37
teshib, uning bo’shlig’iga, undan xo’jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi.
Suvga tushgan tuxumlardan mirasidiy chiqib, oraliq xo’jayini - qorinoyoqli
mollyuskalar tanasiga kirib oladi. SHundan so’ng mollyuskalar jigarida dastlab ona
sporosistalar, keyin qiz sporosistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon
harakatchan serkariylar xosil bo’ladi.
Mollyuska organizmida bitta mirasidiydan 200
mingtagacha serkariylar
etishadi. Serkariy asosiy xo’jayinga, ya’ni odamga cho’milish paytida yoki
serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar
stileti yordamida xo’jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o’tadi va butun
organizm bo’ylab migrasiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga etib
tuxum qo’ya boshlaydi. SHistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz
deyiladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda er yuzida
700 mln dan ortiq odam shistosomoz kasalligidan azob chekadi.
Odamlarda,
asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium,
Schistosoma japonicum turlari ko’proq parazitlik qiladi. Braziliyada shistosoma
mansoni turi bilan 4 milliondan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida
SHistosoma gematoibium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50-70%
axoli ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda axolining 60-
95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. SHistosomalar bemorlar tanasida 5-10
yilgacha parazitlik qiladi.
SHistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini
jaroxatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi.
Zararlangan organlarning
yallig’lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to’planishi tufayli
qovuqda tosh xosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan
odmalarga ambil’gar, antiomalin, mirasil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar
qo’llaniladi.
Chorva
mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon
tomirlarida
parazitlik
qiladigan
qon
ikki
so’rg’ichlilardan
yana
biri
Orientobilgarsiyadir (Orientobilharzia turkestanica). Bu parazitni birinchi marta 1913
yili akademik K.I.Skryabin topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi
orientobilgarsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Xindiston, Pokiston,
Turkiya va Mongoliya davlatlarida keng tarqalgan. MDXda esa Markaziy Osiyo
mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq SHarqda uchraydi.
O’zbekistonda bu parazit asosan Xorazm viloyati va qoraqalpog’iston
respublikasida keng tarqalgan.
Boshqa qon ikki so’rg’ichlilariga o’xshab uning
ham rivojlanishi ikkita
xo’jayinda ketadi. Uning oraliq xo’jayini chuchuk suv shilliqqurtlari (Lymnaea
auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo’jayini chorva mollari hisoblanadi.
Orientobilgarsiya tuxumlari qon tomirlari devorini teshib ichakka va undan
hayvonlar tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tuxumlarda tayyor lichinkalar -
mirasidiylar bo’ladi. Suvda tuxumdan chiqqan mirasidiylar o’z oraliq xo’jayinlari -
shilliqqurtlarni faol ravishda axtarib topib, uning organizmiga kirib oladi va ona
sporosistaga aylanadi. Ona sporosista o’z navbatida partenogenetik yo’l bilan
ko’payib 100-200 ta qiz sporosistalar va har bir qiz sporosistada kelgusida 100 tadan
serkariylar xosil bo’ladi, ya’ni bitta mirasidiydan kelgusida 20 mingdan ortiq
38
serkariylar shakllanadi. Mollyuskalar tanasida serkariylar 18-21 kunda paydo bo’ladi
va mollyuskalardan suvga chiqadi. Bunda serkariylar asosiy xo’jayinlari
tanasiga
terini teshib kiradi. yosh parazitlar jigar, oshqozon, charvi, oshqozon osti bezining
qon tomirlariga o’tib 2 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va yana tuxum qo’ya
boshlaydi. Ular asosiy xo’jayini organizmida 7 yilgacha yashashi mumkin.
Bu kasallikka qarshi ambil’gar, mirasil-D, dronsit kabi dorilar qo’llaniladi.
Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo’jayinlari orasidagi
biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko’proq og’ilxonalarda
boqish zarur, buzoqlarni aloxida saqlash, xo’jaliklarda mollarni sug’orishni to’g’ri
yo’lga qo’yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.
Trematodalar sinfidan yana prostogonimuslar, exinastomatidalar
oilalari vakillari
parrandalar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
So’rg’ichlilar sinfi o’z navbatida digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar
kenja sinflariga bo’linadi.
Digenetik so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta
so’rg’ichi bo’ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo’lib, nasl gallanishi orqali boradi.
So’rg’ichlilar sinfining ko’pchilik turlari digenetik so’rg’ichliliar kenja sinfiga kiradi.
Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning
yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so’rg’ich
chuqurchalariga bo’lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin
rivojlanish siklida nasl gallanishi bo’lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola -
ikki pallali mollyuskalardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi.
Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: