Keng yoki serbar tasmasimon chuvalchang - (Diphyllobotrium latum)
tasmasimon chuvalchanglarning eng uzun va yirik vakili bo’lib, odam hamda turli
sutemizuvchi yirtqich hayvonlarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo’rilarning) ichagida
parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-15 m, ba’zan esa 20 metrgacha boradi, eni
esa 3-4,5 smgacha etadi.
Bo’g’imlar, ya’ni proglottidalar soni har bir voyaga etgan keng tasmasimon
chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo’g’imlarning eni bo’yiga nisbatan uzun
bo’ladi.
Skoleksi, ya’ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi.
Ularning boshchasida so’rg’ich o’rnida 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud,
shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi.
Xitinli ilmoqchalari yo’q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar
sistemasi
qoramol
tasmasimoninikiga
o’xshash, lekin keng tasmasimon
chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi,
qolganlari esa qin va urug’ yo’llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar
boshqalarnikiga o’xshab proglottidalarning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi
yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo’g’imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar
bo’lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang
deyiladi. Etilgan bo’g’imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi.
49
Urug’donlar har bir bo’g’imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona
bo’lib, ikki bo’lakdan iboratdir. Etilgan bo’g’imlardagi bachadonlar ham o’zining
shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi.
Bachadon shoxlari uzun, har bir bo’g’imning markazida, ya’ni o’rtasida
joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o’xshaydi.
Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo’jayin ishtirok etadi.
Asosiy xo’jayini odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar.
Birinchi oraliq xo’jayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar (siklop
va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq xo’jayini (boshqachasiga qo’shimcha xo’jayin
ham deb ataladi) baliqlar (cho’rtan, okun, lasos) hisoblanadi.
Bunda asosiy xo’jayinda etilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari
axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi.
Oradan 3-5 xafta o’tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan korasidiy
chiqadi.
Korasidiy sharsimon bo’lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi.
Korasidiylarning kiprikli epiteliyasi ostida olti ilmoqli onkosfera bo’ladi.
Korasidiylarni suvdagi qisqichbaqasimonlardan - sikloplar ozuqa sifatida yutib
yuboradi.
Sikloplar ichida korasidiylar kipriklarini yo’qotadi va onkosferalar ichak
devorini teshib tana bo’shlig’iga o’tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik
stadiyasi - proserkoidga aylanadi.
Proserkoidning bosh qismida olti ilmoqli yumaloq, kichkina o’simta bo’ladi.
Proserkoid taraqqiyoti uch xaftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinkalar
bilan zararlangan sikloplarni cho’rtan, nalim va ba’zi lasossimon baliqlar yutib
yuboradi. Proserkoidlar baliq oshqozonidan muskullari, jigari va boshqa organlariga
o’tadi va keyingi lichinkalik davri pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning uzunligi
10-15 mm bo’lib, bosh qismida so’rg’ichlar-botriylari aniq shakllangandir. Bu
lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi.
Odamlar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go’shtini yoki ikrasini
iste’mol qilganda serbar tasmasimon chuvalchangni o’zlariga yuqtiradilar. Odam
organizmida 21-36 kundan keyin pleroserkoiddan 8-15 ba’zan 20 metr uzunlikdagi
jinsiy voyaga etgan keng tasmasimon chuvalchang etishadi. SHuni ham aytib o’tish
kerak-ki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo’jayin va ikkita oraliq xo’jayindan
tashqari ayrim xollarda yana rezervuar xo’jayin ham ishtirok etishi mumkin. Bunday
rezervuar xo’jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo’lib, ular pleroserkoid bilan
zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi pleroserkoid
yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o’rnashadi va o’zining tiriklik
xolatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho’rtan baliqda 250 tagacha pleroserkoid
uchraganligi aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki hayvon ichagidagi
parazit tashqi muhitga 2,1 mln. ta tuxum chiqaradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz
deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko’proq yashashi
mumkin. Ular yirik bo’lganligi uchun juda ko’p ovqatni iste’mol qiladi. Bir odam
ichagida 143 tagacha parazit uchraganligi ma’lum.
50
Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh og’rishi va aylanishi, ish
qobiliyatining pasayishi, ko’ngli bexuzur bo’lishi, ich yurishining o’zgarishi kabi
xolatlar kuzatiladi.
Odamda gemoglabin va eritrositlar miqdori kamayib ketadi, bu esa kamqonlik
kasalligini tug’diradi. Parazit o’zidan turli zaharli moddalar ajratib chiqarib
organizmni zaharlaydi.
Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko’llar bo’yidagi axolisi ko’pincha
baliq bilan oziqlanadigan xududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliya, Sankt-
Peterburg viloyati, Boltiq bo’yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Enisey, Amur, Pechora,
Neva, Volga xavzalarida, Baykal ko’li atrofida yashaydigan axoli va yirtqich
hayvonlar ko’p zararlangan).
Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko’riladi. Jumladan,
kasallangan odamlarni davolash, suv xavzalarining ifloslanishini oldini olish,
zararlangan baliqlarni, ya’ni yaxshi tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni,
ularning ikralarini iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kabi
tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug’i bilan
davolanadi.
Kalta, ya’ni pakana zanjirsimon chuvalchang (Hymenolepis nana) odamning,
ayniqsa, bolalarning ingichka ichagida parazitlik qiladi va gimenolepidoz kasalligini
vujudga keltiradi. Bu parazitning odamlarda parazitlik qiladigan boshqa tasmasimon
chuvalchanglardan farqi shundaki, xaqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi 1-4,5 sm
atrofida bo’ladi. SHarsimon xartumchali boshida ilmoqchalari (bir qator joylashgan
24-30 ta ilmoqchalari) va 4 ta so’rg’ichi bo’ladi. Boshidan so’ng ingichka bo’yni,
undan keyin esa 150-200 tagacha mayda bo’g’imlari, ya’ni proglottidalari bo’ladi.
Etilgan bo’g’imlarida 180 tagacha tuxumlar bo’ladi. Umuman, kalta
zanjirsimon chuvalchangning germafrodit bo’g’imlarida, uch dona sharsimon
ko’rinishidagi urug’don va bir juft tuxumdon hamda shoxlanmagan bachadon
joylashgan. Bu chuvalchanglarda jinsiy teshiklar proglottida yonidan (faqat bir
tomondan) tashqariga ochiladi. Kalta zanjirsimon chuvalchangning hamma
rivojlanish davrlari bitta xo’jayinda, ya’ni odamda o’tadi. Demak, odam kalta
zanjirsimon chuvalchang uchun ham asosiy va ham oraliq xo’jayin hisoblanadi.
Bunda avvalo chuvalchangning tuxumlari suv, sabzavot-mevalar va yuvilmagan
qo’llar orqali odamga o’tadi. Ovqat xazm qilish sistemasida tuxumdan olti ilmoqli
onkosfera chiqadi va ingichka ichak vorsinkalariga kirib, sistiserkoidga, ya’ni finnaga
aylanadi. Bu lichinkalik davrida dumsimon kalta o’simta bo’ladi va bu bilan ular
qoramol hamda cho’chqa tasmasimonlarining sistiserkidan farq qiladi. Oradan 14-15
kun o’tgach sistiserkoid ichak devoridan ichak bo’shlig’iga chiqadi va bu erda jinsiy
voyaga etgan kalta zanjirsimon chuvalchangga aylanadi. Kalta zanjirsimon
chuvalchangning tuxumi odam ichagiga tushgandan boshlab 19 kun o’tgach jinsiy
voyaga etadi va ular tuxum qo’ya boshlaydi. Bu tuxumlar tashqi muhitga chiqgach
boshqa odamlar ham zararlanishi mumkin. Ammo proglottidalarda etilgan tuxumlar
tashqi muhitga chiqmay ichakning o’zida ham rivojlanishi mumkin, bunga
avtoinvaziya (o’z-o’ziga yuqtirish) deyiladi.
Kalta zanjirsimon chuvalchang ayniqsa yosh bolalarga ko’p azob beradi va ular
hamma erda uchraydi. Bitta odamning ichagida 1000-1500 tagacha kalta zanjirsimon
51
chuvalchang bo’lishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalar shaxsiy gigiena qoidalariga
to’g’ri rioya qilmasliklari tufayli bu kasallikka juda tez chalinadilar.
Gimenolepidozga yo’liqqan odamlarning me’da-ichak yo’llari yallig’lanib
og’riydi, ishtaxasi buziladi, ich ketish xollari yuz beradi va darmonsizlanib, mexnat
qobiliyati pasayadi. Parazitning o’zidan chiqargan zaharli moddalari bolaning asab
sistemasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday odamlarni gijja xaydaydigan dori-
darmonlar (fenasal) berib davolanadi. Kasallik 3-12 yoshdagi bolalarda, ayniqsa
sanitariya-gigiena qoidalari buzilgan bolalar muassasalarida ko’proq uchraydi va tez
tarqaladi.
Dostları ilə paylaş: |