Mavzuning dolzarbligi. “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan
millatning kelajagi yo`q”
1
-deb ta`kidlashi bilan birga har qanday inson jahon
tarixini, umumbashariy taraqqiyot yo`lini chuqur idrok etishi zarurligini ham
uqtirganlar. Jahon hamda Markaziy Osiyo tarixining eng dolzarb muammolardan
biri yozuvning paydo bo`lishi masalasidir. Insonning ongidagi fikrning dastavval
tosh qoyalarda, spool va metall parchalarida, hayvon terilarda va nihoyat qog`ozda
ifodalanishi bu yozuvdir. Shuni ta`kidlash joizki, yozuv insoniyat tomonidan
yaratilgan eng oliy kashfiyot bo`lib, u insoniyat tafakkuri tufayli yaratilgan ma`naviy
boyliklarni avloddan avlodga yetkazib beruvchi bebaho vosita hisoblanadi.
Jahon tarixidan bizga ma`lumki, yuksak ma`naviyat va boy madaniyatga ega
bo`lgan har bir xalqning o`z yozuvi mavjud bo`lgan. Bugungi voqeligimiz,
hayotning taraqqiyot oqimi, o`tmish merosni har tomonlama chuqur o`rganishni
taqozo etmoqda.
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining eng oliy mohsullaridan biri bo`lgan
yozuvni shumerliklar mil.avv. IV ming yillikda ixtiro qilgan. Eng dastlabki yozuv
usuli fanda piktografik belgilar deb ataladi. Shumer piktografik yozuvi dastavval
surat tariqasida vujudga kelgan. Qadimgi insonlar tabiatda bor narsalarning suratlari
orqali o`z fikrlarini ifodalashga harakat qilishgan.
Paleografiya fani yordamchi tarixiy fanlarning asosiy sohalaridan biri
hisoblanadi. Chunki, qadimgi davr hayoti, tarixini o`rganish uchun yozuv albatta
lozim bo`lgan. Mavzuning dolzarbligi shundaki paleografiya fanini bilmasdan
tarixiy o`tmishimizni anglay olmaymiz. Paleografiya yordamchi tarixiy fanlarning
yuragi hisoblanadi. Mamlakatimizda yordamchi tarixiy fanlar sohasida katta
tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan. Jumladan, paleografiya fanni tadqiqot
obyektiga aylantirish dolzarb muammolardan sanaladi. Zero, yurtimiz hududidan
ko`plab yozuvlar va qadimiy manbalar tom ma`noda o`z o`quvchisini kutmoqda.
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008. –B. 4
3
Dostları ilə paylaş: |