P a r a z I t o L o g I ya


Trixinella (Trichinella spiralis)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Trixinella (Trichinella spiralis)
juda mayda, ya’ni urg’ochisining uzunligi 3-4 
mm, erkaginiki 1,5-2 mm atrofida bo’lib, asosan, kalamush, it, mushuk, bo’rsiq, 
cho’chqa va ba’zan odamlarda parazitlik qiladi. Trixinella rivojlanishining hamma 
davrini tashqi muhitga chiqmasdan, o’z xo’jayinining ichida o’tkazadi. Voyaga etgan 
trixinella ingichka ichakda yashaydi. Urug’langan urg’ochilar ichak devoriga o’tib, 2 
oygacha yashaydi va shu erda 2 mingtagacha tirik lichinkalar tug’adi. 
Lichinkalar ko’chib yuruvchanligi bilan diqqatga sazovordir, ya’ni ular qonga 
o’tadi va qondan ko’ndalang-targ’il muskul tolalarining orasiga kirib o’rnashib oladi. 
o’rnashib olgan lichinkalar spiral shaklida buriladi va ularning atrofida shakli 
limonga o’xshash kapsula xosil bo’ladi. Taxminan 5-6 oydan keyin kapsula 
oxaklanib qoladi, ya’ni kapsula devoriga oxak moddalari to’planadi. Har bir 
kapsulada 1 ta , 2 ta yoki 3 ta lichinka bo’lishi mumkin. Umuman, 1 kg trixinella 
bilan kasallangan cho’chqa go’shtida 10-12 mingtagacha lichinka bo’lishi mumkin. 
Kapsulaga o’ralgan trixinella lichinkasi to xo’jayini o’lguniga qadar tirik xolda 
saqlanadi, lekin rivojlanmaydi. 
Odam trixinella lichinkasi bo’lgan cho’chqa go’shtini yaxshi qovurmasdan
yaxshi pishirmasdan iste’mol qilganda parazitni o’ziga yuqtiradi. Odamning ichagida 
xazm shiralari ta’sirida kapsula erib ketadi va trixinella lichinkasi ichak bo’shlig’iga 
chiqadi. Bu lichinkalar 2 kundan keyin voyaga etadi va to’rtinchi kuni ichakning 
hujayralari orasida urchib, muskullarga o’tadigan lichinkalar tug’adi. Erkaklari 
urg’ochilarini urug’lantirgach o’ladi. Trixinella tufayli vujudga keladigan kasallik 
trixinellyoz deyiladi. Minglarcha trixinella lichinkalari odam ichak devorini teshib 
o’tganda og’ir kasallikka va xatto o’limga ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar 
ichakdan qonga o’tganda, qon orqali muskullar orasiga borib joylashganda va 
kapsulaga o’ralganda ham bemorga qattiq azob beradi. Umuman, trixinella bilan 


67 
kasallangan odamlarning harorati ko’tariladi, ovqat xazm qilish sistemasining ishi 
buziladi va muskullari og’riydi, ko’ngli ayniydi, yuzi va qovoqlari shishadi. 
Trixinellyoz kasalligining yashirin davr 10-25 kun davom etadi. 
Trixinella odamlarga asosan cho’chqa go’shti orqali yuqadi. Cho’chqalarga esa 
trixinella lichinkasi sichqon va kalamushlarning o’ligini eyishlari orqali yuqadi. 
Sichqon va kalamushlarga esa trixinella lichinkasi bir-birlarini eyishlari yoki kasal 
bo’lib o’lgan cho’chqa go’shtini eyishi natijasida o’tadi. 
Odamga trixinella lichinkasi yovvoyi to’ng’iz, bo’rsiq va ayiq go’shtini yaxshi 
pishirmasdan eyishi orqali ham yuqishi mumkin.
Trixinella bilan kasallanmaslik uchun avvalo qushxona va bozorlarda 
veterinariya nazoratidan o’tmagan cho’chqa go’shtini sotmaslik va ovqatga 
ishlatmaslik kerak. Iste’mol qilinadigan cho’chqa go’shtini yaxshilab qovurish va 
pishirish kerak. Trixinelladan saqlanish uchun cho’chqa og’ilxonalari va atrofi 
sementlanishi, 
cho’chqachilik 
xo’jaliklari 
atrofida 
uchraydigan 
kalamush, 
sichqonlarga qarshi kurash choralari olib borish va trixinelladan o’lgan hayvonlarni 
albatta kuydirish kerak. Trixinellyoz bilan kasallangan odamlarni esa vermoks
mintezol kabi dorilar bilan davolanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin