P a r a z I t o L o g I ya


Rishta (Dracunculus medinensis)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Rishta (Dracunculus medinensis)
yoki drakunkul ipsimon ko’rinishdagi 
nematoda bo’lib, O’rta Osiyo respublikalarida rishta(ip) deb ataladi. Mutafakkir olim 
Abu Ali ibn Sino rishtani irk-almedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan 
kasallikni birinchi marta o’rgangan allomadir. Rishta ayrim jinsli bo’lib, jinsiy 
dimorfizm yaqqol ko’rinadi. Urg’ochisining uzunligi 32 smdan 150 smgacha boradi, 
erkagi esa 12-30 mm atrofida bo’ladi. 
Rishta biogel’mint bo’lib, rivojlanish siklida 2 ta xo’jayin qatnashadi. 
Rishtaning asosiy xo’jayini odam, ayrim xollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, 
chiyabo’ri, qoplon va boshqa sutemizuvchilar bo’lib, jinsiy voyaga etgan parazit 
ularning terisi ostidagi biriktiruvchi to’qimasida va ko’pincha oyoq terisi ostida 
parazitlik 
qilib 
yashaydi. 
Oraliq 
xo’jayini 
esa, 
suvda 
yashovchi 
qisqichbaqasimonlardan - sikloplardir. Rishtaning erkagi urg’ochisini otalantirgach 
xalok bo’ladi. Rishtaning urg’ochisi urug’langandan so’ng, lichinkalar tug’ish uchun 
odamning qo’l-oyoqlari terisi ostiga ko’chadi va ma’lum vaqtdan keyin terida 
shishlar (pufakchalar) paydo bo’ladi. Bunday shishlar suvga tekkanda (qo’l-oyoqlarni 
yuvganda yoki cho’milganda) yoriladi va undan parazitning lichinkalari suvga 
tushadi. 
Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi va siklop 
tanasida lichinka rivojlanib 12-14 kundan keyin yuqumli (invazion) xolatga aylanadi. 
Odam va boshqa asosiy xo’jayinlar suv orqali zararlangan sikloplarni yutib yuboradi 


63 
va rishtani o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayini ichagida sikloplar xazm sekretlari 
ta’sirida xazm bo’ladi va undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon aylanish 
sistemasiga o’tadi va organizm bo’ylab migrasiya qiladi. Migrasiya davri 
tugallangach, rishtaning lichinkasi bemorning teri osti yog’ qavatiga joylashib oladi 
va bir yildan keyin jinsiy voyaga etadi. SHundan so’ng urg’ochi rishtalar yana teri 
ostiga ko’chib, yuqorida bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi.
Dunyo bo’yicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo’jayini 
hisoblanadi. MDXda esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo’jayini ekanligi 
aniqlangan. Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi. Agarda 
rishta kasallangan odam terisi ostida o’lsa, odam organizmiga parazitning zaharli 
moddalari so’riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak emi) paydo 
bo’ladi, badan qichishadi, bosh aylanadi, nafas olish qiyinlashadi, organizm 
oriqlaydi. Ba’zan esa bo’g’inlarning yallig’lanishi, ko’ngil aynishi va qusish xollari 
ham ro’y beradi. 
Umuman, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba bo’lib, 
kasallangan odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni 
Afrikada, Lotin Amerikasi mamlakatlarida va Janubiy Osiyo davlatlarida keng 
tarqalgan. Xozirgi vaqtda rishta bilan er yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. 
MDXda, O’rta Osiyoda, ayniqsa Buxoroda 1930 yillargacha rishta odamlarda tez-tez 
uchrab turgan. Birinchi marta rishtani 1872 yili A.P.Fedchenko topgan bo’lsa, 
A.M.Isaev esa Buxoroda rishtani rivojlanish siklini to’liq o’rganib, uni yo’qotish 
chora-tadbirlarini ishlab chiqqan. 
Avvalgi davrlarda rishtadan qutilishning birdan-bir chorasi nematodani 
cho’pga o’rab asta-sekin teri ostidan tortib chiqarib olish bo’lgan. Xozirgi kunda ham 
bu usul o’zining qimmatini yo’qotgani yo’q. Bundan tashqari kimyoviy dorilar bilan 
ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambil’gar, tiabendazol, 
metronidazol va boshqalar kiradi. 
1932 yilda sobiq ittifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Bunda rishta 
tugatilishining asosiy sabablari uning manbai bo’lgan xovuzlarni quritish yoki 
dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish, xovuzlardan xom suv ichmaslik, oyoq-
qo’llarni suv ichadigan xavzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan 
odamlarni aniqlab, ularni davolashdan iborat bo’lgan. Xozirgi kunda rishta bilan 
zararlanish yovvoyi hayvonlar o’rtasida uchrab turadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin