 
odamlarning qonini so’rganida parazit lichinkalari chivin oshqozoniga va undan tana 
bo’shlig’iga o’tadi. Bu erda biroz o’sadi va so’ngra xartumi asosida to’planadi. 
Chivinlar qon so’rish uchun sog’lom odamning terisini teshganida lichinkalar dastlab 
xartumdan teri ustiga chiqadi. So’ngra bu lichinkalar o’zlari faol harakat qilib
xo’jayin tanasiga kiradi. Umuman, voyaga etgan parazitlar odam organizmida 17 
yilgacha, lichinkalari esa 70 kun atrofida hayot kechiradi. 
Kasallikning yashirin (inkubasion) davri 3-18 oy davom etishi mumkin. 
Kasallikning belgilari: avvalo allergik xolatlar yuzaga keladi, keyin tana harorati 
ko’tariladi, to’qimalarda shishlar paydo bo’ladi. Voyaga etgan parazitlar limfa 
tomirlarida tiqilib qolishi natijasida limfa yo’li bekilib, limfa to’xtab qoladi, bunda 
zararlangan joylar, ya’ni tana qismlari, shu jumladan oyoqlar juda yo’g’onlashib 
ketadi va bu kasallik fil oyog’i deb ataladi. MDXda bu kasallik deyarli uchramaydi. 
Vuxererioz bilan kasallangan odamlarni dietilkarbamazin, ditrazin kabi dorilar bilan 
davolanadi. Profilaktik chora-tadbirlar odamlarni vuxererioz tashuvchisi bo’lmish 
qon so’ruvchi chivinlar chaqishidan ximoya qilishdir. 


68 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin