8- mavzu. TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPIGA KIRUVCHI
PARAZIT NEMATODALAR VA QILCHUVALCHANGLAR
Mavzu rejasi:
1.
Birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglar, ya’ni to’garak chuvalchanglar
tipining umumiy tavsifi va tasnifi.
2.
•aqiqiy to’garak chuvalchanglar yoki nematodalar sinfi vakillarining
tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.
3.
Odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar
vakillarining qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.
To’garak chuvalchanglarning boshqacha nomini birlamchi tana bo’shliqli
chuvalchanglar deb ham aytiladi. Xaqiqatdan ham tana bo’shlig’i (sxizosel) bo’lib,
unda ichki organlar joylashgan. Tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi.
To’garak chuvalchanglar, ya’ni birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglar yassi
chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajada tuzilishga ega. Ularning tanasi
segmentlarga bo’linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o’xshagan, ko’ndalang kesigi
to’garak, doira shaklida. SHuning uchun ham tipning nomini to’garak chuvalchanglar
deb ataladi. To’garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana
shundaki, ular ayrim jinsli va jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning
rivojlanishi bitta xo’jayinda, ikkita ba’zan esa uchta xo’jayinda ketadi. To’garak
chuvalchanglarda otalanish ichki.
To’garak chuvalchanglar yoki nematgel’mintlar tipi vakillari er yuzida
nihoyatda keng tarqalgan bo’lib, ular dengiz va okeanlarda, chuchuk suv xavzalarida,
tuproq biosenozida erkin xolda hayot kechiradi. Ko’pchilik turlari esa odam,
umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o’simliklar tanasida parazitlik qiladi.
To’garak chuvalchanglarning 12,5 mingdan ortiq turi fanga ma’lum, ulardan 2000 ga
yaqin turi MDX mamlakatlarida uchraydi. To’garak chuvalchanglarning tana uzunligi
ham har xil, ya’ni 1 mm ga etmaydigan turlari bilan bir qatorda 2-8 metrgacha
boradigan turlari ham mavjud. Masalan, kashalotlarning yo’ldoshida (plasentasida)
parazitlik qiladigan (Placentonema gigantissima) turining uzunligi 8,4 metrgacha
boradi.
To’garak chuvalchanglar tipi 5 ta sinfga bo’linadi:
1.qorinkipriklilar (Gastrotricha) sinfi. 2.Nematodalar, ya’ni xaqiqiy to’garak
chuvalchanglar
(Nematoda)
sinfi.
3.Kinorinxlar
(Kinorhyncha)
sinfi.
4.Og’izaylangichlilar
(Rotatoria)
sinfi.
5.qilchuvalchanglar
(Nematomorpha,
gaordiacea) sinfi.
To’garak chuvalchanglar tipida eng ko’p parazitlik qilib yashaydigan turlari
asosan nematodalar sinfi vakillari bo’lib hisoblanadi. Quyida odam, maxsuldor
hayvonlar va madaniy o’simliklarda parazitlik qilib, ularga katta ziyon keltiruvchi
nematodalar sinfi vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
57
Nematodalar uchramaydigan joy bo’lmasa kerak. Ayniqsa, erkin hayot
kechiruvchi turlari juda keng tarqalgan. Ular shimoliy okean va dengizlardan tortib,
janubdagi hamma dengiz, daryo va ko’llarda tarqalgan. Keyinchalik tuproq
biosenozining tarkibiy qismiga ham aylangan. SHunday qilib, ko’p nematodalar erkin
hayot kechirish usulida qolgan bo’lsalarda, lekin bir qancha turlari o’simlik va
hayvonlarning qoldiq chirindilari hisobiga yashashga moslashib, saprofit
nematodalarga aylangan va nihoyat ulardan keyinchalik odam, hayvon va o’simliklar
hisobiga yashaydigan xaqiqiy parazit nematodalar vujudga kelgan.
Nematodalar sohasi bo’yicha mutaxassis, Amerikalik olim I.A.Kobning
taxminiy hisobiga ko’ra dunyoda erkin yashovchi va parazit nematodalar turlarining
soni 1 mln.ga yaqin ekan. A.A.Paramonovning fikriga ko’ra, nematodalar sinfining
turlari ko’pligi jixatidan xasharotlar sinfidan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi va
nematodalar sinfiga 500 mingga yaqin tur kirishligini aytadi. Lekin, xozirgi kunda
nematodalarning 10 mingga yaqin turi aniqlangan xolos. SHulardan MDX
mamlakatlarida 1000 ga yaqin turi uchraydi. Erkin yashovchi nematodalarning xajmi
ancha kichik bo’lib, 1 mm dan ham kam bo’ladi, ayrim turlarigina 5 sm gacha borishi
mumkin. Nematodalarning erkin hayot kechiruvchi turlari turli-tuman yashash
sharoitiga ega. Ularni dengiz va okeanlarning tagida, sho’r va chuchuk suv
xavzalarida hamda tuproq va botqoqliklarda uchratish mumkin. Umuman, erkin hayot
kechiruvchi turlari nematodalar sinfining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mayda suv
o’tlari, bakteriyalar hamda chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan ovqatlanadi.
Parazitlik qilib yashaydigan nematodalarga 3000 ga yaqin tur kirib, ular tanasining
uzunligi bir necha mm dan 20-40 sm gacha boradi. Ayrim turlarining uzunligi esa 2
m va xatto 8,4 m gacha ham boradi. Nematodalarning tanasi bo’g’imlarga
bo’linmagan, shakli ipsimon, duksimon, urchiqsimon, limonsimon, ikki uchi
ingichkalashgan ko’rinishda, ba’zan spiralga o’xshab o’ralgan bo’ladi. Ko’pchilik
nematodalarda jinsiy dimorfizm aniq ifodalangan. Odatda erkaklari urg’ochilariga
nisbatan ancha kichik va ingichka bo’ladi. Bundan tashqari ko’pchilik erkaklarining
dum qismi gajakka o’xshab qayrilgan bo’ladi hamda dum tomonida jinsiy
qo’shilishda faol ishtirok etadigan qo’shimcha organlari - bursa, rulek va spikulalari
joylashgan. Umuman, nematoda so’zi yunoncha bo’lib, nemas - ip demakdir.
Nematodalar hayotida kutikula xilma-xil vazifalarni bajaradi, ya’ni kimyoviy
moddalarni tashqaridan ichkariga kirishiga yo’l qo’ymaydi, oziq moddalarni qabul
qilishda ishtirok etadi, hamda tayanch skelet funksiyasini ham bajaradi. Kutikula
ko’p qavatlidir. Qoplovchi to’qima-gipoderma kutikula qavatining asosida joylashgan
bo’lib, gavda bo’ylab tarqalgan va elka - qorin hamda ikki yon tomonida maxsus
valiklarni xosil qiladi. Bu ikki yon tomondagi valiklardan ayirish sistemasi naylari,
ostki va ustki tomondagi valiklardan asosiy nerv tolalari o’tadi. Bundan tashqari
gipoderma qavatida zaxira oziq moddalar saqlanadi. Undan kutikula yetishib turadi.
Bu qavat himoya vazifasini ham bajaradi.
Muskul hujayralari gipodermadan keyin joylashgan bo’lib, gipoderma bilan
o’zaro tutashib turadi. Ularda asosan bir qavatli bo’ylama cho’ziq muskullar bo’ladi.
Muskullar harakat funksiyasini bajaradi. Nematodalarda teri-muskul xaltasidan keyin
birlamchi tana bo’shlig’i keladi va u sxizosel deb ataladi. Unda ichki organlar
58
joylashgan bo’lib, doimo suyuqlik bilan to’la bo’ladi. SHuning uchun ham
nematodalar tanasi doimo tarang xolda turadi.
Tana bo’shlig’idagi suyuqlik orqali ichakda xazm bo’lgan oziq moddalar
boshqa to’qima va hujayralarga o’tadi. SHuningdek, bu suyuqlik ayirish jarayonida
ham ishtirok etadi. Nematodalarda kiprikli hujayralar bo’lmaydi, xatto
spermatazoidlari ham xivchinsizdir. Nematodalarda ham xuddi yassi chuvalchanglar
singari qon aylanish va nafas olish organlari bo’lmaydi. Erkin xolda yashaydigan
nematodalar teri orqali nafas oladi, parazitlari esa anaerob usulida nafas oladi.
Ovqat xazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan va oldingi, o’rta hamda orqa
ichaklardan iborat. Oldingi va orqa ichaklar ektodermadan, o’rta ichak esa
endodermadan kelib chiqqan. Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan
bo’lib, ko’pchilik nematodalarda og’iz bo’shlig’i maxsus lablar bilan o’ralgan
bo’ladi. Lekin, bir gurux nematodalarda (trixostrongilidlarda) lablar reduksiyalangan.
Ularda og’izni kutikulasimon bo’rtma vezikula yopib turadi.
Nematodalarning ovqatlanish usullari ham har xil. Ko’pgina erkin xolda
yashovchi nematodalar asosan bakteriyalar, suv o’tlari, chirindilar va boshqa mayda
organizmlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlari ham bor. Parazit nematodalar esa
odam va hayvonlarning suyuq moddalari hamda qoni bilan ovqatlanadi. Bir qancha
tur nematodalar esa o’simliklar tanasi ichiga kirib, o’simlik hujayralari shirasi bilan
ovqatlanadi.
Nematodalar ayrim jinsli bo’lishi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi.
Ularda jinsiy dimorfizm ancha aniq ifodalangan. Erkaklik jinsiy organlari bitta
urug’don, urug’ yo’li, urug’ pufagi, muskulli urug’ sochuvchi nay, spikula va
yordamchi organlar (rulek, bursa)dan iborat.
Bunda spikulaning asosiy vazifasi - nematodalarning erkagi urg’ochisi bilan
qo’shilganda, spikula qinga kiradi va u orqali spermatozoidlar urg’ochisi tanasiga
o’tadi. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa uchiga yaqin joyda joylashgan.
Urg’ochilik jinsiy organlariga ikkita tuxumdon, tuxum yo’llari, bachadon va
qin kiradi. Umuman, tuxum hujayralarining urug’lanishi va tuxum po’stining
shakllanishi bachadonda amalga oshadi. Bachadonlar qo’shilib, bitta qin-nayni xosil
qiladi va mana shu qin orqali urug’langan tuxum tashqariga chiqadi. Urg’ochilik
jinsiy teshigi tananing oldingi uchi yaqinida qorin tomonda joylashgan.
Nematodalarning jinsiy qo’shilishi o’z xo’jayini organizmida amalga oshadi.
Urg’ochisining jinsiy sistemasiga tushgan spermatozoidlar amyobasimon harakat
qilib bachadonga o’tadi va u erda tuxum hujayra bilan qo’shiladi. So’ngra tuxum
hujayrada asta-sekin po’st qavatlari shakllanadi. Nematodalar asosan otalangan
tuxum qo’yadi, ba’zi turlari tirik tug’adi.
Tashqi muhitga chiqqan nematodalar tuxumida, qulay sharoitda lichinkalar
taraqqiy etadi. Ba’zi nematodalarda (masalan, askaridalar, bolalar gijjasi, ya’ni
ostrisalar, qilboshli nematodalar) lichinkalar yuqumli (invazion) davrigacha tuxumda
rivojlanadi va lichinka umuman tashqariga chiqmaydi. Bunda odam va hayvonlar
suv, oziq-ovqatlar orqali lichinkalik tuxumni o’zlariga yuqtiradi. Boshqa bir gurux
nematodalarda (gemonxi, ostertagiya) tashqariga chiqarilgan tuxumdan birinchi
stadiyali lichinka tuxum qobig’ini yorib chiqadi va yana ikki marta tullab (po’st
tashlab), yuqumli (invazion) stadiyaga aylanadi. Ayrim gurux nematodalar borki
59
(marshallagiy), hayvon organizmidan chiqqan tuxumdan ikkinchi stadiyali lichinka,
uchinchi gurux nematodalarda esa, masalan, nematodiruslarda lichinka faqat uchinchi
stadiyada tashqariga chiqadi. Umuman, lichinkalarning tuxumdan qaysi vaqtida
tashqariga chiqishi tuxumdagi oziq moddalarning ko’p yoki ozligiga bog’liq. Oziq
moddasi qanchalik oz bo’lsa, tuxumdan tashqariga lichinka shunchalik tez chiqadi.
Ko’pchilik nematodalarda I, II, III-lichinkalik davrlari tashqi muhitda erkin
yashash bilan o’tadi. III-stadiyadagi lichinkalar yuqumli (invazion) hisoblanib, faqat
ana shu lichinkalar o’z xo’jayini organizmiga o’tgach, keyingi taraqqiyotini davom
ettira oladi.
Ko’pchilik nematodalarning hayot siklida nasl gallanishi kuzatilmaydi.
Umuman, nematodalar ikki xil usulda rivojlanadi:
1.
Rivojlanish davrida oraliq xo’jayin ishtirok etadi (filiariatlar). Bunday rivojlanish
bilan boradigan nematodalarni bionematodalar deyiladi (masalan, rishta,
gongilonema, telyaziya, protostrongilidlar va bosh.).
2.
Rivojlanish siklida oraliq xo’jayin qatnashmaydi (masalan, askaridalar, bolalar
gijjasi(ostrisalar), qilboshli nematodalar, trixostrongilidlar). Bunday rivojlanish
bilan boradigan nematodalarni geonematodalar deb aytiladi.
Xozirgi vaqtda parazit nematodalar K.M.Rijikov, M.D.Sonin (1981 y)
sistematikasiga ko’ra 2 ta kenja sinfga va 19 ta turkumga bo’lib o’rganiladi.
Nematodalar keltirib chiqaradigan kasalliklar nematodozlar deb aytiladi va ular
chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazishi bilan birga, inson salomatligi uchun
ham eng xavfli hisoblanadi. Parazit nematodalarni har tomonlama chuqur o’rganishda
rus olimlaridan K.I.Skryabin, N.P.SHixobalova, R.S.SHul’s, V.M.Ivashkin,
A.A.Mozgovoy, M.D.Sonin, K.M.Rijikov, A.A.Paramonov, o’zbek olimlaridan
A.T.To’laganov,
M.A.Sultonov,
E.Ergashev,
J.A.Azimov,
Z.N.Norboev,
A.O.Oripov, T.K.qobilov, O.M.Mavlonovlarning xizmatlari nihoyatda kattadir.
Xozirgi vaqtda MDX mamlakatlarida olimlar tomonidan parazit nematodalar
bo’yicha 28 jildlik "Nematologiya asoslari" kapital asarlar to’plami yaratilgan. Bu
kitoblarga dunyo miqyosida nematodalarga oid ma’lumotlar kiritilgan.
Quyida odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qiladigan eng muhim
nematodalar to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |