52
deyiladi va bu kasallikka chalingan hayvonlar xalok bo’ladi yoki majburiy go’shtga
so’yiladi, bu esa chorvachilikka katta ziyon keltiradi. Senuroz kasalligi odamlarda
ham uchrab turadi. Uni davolash faqat jarrox maxoratiga bog’liq. Xozirgacha
senuroz kasalligiga chalingan odamlarning soni 42 taga etgani fanga ma’lum. Bu
kasallik
Fransiya, Angliya, Ispaniya, MDX mamlakatlarida, Meksika va Afrikada
yashovchi axoli o’rtasida ko’proq uchraydi.
Umuman, senur, ya’ni pufakli lichinka-finna juda sekin o’sadi. Masalan,
qo’ylar zararlanganda 2 xafta o’tgach pufakning diametri 3-5
mm atrofida, 6 xafta
o’tgach 2-3 sm va 2-3 oy o’tgandan so’ng esa 3,5 sm atrofida bo’lib, shu paytdan
boshlab ularning ichki pardasida parazitning boshchalari, ya’ni skolekslari etishadi.
Asosiy xo’jayinlari qo’y miya qurti bilan kasallangan qo’ylarning va boshqa
chorva mollarning bosh hamda orqa miyalarida joylashgan pufakli-finnani iste’mol
qilish orqali o’zlariga yuqtiradi. So’ngra ularning ichaklarida 41-73
kundan keyin
jinsiy voyaga etgan tasmasimon qo’y miya qurti xosil bo’ladi.
YUqorida aytganimizdek, qo’ylarning miyasida uchraydigan pufakli finna
senuroz kasalligini vujudga keltiradi. Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) -
surunkali gijja kasalligi bo’lib, asosan yosh qo’ylar va echkilar ko’proq kasallanadi.
Senuroz bilan kasallangan hayvonlarni (odamlarni ham) davolashning birdan-bir
usuli jarroxlik yo’li bilan bosh miyadan parazitning pufakli finnasini olib tashlashdan
iboratdir.
Senuroz kasalligi er yuzida keng tarqalgan. MDXda senuroz asosan, quyi va
o’rta Volga, Ural, Qozog’iston, SHimoliy Kavkaz, Sibir, O’rta Osiyo davlatlarida,
Ukrainada va Kavkazorti davlatlarida ko’proq uchraydi.
Maxsuldor hayvonlarga va odamlarga juda katta zarar keltiradigan tasmasimon
chuvalchanglardan yana biri exinokokk (Echinococcus granulosus) hisoblanadi.
Voyaga etgan exinokokkning shakli tasmasimon bo’lib, uzunligi 2-6 mm atrofida,
tanasi skoleks va 3-4 bo’g’imdan iborat. Skoleksida 4 ta so’rg’ichi va xartumi bor.
Xartumi ikki qator joylashgan, 28-40 tacha xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan.
Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo’g’imlari germafrodit bo’lib, unda 50 ga
yaqin urug’don, urug’ tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va
qin joylashgan. Oxirgi etilgan bo’g’imi 400-800 ta tuxum bilan to’lgan bo’ladi.
Voyaga etgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go’shtxo’r hayvonlarning
ichagida 6 oy, ba’zan bir yilgacha yashashi mumkin.
Exinokokkning etilgan oxirgi bo’g’imlari asosiy xo’jayini axlati bilan
tashqariga chiqariladi va bu bo’g’imlar faol harakat qilib, 5-25 smgacha bo’lgan
masofani bosib o’tib, em-xashak, hamda boshqa narsalarga o’z tuxumlarini sochadi.
Oraliq xo’jayinlar, ya’ni qo’y, echki, qoramol, tuya, cho’chqa va boshqa o’txo’r
hayvonlar exinokokk tuxumlarini
em-xashak bilan yutib, bu parazitni o’zlariga
yuqtiradi. Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka-
onkosfera tezda ichakni teshib, qonga o’tadi va hayvonlarning o’pkasi, jigari, buyragi
va boshqa organlariga borib joylashadi.
Bu organlarda exinokokk pufagi xosil bo’ladi. Ular juda sekin va uzoq o’sib,
tobora kattalashib boradi. Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o’sishi
mumkin. Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga
qayrilgan ilmoqchali shakllar xosil bo’ladi.
53
Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarning xajmi kattalashib, shakllari
o’zgarib ketadi. Exinokokk pufaklari no’xotdek, olmadek, yosh bola boshiga teng
keladiganlari va undan ham katta bo’ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan
zararlangan sigir o’pkasining og’irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna
topilganligi va bunday finnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga ma’lum.
Bunday miqdordagi suyuqlik xo’jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi.
Demak, exinokokk pufagining birinchidan xajmining katta bo’lishi, ikkinchidan
birinchi pufak ichida ko’p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining
bo’lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo’lajak tasmasimon
exinokokkning boshi-skolekslari bo’lishi bilan boshqa tasmasimonlarning finnasidan
farq qiladi. Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda, lichinkalarning soni 10
tadan 1000 tagacha bo’ladi. Asosiy xo’jayinlari exinokokk
pufagi bilan zararlangan
organlarni iste’mol qilish natijasida, ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi
skolekslardan jinsiy voyaga etgan tasmasimon exinokokk xosil bo’ladi.
Exinokokk asosiy xo’jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan keyin jinsiy
voyaga etadi va tuxumlarini chiqaradi. Umuman, exinokokk keltirib chiqaradigan
kasallik exinokokkoz deb ataladi. Bu kasallik er yuzining turli mintaqalarida keng
tarqalgan.
MDX
mamlakatlarida
ham
hamma
respublikalar
chorvachilik
xo’jaliklarida keng tarqalgan va chorvachilikka hamda inson sog’ligiga katta zarar
etkazadi.
Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo’ydan
o’rtacha 2,5 kg go’sht, 300 gr yog’, 100 gr jigar va 400 gr o’pka hamda jun
maxsulotlari kam olinadi.
Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko’plab uchraydi.
Masalan, Uragvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokk bilan kasallangan.
MDXda exinokokkoz Ukrainada, Gruziya, Ozarbayjon hamda o’rta Osiyo
mamlakatlarida odamlarda uchrab turadi. Exinokokkning
pufakli shakli faqat
jarroxlik yo’li bilan olib tashlab davolanadi. SHuning uchun ham bu kasallikka qarshi
kurashishning yagona choralaridan biri profilaktika tadbirlaridir, ya’ni kasallikning
kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz itlarning sonini
kamaytirish kerak. Chorvachilik xo’jaligidagi hamda ov itlarini muntazam ravishda
degelmintizasiya qilib, ya’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak.
So’yilgan mollarni exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga
bermasdan, yo’qotish hamda zararsizlantirish lozim.
Odamlarga exinokokk aksariyat itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda,
boshqa go’shtxo’r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda parazitni tuxumini o’ziga
yuqtirib oladi. Chunki itlarni va boshqa go’shtxo’r hayvonlarning junida ko’plab
exinokokk tuxumlari bo’ladi. SHuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiena
qoidalariga qattiq rioya qilishlari hamda itga extiyot bo’lib muomala qilishlari kerak.
Exinokokkoz kasalligini aniqlash asosan immunologik usullar orqali olib boriladi.
Rentgen usulida ham aniqlanadi.
YUqorida
aytib
o’tilgan
tasmasimon
chuvalchanglardan
tashqari
anoplosefalida (Anoplocephalidae) oilasiga kiradigan chuvalchanglardan ham chorva
mollari katta zarar ko’radi. Bu oilaga kiruvchi turlar ham
voyaga etgan davrida har
54
xil qishloq xo’jalik hayvonlarida, ya’ni qo’ylar, echkilar, qoramollar, otlar, tuyalar
ichagida parazitlik qiladi.
Masalan, qo’y, echki va qoramollar ichagida
Dostları ilə paylaş: