P a r a z I t o L o g I ya


MONOGENIYaLAR (MONOGENOIDEA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

MONOGENIYaLAR (MONOGENOIDEA
) vakillari fanga qadimdan 
ma’lum. 1858 yili Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan xolda uning 
tarkibida monogenetik va digenetik so’rg’ichlilar guruxlarini joriy qildi. Keyinchalik 
1863 yili I.Karus ana shu guruxlarni kenja sinf darajasiga ko’tardi. Akademik 
B.E.Bixovskiy monogenetik so’rg’ichlilarni chuqur o’rganib, bu guruxga kiruvchi 
hayvonlar mustaqil sinf ekanligini ilmiy jixatdan asoslab berdi. Umuman, 
monogeniyalar ustida ishlagan olimlar qatoriga yana T.Odner (1900), K.I.Skryabin 
(1913), O.Furman (1930), V.A.Dogel va boshqalar kiradi. 1937 yildan buyon 
monogeniyalar aloxida sinf sifatida o’rganib kelinmoqda.
Monogeniyalar sinfiga 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlar, 
amfibiyalar, reptiliyalar va suvda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda parazitlik 
qiladi. Monogeniyalar asosan ektoparazitlardir. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta 
endoparazitlikka o’tgan. Monogeniyalarning tanasi bo’yiga cho’zilgan, yassi 
yaproqsimon ko’rinishda bo’lib, kattaligi 0,3 mm dan 2-3 sm gacha boradi.
Parazitning katta yoki kichik bo’lishi parazit xo’jayinining gavdasiga bog’liq. 
Xo’jayinning gavadasi qanchalik katta bo’lsa, parazit ham shuncha yirik bo’ladi. 
Monogeniyalarning rivojlanishida ularda xo’jayin almashmaydi. Barcha 
hayotiy jarayoni bitta hayvonda o’tadi. Bu sinfga kiruvchi hayvonlarning asosiy 
xarakterlik xususiyatlariga yana quyidagilarni aytib o’tish mumkin. 
1. Og’iz so’rg’ichi ko’pincha bo’lmaydi. 2. Tanasining orqa uchida muskulli 
so’rg’ichlardan tashqari ilmoq va ilgakchalardan iborat yopishuv organlari yaxshi 


39 
rivojlangan. 3. Ko’pchiligining ko’zi bo’ladi. 4. Ular ba’zan bitta, ba’zan bir nechta 
tuxum qo’yishi mumkin.
Monogeniyalarning gavdasi ikki qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula 
ostida xalqali va bo’ylama muskul qavatlari yotadi. Teri-muskul xaltasidan keyin 
gavda bo’shlig’i parenxima hujayralari bilan to’lgan. Monogenetik so’rg’ichlarda 
yopishuv organlari juda ham yaxshi rivojlangan bo’lib, ular tananing bosh va orqa 
uchlarida joylashgan.
Ularning bosh qismidagi yopishuv organlari parazit oziqlanayotgan paytda 
xo’jayini tanasiga yopishib turish vazifasini bajaradi. Gavdaning orqa uchida esa 
ancha takomillashgan va murakkab tuzilgan yopishuv organi - disk joylashgan. 
Diskning ichida xitinli, har xil katta-kichiklikdagi 10 tadan 16 tagacha ilmoqchalar 
bor. Ba’zi vakillarida disk va ilmoqchalardan tashqari tananing orqa uchida bir nechta 
so’rg’ichlari ham bo’ladi. Monogenetik so’rg’ichlilarda ovqat xazm qilish organlari 
yaxshi rivojlangan. 
Og’iz teshigi gavdasining oldingi qismida joylashgan. Monogeniyalarning 
katta yoki kichikligiga qarab ichaklari shoxlangan yoki shaoxlanmagan bo’ladi. Yirik 
turlarida ichaklari shoxlangan bo’lib, gavdasining eng chetki qismigacha boradi. Bu 
guruxga kiruvchi monogeniyalar xo’jayinining shilimshiq moddalari, epiteliya 
hujayralari va qoni bilan oziqlanadi. 
Ayirish organlari boshqa yassi chuvalchanglardagi singari protonefridiya tipida 
tuzilgan. Nerv sistemasi tomoq oldida joylashgan bir juft nerv gangliyasi va ulardan 
gavda bo’ylab ketadigan uch juft nerv tomirlaridan iborat. Bu nerv tomirlarini 
ko’ndalang joylashgan nerv tomirlari tutashtirib turadi. Sezgi organlari yaxshi 
rivojlanmagan, faqat ayrim turlari tanasining oldingi qismida ko’zlari bo’ladi.
Jinsiy organlarining tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglarnikiga o’xshash 
bo’ladi. Urug’donlari bitta yoki ko’p bo’ladi, tuxumdonlari esa bitta bo’ladi. 
Ular oraliq xo’jayinsiz rivojlanadi, ya’ni hayotiy jarayonida xo’jayin 
almashinish va nasl gallanish sodir bo’lmaydi. 
Odatda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochilgan old tomoni bilan bir-
biriga yopishadi va spermalarini almashishadi. Monogeniyalarning tuxumlari 
sharsimon, ovalsimon va ipsimon bo’ladi. Urug’langan tuxum hujayralari suvga 
chiqariladi. Tirik tug’uvchi turlari ham mavjud. Otalangan tuxumninig suvda 
rivojlanishi natijasida ustki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan cho’ziq gavdali 
lichinka chiqadi. Lichinka kiprikchalari yordamida suvda harakat qiladi. Lichinka 
tanasining orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko’zlar, bezlar va 
og’iz joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning 
keyingi taraqqiyoti xo’jayini organizmida ketadi, ya’ni ular ma’lum vaqt suvda erkin 
suzib yurib hayot kechirgach, o’z xo’jayini tanasiga yopishadi va kiprikchalarini 
yo’qotib, jinsiy voyaga etadi. SHuni ham aytib o’tish kerak-ki, lichinkalarning 
voyaga etish muddati hamma tur monogeniyalarda ham bir xil bo’lmaydi. Masalan: 
daktilogirus avlodining lichinkalari 7-9 kunda voyaga etib, tuxum qo’ya boshlaydi. 
Baqaning siydik pufagida parazitlik qiluvchi baqa ko’p so’rg’ichlisining lichinkalari 
o’z xo’jayinlariga o’xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga etadi. 
Monogeniyalarning ayrim turlari baliqlarda ko’plab parazitlik qilib, 
baliqchilikka katta zarar keltiradi. 


40 
MDX mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik 
xo’jaliklarida ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus 
avlodining turlari (Dactylogyrus vastator) ko’p tarqalgan bo’lib, daktilogiroz 
kasalligini keltirib chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib 
ketadi. Daktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya 
to’qimasini emiradi. Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. o’sish va 
semirishdan to’xtaydi. Bir necha kun ichida ko’plab baliqlar nobud bo’ladi. 
Daktilogirusning uzunligi 1-3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o’sha 
joyga tuxum qo’yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga 
etadi. SHuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi - girodaktilusning vakillari 
(Gyrodactylus elegans) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz 
kasalligini keltirib chiqaradi. Girodaktilus biologik jaxatdan juda g’alati. Ular ham 
germafrodit bo’lib, bitta urug’doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug’adi. SHuning 
uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo’ladi, 
ya’ni voyaga etgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo’lib, bundan 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin