partenogenetik yo’l bilan bitta embrion xosil bo’ladi. Bu embrion voyaga etguncha
uning ichida ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchinchisi,
uchinchisining ichida esa to’rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit
bachadonida o’tadi. SHunday qilib, girodaktilus tirik bola tug’adi va bunda bitta
parazit to’rtta yosh chuvalchangni tug’adi.
Gidrodaktiluslar karp, zog’ora baliq, toban baliq (karas) va boshqa baliqlarning
terisi, jabralari va suzgich qanotlariga yopishib parazitlik qiladi. Ular asosan Ukraina,
Belorussiya, O’zbekiston, Krasnodar o’lkasida keng tarqalgan bo’lib, yosh baliqlarni
ko’plab nobud qiladi. Kasallangan baliqlar terisining rangi o’zgarib dog’lar paydo
bo’ladi.
Girodaktiluslardan - nitsha (Nitzchia sturiorus) Volga daryosida osyotirsimon
baliqlarga katta zarar keltiradi. Bu parazit sevryuga balig’ini iqlimlashtirish
jarayonida Orol dengiziga kelib qolgan va maxalliy osyotirsimon baliqlarda (baqra
balig’ida) parazitlik qilishga o’tgan. Agar davolash choralari ko’rilmasa, kasallangan
yosh baliqlarning 90-95% qirilib ketadi. SHuning uchun ham baliqlar baxor va kuz
oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlangan suvda cho’miltiriladi. Oqmaydigan
xovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, xovuz quritiladi va qaytadan
suv bilan to’ldirilib, keyin baliqlar boqiladi.
Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi.
SHulardan biri, baqa ko’p so’rg’ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu
parazit voyaga etganida baqaning qovug’ida so’rg’ichlari va ilmoqchalari yordamida
yopishib olib yashaydi. Baxorda baqalar tuxum qo’yayotgan paytda baqa ko’p
so’rg’ichlisi ham baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga chiqib
suvga o’zining urug’langan tuxumlarini tashlaydi. Parazit tuxumidan suvga kipriklar
bilan qoplangan, ko’zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diskasi
bo’lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kun suvda suzib yurganidan so’ng,
baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi
va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so’rg’ichli va 2 ta yirik ilmoqcha xosil qilib,
jinsiy voyaga etadi va tuxum qo’ya boshlaydi. Agar lichinka itbaliqda voyaga etmasa,
o’sha itbaliq baqaga aylanishi bilan uning siydik pufagiga ko’chadi va shu erda jinsiy
41
voyaga etib ko’payadi, ya’ni itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib
ketadi va o’pkaga aylanadi. Bu paytda lichinka ichakka va bu joydan kloaka orqali
siydik pufagiga ko’chib o’tadi. Parazit lichinkasi bu vaqtda ko’p so’rg’ichliga
aylanadi. U o’sadi va uchinchi yili jinsiy voyaga etadi. Demak, baqa ko’p
so’rg’ichlisining hayot sikli xo’jayinining hayot sikli bilan bog’liq, ya’ni baqa ko’p
so’rg’ichlisi xuddi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy voyaga etadi.
SHunday qilib, baqa ko’p so’rg’ichlisi rivojlanishi davomida jabralar
ektoparaziti xolatidan qovuq endoparaziti xolatiga o’tadi. Monogeniyalar ichida
ko’pchiligi o’z-o’zini urug’lantiradi. Lekin ayrim turlari borki, ularda o’z-o’zini
urg’lantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar rivojlangan. Masalan. monogeniyalardan
spaynik turi yosh davrida yakka yashaydi. Keyinchalik parazitlar qorin so’rg’ichlari
orqali bir-biriga yopishib olib birining urug’ yo’li, ikkinchisining tuxum yo’liga
ochiladi. Natijada ular bir-birini urug’lantiradi.
|