P a r a z I t o L o g I ya


Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides). 
Odam askaridasi er yuzida deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim 
mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada axolining deyarli hammasi askarida bilan 
zararlangan. Chunki, Yaponiyada qishloq xo’jaligida odam ekskerementidan organik 
o’g’it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda keng miqyosda 
foydalaniladi. Askarida ayrim jinsli, erkagi urg’ochisidan ancha kalta, ya’ni 
erkagining uzunligi 15-25 sm, urg’ochisiniki esa 25-40 sm bo’ladi. Bundan tashqari 
erkak askarida xipcha va dumi qorin tomoniga spiral kabi buralgan bo’ladi. 
Urg’ochisining esa tanasi yo’g’on va dumi to’g’ri. Chuvalchangning oldingi uchida 
uchta labli og’iz, unda juda mayda ko’z ilg’amaydigan so’rg’ichlar bo’ladi. 
Gavdasining keyingi uchiga etmasdan, qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi 
joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi hisoblanadi. Jinsiy organlari sodda 


60 
tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa uchiga yaqin joyida 
joylashgan. U ichkarisiga cho’zilib ketgan bittagina naydan iborat. 
Urg’ochilarning jinsiy teshigi tananing oldingi yarim qismida, qorin tomonidan 
tashqariga ochiladi. Bu teshikdan bitta nay ketgan bo’lib, u uzoqqa cho’zilmay, ikkita 
shoxchaga ajraladi. SHoxchalarning ingichka ipsimon uchi tuxumdon, asta 
yo’g’onlashib borgan qismi tuxum yo’li, eng yo’g’on qismi esa bachadon deb ataladi. 
Askarida odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida askarida 
bo’lgan kishi parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba bo’lib hisoblanadi. Bitta 
urg’ochi askarida bir kecha-kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo’yadi (bitta 
askarida kamida 200 kun yashaydi), hayoti davomida esa bir necha 10 mln. tuxum 
qo’yadi (250000x200q50000000). 
Tuxum ustidan uch qavat po’st bilan o’ralgan bo’ladi, ammo yangi qo’yilgan, 
ya’ni kasal kishidan endi chiqqan askarida tuxumi zararlash imkoniga ega emas, u 
zararlash imkoniga ega bo’lishi uchun tashqarida nam muhitda 15-25 kun bo’lishi 
zarur, shu muddat ichida zararlash qobiliyatiga ega bo’lgan lichinka etiladi. Odam 
askaridasi oraliq xo’jayinsiz rivojlanadi, ya’ni yagona xo’jayini odam hisoblanadi. 
Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 yilgacha hayotchanligini saqlashi mumkin. 
Ichida lichinkasi bo’lgan bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yuvilmagan 
sabzavot-meva, ayniqsa qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali 
odam o’ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi oshqozon shiralari 
(fermentlari) ta’sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o’tib, 10 kun 
davomida migrasiya qilib jigar, yurak, o’pkaga borib aylanib yuradi. 
Lichinka o’pkaga kelganda, odamda o’pka shamollashi hodisasi kabi o’zgarish 
bo’lib, yo’tal paydo bo’ladi va yo’talganda o’pkada, ko’krakda og’riq paydo bo’ladi, 
ayrim vaqtlarda harorat ko’tariladi. Yo’talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak 
orqali yuqoriga, ya’ni og’iz bo’shlig’iga keladi. U erdan so’lak bilan qayta yutib 
yuborilganda lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, uning devorlariga 
yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga etgan askaridaga aylanadi. Ular o’z vaqtida 
otalanib yana tuxum qo’yadi. Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng 
qimmatli bo’lgan ovqatlar va vitaminlar bilan oziqlanib odamlarda avitaminoz paydo 
qiladi, natijada odam boshqa turli yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi. 
Askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu kasallikdan kishida 
kam qonlik avj oladi, ko’ngil aynish, qusish, ishtaxa yo’qolishi va boshqalar bo’ladi. 
Ba’zan askaridalar ichakdan o’t pufagiga o’tib, uni bekitib qo’yadi. Ichakdan 
oshqozon, qizilo’ngach, xatto nafas yo’llariga o’tishi mumkin. Bundan tashqari 
askarida o’zidan zaharli moddalar chiqarib odam organizmini zaharlaydi.
Bundan ming yil muqaddam vizantiyalik shifokor Eginskiy askaridoz bilan 
kasallangan bemorlarning xolatini quyidagicha tasvirlagan: "Ichagida askaridalar bor 
odamlar ichak va oshqozonida og’riq sezadi, quruq yo’tal, ba’zan xiqichoq tutadi. 
Uyqusida yuragi qattiq urish, cho’chib tushish va baqirib yuborish xolati kuzatiladi, 
keyin bemor yana uyquga ketadi. Bolalar sababsiz kavshanib tilini chiqaradi, tishini 
g’ichirlatadi, ko’zini yumib jim o’tiradi, ularning tinchligi buzilsa juda xafa 
bo’lishadi. Ba’zan askaridalar oshqozonga tushib qolsa, ko’ngilni aynitadi, zirqiragan 
og’riq va ovqatdan jirkanish paydo qiladi. Askaridoz bilan og’rigan bemorlarni ovqat 
eyishga majbur qilinsa, ular ovqatni zo’rg’a yutadi, ko’pincha qaytarib tashlaydi". 


61 
O’zbekistonda tog’ va tog’oldi mintaqalarda yashovchi axoli o’rtasida 
askaridoz bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi. Axolining askaridoz bilan og’rishi 
1-90 foiz orasida o’zgarib turadi. Masalan, A.Mansurovning ma’lumotlariga 
qaraganda, 1968 yilda Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida yashovchi axoli 
o’rtasida bolalar 57,2 foiz va kattalar - 33,9 foizga askaridoz bilan og’rigan. 
Askaridalar ayniqsa bolalarda ko’p uchraydi. Odam askaridasining zahari 
ayniqsa, bolalar organizmiga yomon ta’sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi 
og’riydi, boshi aylanadi, kechalari bezovta bo’ladi, tipirchilab, tishini g’ichirlatadi. 
Og’riq vaqti-vaqti bilan bo’lganligi uchun shifokor ko’pincha appendisit deb ham 
gumon qiladi. Odatda, odam ichagida bir nechta, ba’zan o’nlab, yuzlab askaridalar 
parazitlik qiladi. Bitta odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topilgani 
fanga ma’lum. Bunday xolda askaridalar ichak devorini yaralaydi, ichaklarda tiqilib 
qolib ovqatni o’tkazmaydi. Ba’zan esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini 
o’limga olib kelgan xollar ham kuzatilgan. 
Askaridoz bilan og’rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol), 
naftamon (alkopar, befenium), vermoks kabi dori-darmonlar bilan davolanadi. 
Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim. 
Askaridadan saqlanish uchun avvalo unga yo’liqqan bemorlarning hammasini 
yaxshilab davolash kerak. Har bir xonadonda, jamoat joylarida vodoprovod bilan 
jixozlangan yopiq tipdagi xojatxona bo’lishi kerak. YUqumsizlantirilmagan odam 
ekskrementlarini bog’ va ekinzorlarga o’g’it sifatida foydalanmaslik lozim. Xom 
sabzavot, xo’l meva va poliz maxsulotlarini iste’mol qilish oldidan vodoprovod yoki 
qaynatilgan yoxud oqar suv bilan yuvish kerak. Oziq-ovqat maxsulotlarini va idish 
tovoqlarni pashshalardan saqlash maqsadida ularni yopiq joyda tutish, pashshalarga 
qarshi kurash choralarini qo’llash va albatta shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish 
zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva mollarida va parrandalarda ham parazitlik 
qiladi. Masalan, cho’chqalarda cho’chqa askaridasi (Ascaris suum), tovuqlarda tovuq 
askaridasi (Ascaridia galli), otlarda ot askaridasi (Parascaris equorum), qo’ylarda 
qo’y askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda qoramol neoaskaridasi (Neoascaris 
vitulorum) parazitlik qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin