P a r a z I t o L o g I ya


Cho’chqa tasmasimoni (Taenia solium)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Cho’chqa tasmasimoni (Taenia solium)
ham qoramol tasmasimoni kabi 
odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 
Bu tasmasimon chuvalchang tanasining uzunligi 1,5-3 metr, ba’zan esa 5 
metrgacha borib, boshcha, ya’ni skoleks, bo’yin va 900 tagacha bo’g’imlari bor. 
Boshchasida 4 ta so’rg’ichi va xartumida ikki qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli 
ilmoqchalari (22-32 tadan) joylashgan. Mana shu ilmoqchalarining borligi tufayli 
cho’chqa tasmasimonini - qurollangan tasmasimon deb ham ataladi. Cho’chqa 
tasmasimoni proglottidalarining har birida yuzlab urug’donlar va uch bo’lakli bitta 
tuxumdon bo’ladi. 
Bu chuvalchangning bachadoni, qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qilib, 
7-12 tagacha yon shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan to’lib turadi. 
Eng oxirgi etilgan proglottidalarning uzunligi 10-12 mm va eni 5 mm atrofida 
bo’ladi. Bundan tashqari cho’chqa tasmasimoni etilgan bo’g’imlari strobiladan 
birdaniga 5-7 talab uzilib, xo’jayini axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo’g’imlar 
harakatsiz bo’ladi.
Cho’chqa tasmasimonining lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni 
lichinkasi kabi sistiserk deyiladi. Sistiserk har xil to’qima va organlarda maxsus 
po’stlarga o’ralib parazitlik qiladi. Bu lichinka (sistiserk) no’xat kattaligidagi 
pufakcha bo’lib, ichi tiniq suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi, uning uchida 4 ta so’rg’ichi 
va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan skoleksi joylashgan. Cho’chqa 
tasmasimonining asosiy xo’jayini odam hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida 
voyaga etgan tasmasimon chuvalchang parazitlik qiladi. Cho’chqa, it, mushuk, tuya 
va quyonlar bu chuvalchangning oraliq xo’jayinlari hisoblanadi. 
Bunda cho’chqa va yuqorida aytilgan hayvonlar suv va har xil oziq-ovqatlar 
orqali chuvalchangning tuxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo’jayin organizmida 
tuxumdan chiqqan olti ilmoqli lichinka (onkosfera) qon va limfa tomirlariga o’tib 
muskul to’qimasi, miya, ko’z va boshqa organlarga borib, o’rnashib, maxsus po’stga 
o’raladi va 2-4 oydan keyin ikkinchi lichinkalik davri - sistiserkka aylanadi. Sistiserk 
cho’chqa tanasida 3 yildan 6 yilgacha yashashi mumkin. 
Sistiserkni finna deb ham ataladi. Odamlar cho’chqa tasmasimonini sistiserkli, 
ya’ni finnali cho’chqa go’shtini yaxshi pishmagan xolda iste’mol qilishlari orqali 
o’zlariga yuqtiradilar. 
SHuni ham aytish kerak-ki, ba’zan odamlar cho’chqa tasmasimonining asosiy 
xo’jayini bo’libgina qolmay, balki oraliq xo’jayini ham bo’lishlari mumkin. Bunda 
parazitning tuxumi odamga oziq-ovqat, suv orqali yuqishi, ayrim xollarda esa ushbu 
gijja 
bilan 
kasallangan 
odamlar 
o’qchiganida ichagidagi voyaga etgan 
chuvalchanglarning tuxumga to’la proglottidalari, ya’ni bo’g’imlari oshqozonga 


48 
ko’tarilib, oshqozon ichiga minglab tuxumlar ajaralib chiqishi mumkin. Bunday 
xollarda tuxumdan ajralgan lichinkalar-onkosferalar odamlar ichagini teshib qonga 
o’tgach, turli organlar - yurak, muskullar, o’pka, ko’z va xatto, miyaga ham borib 
o’rnashishi mumkin. Bu erda ular sistiserkka, ya’ni finnaga aylanadi. Finnalarning 
ayniqsa ko’zga o’rnashib olishi xavflidir. Bunda odamlar ko’r bo’lib qolishlari ham 
mumkin. Miyaga o’rnashib olsa, odamlar o’ladi. Ana shunday o’z-o’zidan zararlanish 
xolatini autoinvaziya deyiladi. SHu xususiyatlarini hisobga olganda, cho’chqa 
tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. SHuning 
uchun ham har bir odam agarda ichagida cho’chqa tasmasimoni borligini sezsa juda 
extiyot bo’lishi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt qildiradigan dori 
ichmasligi kerak. 
Cho’chqa tasmasimonining voyaga etgan shakli keltirib chiqaradigan 
kasallikka tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallikka esa sistiserkoz 
deyiladi. YUqorida aytilganidek, odamlar ham tenioz va ham sistiserkoz 
kasalliklariga yo’liqishlari mumkin. Cho’chqalar esa faqat sistiserkoz bilan 
kasallanadi. Cho’chqa sistiserkozi MDXda ayniqsa Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon 
va Rossiyaning markaziy noqoratuproq viloyatlarida, O’zbekistonda esa Xorazm 
viloyatida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini asosiy manbai tenioz bilan 
kasallangan odamlar hisoblanadi. 
Cho’chqa tasmasimoniga qarshi kurashish uchun avvalo profilaktika chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya’ni cho’chqa go’shtini yaxshilab ko’zdan 
kechirib, sistiserk (finna) bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash lozim. 
Xom va chala dudlangan cho’chqa go’shtini emaslik hamda cho’chqalarga 
gijjalarning yuqmasligi uchun ularni sanitariya-gigiena qoidalariga muvofiq asrash 
kerak. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlarni ham fenasal 
dorisi va oshqovoq urug’i bilan davolash lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin