9 – mavzu: Rarazit tikanboshlilar (Acanthocephala), zuluklаr (Hirudinea)
va mollyuskalar (Mollusca)
Mavzu rejasi:
1.
Tikanboshli chuvalchanglarning o’ziga xos tuzilish belgilari.
2.
Baliqlarda, parrandalarda va cho’chqalarda parazitlik qiladigan tikanboshli
chuvalchanglar va ularning biologiyasi.
3.
Tikanboshli chuvalchanglarning rivojlanishida ishtirok etadigan oraliq
xo’jayinlari.
4.
Zuluklarning ektoparazitlik qilib hayot kechirishi munosabati bilan ularning
tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlari.
5.
Zuluklarning ko’payishi va rivojlanishi.
73
6.
Zuluklar sinfining tasnifi, ayrim turlarining maxsuldor hayvonlarga
keltiradigan zararlari.
7.
Baliqlarda parazitlik qiladigan mollyuskalar.
Tikanboshli chuvalchanglar yoki skrebniylar (Acanthocephala) tipi vakillari
ancha ixtisoslashgan chuvalchanglar bo’lib, xozirgi vaqtda 500 dan ortiq turi fanga
ma’lum. Ular baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar,
qushlar hamda sutemizuvchilarda parazitlik qiladi.
Akantosefalalar xaqidagi dastlabki ma’lumot Redi tomonidan 1684 yilda e’lon
qilingan. Rudol’fi 19 asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o’rganib, ularni
bitta turkumga kiritadi. Leykart bu gurux parazitlarning biologiyasini o’rganib, ular
oraliq xo’jayin orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958 yillarda prof.
V.I.Petrochenko akantosefalalarning MДXda uchraydigan turlari, ularning tarqalishi,
rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o’rganib, "Uy va yovvoyi
hayvonlar akantosefalalari" nomli ikki jildlik monografiyasini yaratdi. Bu tipga faqat
bitta sinf, ya’ni tikanboshli chuvalchanglar (Acanthocephala) sinfi kiradi.
Akantosefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon
ko’rinishda bo’lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus
hirudinaceus) boradi. Tanasi xartum va xaqiqiy tanaga bo’linadi. Tanasining oldingi
qismida xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo’yindan
iborat, xaqiqiy tana bo’limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan.
Skrebniylarda ovqat xazm qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko’ra ular ovqatni
butun tana yuzasi orqali diffuziya xolda qabul qiladi. Ularning xartumi xo’jayini
ichagi devoriga yopishish uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlarning
shakli, katta-kichikligi, soni va joylashish tartib har xil turlarda turlicha bo’lib,
skrebniylarning sistematikasini xal qilishda muhim rol o’ynaydi. Xartumi juda
harakatchan bo’lib, tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi.
Akantosefalalar ayrim jinsli, odatda urg’ochilari yirik, xartumlari yaxshi
rivojlangan. Jinsiy bezlari juft bo’ladi. Urg’ochilik jinsiy organlari tuxumdonlar,
o’ziga xos tuzilishdagi kompleks chiqaruvchi yo’llar, bachadon va qindan iborat.
Erkaklik jinsiy organlari ikkita yumaloq urug’don, urug’ yo’llari, jinsiy bursa,
qo’shiluvchi organ (penis) va har xil bezlardan tashkil topgan. Skrebniylarning
tuxumlari yumaloq va cho’zinchoq shaklda bo’ladi. Urug’lanish asosiy xo’jayini
organizmida ketadi. Akantosefalalar biogel’mintlar bo’lib, bunda umurtqali
hayvonlar asosiy xo’jayin, umurtqasiz hayvonlar (mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar,
xasharotlar) esa oraliq xo’jayin hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo’lib, bitta
urg’ochisi bir kecha-kunduzda 580 mingtagacha tuxum qo’yishi mumkin.
Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo’jayindan tashqi muhitga chiqqan tuxumlarda
lichinkalar to’liq shakllangan bo’ladi. Oraliq xo’jayinlari shunday tuxumlarni yutib
yuborganda tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. Akantorlar
ichak devori orqali tana bo’shlig’iga o’tib, rivojlanishni davom ettiradi va navbatdagi
rivojlanish davriga, ya’ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib keyingi yuqumli
(invazion) lichinkalik davr, ya’ni akantellani xosil qiladi. Ana shunday zararlangan
oraliq xo’jayinlarni har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq bilan eb yuborsa,
akantosefalalarni o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayinlarda akantosefalalar bir yildan
ortiqroq yashaydi. Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho’chqada
74
parazitlik qiladigan gigant tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus
hirudinaceus) bo’lib, ular uy va yovvoyi cho’chqalar, burunduq, olmaxon va
krotlarning ingichka ichaklarida parazitlik qiladi. Bu parazit bilan ba’zan odamlar,
maymunlar, qoramollar va itlar ham zararlanishi aniqlangan. Ularning erkaklarining
uzunligi 7-15 sm, urg’ochilariniki esa 70 sm gacha boradi. Xartumida 36 ta ilmoqlari
bor. Makrakantorinxning oraliq xo’jayinlari may qo’ng’izi, tilla qo’ng’iz, shoxli
qo’ng’iz va go’ng qo’ng’izlarining lichinkalari, g’umbaklari va imagolari, ya’ni
voyaga etganlari hisoblanadi. Cho’chqalar zararlangan qo’ng’izlarning lichinkalarini,
g’umbak va imago davrlaridagilarini eb parazitni o’zlariga yuqtiradi. Asosiy
xo’jayini ovqat xazm qilish organida xasharotlar xazm bo’ladi, lichinkalar esa
ingichka ichakda xartumini qinidan chiqarib ilmoqlari bilan ichak shilliq pardasiga
yopishib olib rivojlanadi va jinsiy voyaga etadi. Invazion lichinkaning asosiy xo’jayin
organizmiga tushib to voyaga etguncha 70-100 kun vaqt o’tadi.
Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan, Pomphorhynchus laevis
chuchuk suv baliqlarida, shu jumladan, mo’ylovdor baliqlar ichagida parazitlik qilib,
ichak devorini yaralaydi va ko’plab baliqlar qirilib ketadi. Ayrim xollarda
mo’ylovdor baliqlar ichagida parazitlarning miqdori 300 tagacha etishi mumkin.
Baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanboshlilarning oraliq xo’jayinlari asosan mayda
qisqichbaqasimonlar - Gammarus pulex hisoblanadi.
Tikanboshli chuvalchanglardan Polymorphus va Filicolis urug’larining
vakillari o’rdak, g’oz va boshqa suv qushlarining ichagida parazitlik qilib, ularga
katta ziyon etkazadi.
O’rdaklarda polimorfuslardan - Polymorphus magnus va Polymorphus minutus
turlari parazitlik qiladi. Birinchi turi asosan o’rdaklarning ingichka ichagida,
ikkinchisi esa yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi urchuqsimon,
uzunligi
9,2-14,7
mm
atrofida.
Oraliq
xo’jayinlari
yonlab
suzar
qisqichbaqasimonlardan - Gammarus lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi.
Filikollis urug’idan (Filicollis anatus) o’rdak, g’oz va boshqa suv hamda
botqoqliklarda yashovchi qushlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Parazitning
uzunligi 6-25 mm atrofida bo’ladi. Oraliq xo’jayini qisqichbaqasimonlardan suv
xo’tigi (Asellus aquoticus) hisoblanadi.
Makrakantorinxlar keltirib chiqaradigan kasallik makrakantorinxoz deb atalib,
MDX mamlakatlarining ayrim mintaqalarida 10 oydan oshgan cho’chqalar ko’proq
kasallanadi. Ayrim vaqtlarda may qo’ng’izlari lichinkalari va g’umbaklari
skrebniylarning lichinkalari bilan 60 %gacha zararlanadi va har bir xasharotda 130
tagacha (yuqumli lichinka) akantella bo’ladi. Bu kasallik bilan og’rigan
cho’chqalarning ishtaxasi bo’lmaydi, qon aralash ichi ketadi, juda ham oriqlaydi.
Ko’pincha, kasallangan cho’chqalar o’ladi.
Skrebniylar ayrim organlarining tuzilish bilan to’garak chuvalchanglarga
o’xshaydi. Masalan, ularning tana shakli, tana bo’shlig’i, muskul hujayralarining
tuzilishi nematodalarnikiga o’xshaydi. SHuning bilan bir qatorda ularda kutikulali
tikanlar bilan xartumining qoplanganligi, ovqat xazm qilish organlarining
reduksiyalanganligi va boshqa belgilari yassi chuvalchanglarga o’xshashadi.
Xalqali chuvalchanglar (Annelides) tipi, zuluklar (Hirudinea) sinfiga 400 ga
yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk suvlarda, bir qismi esa dengizlarda yashaydi.
75
Umurtqali hayvonlar sirtida vaqtincha parazitlik qilib yoki yirtqichlarcha hayot
kechiradi. Ular asosan qon so’rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ayrimlari
quruklikda yashashga ham moslashgan. Masalan, tropik nam o’rmonlarda, quruklikda
- Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda 3-5 smli
qonxo’r jag’li zuluklar daraxtga yopishgan xolda hayvon va odam o’tishini poylaydi
va ko’pincha tashlanib, azob beradi.
Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o’rmalab yoki suvda suzib
yashaydi. Ularning tanasi elka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa xalqali
chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli so’rg’ichi bo’lib,
uning o’rtasida og’iz teshigi joylashgan. Gavdasining keyingi uchida esa juda yaxshi
rivojlangan orqa so’rg’ichi joylashgan. Orqa so’rg’ichining elka tomonida anal
teshigi bor. Zuluklar boshqa xalqali chuvalchanglardan ana shu so’rg’ichlarining
bo’lishi, ularda parapodiyalar, jabralar va boshqa qillarining bo’lmasligi bilan (qillar
faqat primitiv turlaridan - qildor zuluklardagina saqlangan) keskin farq qiladi.
Bundan tashqari zuluklar gavdasining sirtqi xalqalari ichki xalqalariga to’g’ri
kelmaydi, ya’ni sirtqi segmentlari bilan ichki segmentlarining mosligi buzilgan.
Zuluklarning turli vakillarida har qaysi xaqiqiy ichki segmentiga 3 tadan 5 tagacha
tashqi segmentlar to’g’ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to’g’ri keladi).
Zuluklarning sirtqi xalqalanishi, tashqi muhitga moslashish xususiyatlaridan bo’lib,
bu qalinlashib ketgan teri-muskul qopchig’ining egiluvchanligini ta’minlaydi.
Zuluklar tanasining uzunligi 1 smdan 30 smgacha boradi. Laboratoriya sharoitida 1,5
yil davomida 44 smga etadigan zuluk o’stirilgan. Zuluklar harakatlanganida oldin
orqa so’rg’ichi bilan biror narsaga yopishib olib gavdasini oldinga cho’zadi, shunda
oldingi og’iz so’rg’ichi bilan boshqa narsaga yopishib oladi. Bu vaqtda orqa
so’rg’ichi narsadan ajraladi va gavda bosh tomonga qarab tortilib ilmoq kabi egiladi.
SHu tariqa ular qadamlab harakat qiladi. Ular suzganda butun gavdasi bilan
to’lqinsimon harakat qiladi, bunda zuluk tanasining orqa va qorin tomonlari bukiladi.
Zuluklarning xaqiqiy ichki segmentlari doimiy bo’lib, ularning soni 33 ta
bo’ladi (qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta). Bunda
gavdasining oldingi 4 ta segmenti og’iz so’rg’ichini tashkil qiladi, 22 ta segmenti
gavda bo’limini va 7 ta oxirgi segmentlari qo’shilib orqa so’rg’ichini xosil qiladi.
Zuluklar turli usulda ovqatlanishi munosabati bilan ularning ovqat xazm qilish
sistemasi bir qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Zuluklarning oldingi
so’rg’ichi tubida ularning og’zi joylashgan. Og’izdan so’ng ovqat xazm qilish
organining oldingi bo’limi boshlanadi. Bu bo’lim ektoderma bilan qoplangan bo’lib,
og’iz bo’shlig’i, muskulli tomoq va kalta qizilo’ngachdan iborat.
Xartumli va jag’li zuluklarning og’iz bo’shlig’i va tomog’i har xil tuzilgan.
Masalan, xartumli va jag’li zuluklarning og’iz bo’shlig’i orqa tomonga qarab o’sgan
va xuddi qinga o’xshab tomoqni o’rab, sermuskul tomoq xartumchasiga aylanadi. Bu
xartumchalar aloxida muskullar vositasida tashqariga chiqarilishi va ichkariga
tortilishi mumkin. Bunday zuluklar xartumlari bilan turli hayvonlarning, masalan,
mollyuskalarning yupqa terisini teshib, ichiga kiritib, oziqni so’rib ovqatlanadi.
Jag’li zuluklarning (tibbiyot zulugi) og’iz bo’shlig’ida esa uchta bo’ylama
muskulli valiklari bor. Bu valiklarning qirralari bir-biriga qaragan bo’lib, jag’ xosil
qiladi. qattiq xitinlashgan va muskulli jag’larning ustki tomonida o’tkir - arrasimon
76
tishchalar bor. Zuluklar ana shu jag’lari bilan odam va hayvonlarning terisini
jaroxatlaydi. Tibbiyot zulugi shu xilda qon so’rib ovqatlanadi.
Zuluklarning tomog’iga ko’pincha og’iz bo’shlig’ining chekkasidan bir juft
bez ochilgan. Bu bezlar ishlab chiqargan modda (so’lak) gemofilin yoki girudin
deyiladi. Girudin moddasi odam qoniga ta’sir etib, uni ivib qolishdan saqlaydi. SHu
sababli tibbiyot zulugidan tibbiyotda foydalaniladi.
Tomoqdan so’ng kalta va ingichka qizilo’ngach keladi va u o’rta ichakka
ochiladi. qizilo’ngachdan kelgan oziq ichakning endodermik o’rta bo’limiga tushadi.
o’rta bo’limga jig’ildon (ko’pincha o’rta ichak deb ham ataladi), oshqozon va keyingi
ichak kiradi.
Qon so’ruvchi zuluklarning jig’ildoni juda rivojlangan bo’lib, u tarmoqlanib
yonbosh juft o’simtalar xosil qiladi. Masalan, tibbiyot zulugi o’rta ichagida 10-11 juft
yonbosh o’simtalari bo’lib, bu o’simtalarning oxirgi bir jufti yaxshi rivojlangan va u
ikki yonga joylashgan xolda gavdaning keyingi uchigacha cho’ziladi. Oshqozonning
(o’rta ichakning) bu o’simtalarida zaxira qon ivimagan xolda uzoq vaqt saqalanadi va
ichakning pastki bo’limlariga tushib turadi hamda xazm bo’ladi. Zuluklarda asosan
oziq (qon) keyingi ichakda xazm bo’ladi va so’riladi. Keyingni ichak dum tomonida
joylashgan va ektodermadan xosil bo’lgan kalta to’g’ri ichakka qo’shiladi va anal
teshik bilan keyingi so’rg’ichning tepasida ochiladi.
Zuluklar jinsiy usulda ko’payadi. Ular germafrodit bo’lib, jinsiy organlari
gavdaning 10-12 segmentlarida joylashgan. Zuluklarda ham pilla chiqaruvchi
belbog’lik bo’limi bo’lib, bu bo’lim joylashish xolati jixatidan jinsiy bo’g’imlariga
to’g’ri kelishi bilan kam qilli xalqali chuvalchanglardan farq qiladi. Zuluklarda
belbog’lik bo’limi ko’payishi paytida sezilarli darajada kattalashadi. Ularning
urug’lanishi ichki va almashinib urchiydi.
Zuluklarning erkaklik jinsiy organlari, ya’ni urug’donlari 4 juftdan 12
juftgacha bo’ladi. Tibbiyot zulugida 9 juft urug’don bo’ladi va ular o’zaro qo’shilib
ikkita urug’ yo’lini xosil qiladigan urug’ chiqarish kanalchalarini tashkil etadi.
Erkaklik jinsiy teshigi 10-segmentda joylashgan.
Zuluklarning urg’ochilik jinsiy apparati bachadon bilan qinni ulaydigan bir juft
tuxumdon va tuxum yo’lidan iborat. Urg’ochilik jinsiy teshik 11-segmentda
joylashgan. Urug’langan tuxumlar belbog’dan ajralib chiqadigan pillaga qo’yiladi.
Bitta pillada 5 tadan 15 tagacha ba’zan esa 30 tagacha tuxum bo’ladi. Zuluklar
pillasini suv o’simliklariga biriktiradi yoki xavzalarning tubiga qo’yadi. Ayrim
zuluklar pillasini qorin tomoniga yopishtirib olib yuradi. Pillaning kattaligi ham har
xil zuluklarda turlicha. Tibbiyot zulugi pillasining uzunligi 2 smgacha boradi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar to zulukka aylanguncha pilla ichida qoladi.
Lichinkalarning kiprikcha va protonefridiylari bo’ladi va bu lichinkalar pilla ichida
zulukchaga aylanadi, so’ngra pilladan suvga chiqadi. Zuluklar 2-3 yilda voyaga etadi
va ular 15-20 yil umr ko’radi.
Zuluklar sinfi 2 ta kenja sinfga bo’linadi. 1. qadimgi zuluklar (Archihirudinea)
kenja sinfi. 2. Xaqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi.
Qadimgi zuluklar kenja sinfiga qildor zuluklar (Acanthobdella) turkumi kiradi.
Qildor zuluklar turkumiga faqat 2 ta tur kirib, ular lasos baliqlarida parazitlik
qiladi. Tana uzunligi 3 smgacha boradigan bu zuluklarda oz qilli xalqali
77
chuvalchanglarga xos tashqi belgilari, jumladan bosh tomonidan 2-segmentdan 6-
segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan yirik qilchalari bo’ladi. Ularning gavdasi
30 ta segmentdan tashkil topgan. Tanasining oldingi uchida og’iz so’rg’ichi yo’q,
faqat dum tomonida kichik so’rg’ichi bo’ladi.
Qildor zuluklarning asosiy vakili Acanthobdella peledina asosan lasossimon
baliqlarning suzgichlariga yopishib, ularning tana suyuqligi qonini so’rib ovqatlanadi.
Ularning bosh qismida joylashgan qillari baliq tanasiga yopishishga xizmat qiladi.
Qildor zuluklarni rus zoologi N.A.Livanov har tomonlama o’rgangan. Bu
olimning ko’rsatishicha, qildor zuluklarning ichki organlarida ham oz qilli xalqalilar
va zuluklarning xususiyatlari saqlangan, ya’ni bularda ham ikkilamchi tana bo’shlig’i
mavjud.
Qildor zuluklar Osiyo va Evropaning shimoliy qismida, ayrim daryo va katta
ko’l xavzalarida tarqalgan. Ular baliqlarda baxorning oxiri va yoz oylarining boshida
paydo bo’la boshlaydi. Bu vaqtda ularning har birining og’irligi 5-10 mg atrofida
bo’ladi. Kuz oxiriga kelib ular voyaga etadi va og’irligi 200 mg atrofida bo’ladi
hamda o’z xo’jayinlarini tashlab ko’paya boshlaydi. Acanthobdella peledina shimoliy
o’lkalarda va Sibir ko’llarida, Acanthobdella ivanovi esa Kamchatka ko’llarida
baliqlarda parazitlik qiladi.
Xaqiqiy zuluklar kenja sinfi o’z navbatida 2 ta turkumga bo’linadi.
1.
Dostları ilə paylaş: |