P a r a z I t o L o g I ya


Diktiokaulyuslar (Dictyocaulus



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Diktiokaulyuslar (Dictyocaulus
) qo’y, echki, qoramol, tuya va yovvoyi kavsh 
qaytaruvchi hayvonlarning o’pkasi, bronxlari va traxeyasida parazitlik qiladi. Har bir 
hayvonning o’ziga muvofiqlashgan diktiokaulyus turi bor. Masalan, qo’y va 
echkilarda Dictyocaulus filaria, qoramollarda - Dictyocaulus viviparus, ot va 
eshaklarda Dictyocaulus arnfieldi, bug’ularda Dictyocaulus eckerti, tuyalarda 
Dictyocaulus cameli kabi turlari parazitlik qiladi. SHularning orasida o’zbekistonda 
qo’y va echkilarda parazitlik qiladigan Dictyocaulus filaria turi chorvachilikka katta 
zarar etkazadi. Bu parazit ipsimon ko’rinishdagi ingichka nematodadir. 
Urg’ochisining uzunligi 5-15 sm, erkaginiki esa 3-8 sm keladi. Erkagining dum 
qismida qovurg’ali bursasi va sarg’ish rangli ikkita spikulasi bor. Urg’ochisining 
vul’va teshigi gavdasining o’rtasida yoki boshiga yaqin qismida joylashgan bo’lib, 
tashqariga ochiladi. Diktiokaulyus geogel’mint. Bu parazit bilan ko’proq qo’y va 
echkilar zararlanadi. Parazit qo’y va echkilarning bronxlarida yashab, urg’ochilari 
erkaklari bilan juftlashib, traxeya va bronxlar bo’shlig’iga tuxum qo’yadi. Bu 
tuxumlar ichida lichinka bo’ladi. Hayvon yo’talgan vaqtida parazit tuxumlari 
bronxial shilliq bilan og’iz bo’shlig’iga keladi va hayvon bu tuxumlarni qaytadan 
yutib yuboradi. Ovqat xazm qilish organlaridan o’ta turib, ichak bo’shlig’ida parazit 
tuxumlaridan lichinkalar chiqadi va hayvon tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tashqi 
muhitda qulay sharoitda lichinkalar ikki marta po’st tashlab, 6-7 kun ichida yuqumli 
xolatga aylanadi. 
Agar tashqi muhitda harorat past bo’lsa, lichinkalarning rivojlanish muddati 
uzayadi. Invazion lichinkalar tashqi muhit sharoitlariga ancha chidamli, ular 
qurg’oqchilikda 30 kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik 
qobiliyatini saqlab qoladi. Namlikda lichinkalarning faolligi yanada ortadi. 
yomg’irdan keyin lichinkalar o’tlar bo’ylab tik harakat qiladi, natijada mollarning 
diktiokaulyuslar bilan zararlanishi ortadi. qo’y va echkilar parazitning invazion 


66 
lichinkalarini o’zlariga ko’katlar, em-xashaklar va suv orqali yuqtiradi. Hayvon 
organizmiga tushgan lichinkalar ingichka ichak shilliq qavati devorini teshib, limfa 
tugunlariga o’tib rivojlanadi va oxirgi marta po’st tashlab, limfa tomirlari orqali qon 
tomirlariga va qon oqimi bilan o’pkaga keladi. Lichinkalar o’pka qon tomirlari va 
parenximasini teshib bronxlarga o’tadi, bu erda rivojlanishni davom ettirib, 1-2 oydan 
keyin jinsiy voyaga etadi. qo’y va echkilar organizmda 5-6 oydan 1,5-2 yilgacha 
parazitlik qiladi.
Diktiokaulyuslar keltirib chiqaradigan kasallik diktiokaulyoz deyiladi. Bu 
kasallikning tarqalishiga yil fasllari, hayvonlarning yoshi va tabiiy iqlim sharoit 
muhim rol o’ynaydi. o’zbekistonda qo’y va echkilar diktiokaulyus lichinkasi bilan 
sug’oriladigan xududlarda asosan kuz va baxor oylarida, dasht va yaylovlarda kuz 
oylarida, tog’ va tog’oldi xududlarida esa baxor va kuz oylarida hamda qish 
oylarining boshlarida zararlanadi. Kasallangan qo’y va echkilarda kasallik yuqqandan 
15-20 kundan keyin yo’tal paydo bo’ladi. Keyinchalik bu hayvonlar o’sishdan orqada 
qoladi, oriqlab ketadi, junlari siyraklashadi. Burun teshigidan suyuqlik oqadi. 
Darmonsizlanib joyidan tura olmaydigan bo’lib qoladi. Agar davolanmasa 
kasallangan hayvonlarning 10-70 foizi nobud bo’ladi. Kasallangan mollarni davolash 
uchun ularni muntazam ravishda degel’mintizasiya qilib turish lozim. Kasallikni 
yuqtirmaslik uchun esa mol boqiladigan yaylovlarni tez-tez almashtirib turish, qo’ton 
va molxonalarni sanitariya-gigiena tomonidan toza tutish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin