78
zuluklarda 5 juft ko’z va qo’shilish organi bor. Ular asosan qon so’rib, ba’zida esa
mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag’lari kichrayib ketgan.
Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) jag’li zuluklar turkumining eng muhim
vakilidir. Uning og’iz bo’shlig’ida 3 ta jag’i bo’lib, har bir jag’ida 100
ga yaqin
xitinli tishlari bo’ladi. 25-30 smgacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari MDXning
janubida, ya’ni Markaziy Osiyo, qozog’iston, Kavkaz, Moldaviya va Janubiy
Ukrainaning turli suv xavzalarida ko’plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil umurtqali
hayvonlarning qoni bilan ovqatlanadi. Lekin ularning asosiy ozuqa manbai bu baqalar
va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi. Tabiatda tibbiyot zulugi uchinchi yili
jinsiy voyaga etadi va bir yilda bir marta yoz oylarida pilla qo’yadi.
Laboratoriya
sharoitida esa jinsiy voyaga etgan zuluklarni 12-18 oy ichida o’stirish mumkin va
yilning turli fasllarida har 6-8 oy ichida pilla qo’yishi mumkin. Tibbiyot zulugining
pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum bo’ladi. Bitta tibbiyot zulugi 10 sm
3
qon so’rishi
va shundan so’ng 1,5-2 yil ovqatlanmay yashashi mumkin. XIX asr oxirlarigacha
tibbiyot zulugi xalq
tabobatida turli kasalliklarga, ya’ni ko’zning ichki bosimi ortib
ketishiga aloqador ko’z kasalliklariga (glaukoma) davo qilishda, miyaga qon
quyilganida, gipertoniyada, yomon yaralar chiqqanida ko’p qo’llanilgan. Masalan,
1940 yillarda Fransiyada yiliga 25 mln. dona tibbiyot
zulugidan tabobatda
foydalanishgan. Xozirgi paytda ham tibbiyot zulugidan tabobatda ayrim kasalliklarga
qarshi, ya’ni qon bosimini pasaytirish maqsadida keng qo’llaniladi. SHuning uchun
ham tibbiyot zulugini faqat tabiiy suv xavzalaridangina ushlash bilan
qanoatlanmasdan, balki aloxida pitomniklarda ham ko’paytirilmoqda.
Jag’li zuluklarga tibbiyot zulugidan tashqari soxta ot zulugi (Haemopis
sanguisuga) ham kiradi. Uning jag’lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va
sutemizuvchilarning terisini tishlay olmaydi. Ular yirtqichlik bilan hayot kechirib,
asosan chuvalchanglar, mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o’z
pillalarini qirg’oqqa, suv betidan yuqoriroqqa ko’mib qo’yadi.
Markaziy Osiyoning
tog’li xududlaridagi tiniq suvli ko’l va soylarda uchraydi.
Jag’li zuluklarga Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu
zararli zuluk Afrikada, SHarqiy Janubiy Evropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda
ko’p tarqalgan. SHu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica
degan turi Markaziy
Osiyoda (Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki
mollar suv ichayotgan vaqtida ularning og’iz bo’shlig’i yoki xalqumiga o’tib,
yopishib qon so’radi va hayvonlarga katta zarar etkazadi. Kuzatishlardan ma’lum
bo’lishicha Markaziy Osiyoda 30 %gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan
zararlanadi.
Odam xovuzdan cho’kkalab suv ichganida ba’zan suv bilan odamning
xalqumiga yoki qizilo’ngachiga ot zulugi o’tib yopishadi va qon so’radi. Ular girudin
moddasi ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi bo’ladi. Umuman,
bu zuluklar odamninig burun bo’shlig’ida, traxeyasida ham parazitlik qilganligi fanga
ma’lum. Ularning ayniqsa traxeyaga kirib qolishi xavflidir. Zuluklar qon so’rgan
sayin shishib kattalasha boradi va odamning bo’g’ilib qolishiga sabab bo’ladi.
Bunday paytda zuluklar jarroxlik yo’li bilan olib tashlanadi yoki 10 %li osh tuzining
kuchli eritmasiga tomoqni chayqash yo’li bilan tushiriladi. Ot zulugining jag’lari juda
79
kichkina, rangi sarg’ish, och zangori tusda, ikki yon tomonida sarg’ish-qizil yo’li bor,
dum so’rg’ichi juda katta.
Jag’li zuluklar turkumiga yana tropik nam o’rmonlarda, quruqlikda yashovchi
qonxo’r jag’li zuluk - Haemodipsa ceylonica ham kiradi. Ular ayniqsa,
Avstraliya,
Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. 3-4 smli
bu zuluklar daraxtga yopishgan xolda odam va hayvon o’tishini poylaydi va
ko’pincha ularga tashlanib qonini so’rib azob beradi.
Dostları ilə paylaş: