Палеолит даври Arxeologiya asoslari faniga kirish



Yüklə 346,15 Kb.
səhifə32/45
tarix16.12.2023
ölçüsü346,15 Kb.
#180795
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Палеолит даври-fayllar.org

Baqtriya
YUnonlar bosqini natijasidagi SHimoliy Baqtriyaning asosiy ko‘pchilik shahar va qishloqlari vayron etiladi.
Qisman selevkiylar hamda YUnon-YUaqtriya davrida bir nechta shaharlarga asos solinadi. Ayniqsa kushonlar davriga keli, turli reja asosida qurilgan turli hajmdagi shaharlar soni keskin ko‘payadi.
SHimoliy Baqtriyaning bu davrga oid ma’muriy, iqtisodiy markazlarini Dalvarzintepa, Ko‘hna Termiz, Zartepa, Jondavlattepa, Kampirtepa (Surxandaryo viloyati), Keykobodshox, Saksanoxur, Kuhna qal’a (Janubiy Todjikiston) xarobalarida ko‘rish mumkin.
Dalvarzintepa-Kushonlarining yirik madaniy-ma’muriy markazlaridan biri bo‘lib, SHo‘rchi tumanida joylashgan. SHahar uch qism: aylana shaklidagi ark, to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi shahriston va shahar atrofi qismlaridan iborat. Ark va shahariston alohida mudofaa devorlariga ega. SHahar ichkarisida hunarmand ustalar uy-joylari, ustaxonalarga hamda shaharliklar mahallasi o‘rganilgan. Imoratlar uning sohiblari ijtimoiy mavqeiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. shahar zodagonlarining imoratlari mahobatli qilib qurilgan bo‘lib, devorlari turli rangdagi tasvirlar va o‘yma ganchlar bilan bezatilgan. Oddiy shaharliklarning uylari sodda qilib qurligan. SHahariston ko‘chalarining chorrahasida buddaviylik dini ibodatxonasi aniqlangan. Ibodatxona xaykalchalar va maxobiyli haykallar, hususan Budda va Bodixatva haykallari devoriy suratlari bezab turgan. SHahar devorlarining tashqarisida ham buddaviylik ibodatxonasi o‘rganilgan.
Denov tumani hududida shaxzoda saroyi harobasi ochib o‘rganilgan. Oldi ayvon iborat saroy kun chiqar tomonga qarab qurilgan. Saroyning xonalari va asosiy zali tuli rangdagi bo‘yoqlar bilan turli mazmundagi suratlar chizilgan. Ayrim xonalari ganch suvoq qilingan. Ayniqsa devorlarning birida shoh va uning oila a’zolari hamda saroy ahillarining suratlari kishini o‘ziga jalb qiladi. bulardan tashqari komonli bir necha otliqlar hamda yunon xudolarining Afina, Gerakl va Nikalarning ko‘chmanchilarga xos shakllarining tasviri ham mavjud.
Surxandaryo viloyatidagi yirik markazlardan yana biri Zartepadir. Zartepa oldindan rejalashtirilgan yagona loyiha asosida qurilgan bo‘lib, atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlari yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan. SHahar ko‘chalari bo‘ylab uy-joy imoratlari qurilganligi arxeologik jihatan o‘rganilgan. SHuningdek Zartepaning sharqiy tomonidan buddaviylik ibodatxonasi o‘rganilgan.
Kampirtepa qal’a qo‘rg‘oni harobalari ham jiqqatga sazovardir. Murakkab mudofaa tizimiga ega bo‘lgan ushbu qal’a-qo‘g‘onga Ellin davrida asos solingan bo‘lib, Kushon davri boy madaniyati va san’ati namunalari o‘rganilgan.
Baqtriyaning antik davriga oid shahar markazlaridan Keyobodshoh ham arxeologik jihatdan o‘rganligan. SHahar mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan, devor bo‘ylab, hamda har bir burchagida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi minoralar mavjud. SHaharga YUnon-Baqtriya davrida asos solingan.
SHimoliy Baqtriya hududiga mil. boshlaridan Buddaviylik dini kirib keladi. Ushbu hudud orqali O‘rta Osiyoning ba’zi hududlariga keyinchalik sharqiy Turkiston orqali Xitoyga yoyiladi.
SHimoliy Baqtriyaning ko‘pgina joylaridan buddaviylik dini inshoatlari ochib o‘rganilgan. Bular Qoratepa ibodatxonasi, Fayoztepa monostiri, Zurmala va Ayritom stupalarihamda boshqa ibodatxonalardir. Qoratepa ibodatxonasi erosti va er usti qisimlaridan iborat bo‘lib, To‘g‘ri to‘rtburchakli hovlidan iborat. Ibodatxona xonalarining birida budda haykali ikkinchisida Stupa joylashgan. Stupalarning asosiy to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, bir necha metr balandga ko‘tarilgan. Uning ustiga silindr simon inshoat solingan uning usti gumbaz simon tug‘ o‘rnatilgan. Tug‘ toshdan toshdan yasalgan soyabonlar o‘rnatilgan. Soyabon buddalarda gadra deb ataladi.
Ibodatxona boy devoriy suratlar hamda haykalchalar bilan bezatilgan ular ichida budda suratlari va haykallari alohida mohiyat kasb etadi.
Qoratepadan shimoliy sharqida buddalarning yana bir ibodatxonai topilib, hozirgi paytda Fayyoztepa nomi bilan mashhur. Uvixara turidagi ibodatxona bo‘lib uch qismdan ya’ni diniy marosimlar o‘tkazadigan joy, monostir va xo‘jalik imoratlaridan. Buddaviylik inshootlaridan shuningdek kulolchilik buyumlar, metal buyumlar, braxma, kxaroshti, hamda yunon alfavitida bitilgan Kushon yozuvlari o‘rganilgan.
Kushon davri qishloqlari o‘sha davr iqtisodiy hayotini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Bu davrga oid Termizda Mirzaqultepa, SHerobodda, Oqqo‘g‘on, Angrenda SHo‘rtepa kabi qishloq harobalari ochib o‘rganilgan. Ular ham aniq rejaga asoslangan. qishloqlar qishloq xo‘jaligidagi mahsulotlarni etishtirish va ularni qayta ishlash ishlari yaxshmi yo‘lga qo‘yilgan.
Baqtriya madaniyatini chuqurroq anglashda topib o‘rganilgan haykallar, haykalchalar, zargarlik buyumlari, devoriy tasvirlar muhim ahamiyat kasb etadit. Qiman yuqorida keltirilgan hamda Taxti-Sangin va «Amudaryo hazinasi» orqali bizga ma’lum bo‘lgan san’at namunalari turli davrlarga oid bo‘lib, ularda mahalliy ahamoniylar, Ellin, Hind (Gandxara) va ko‘chmanchilar madaniyati an’analari o‘z aksini topgan.
So‘g‘d So‘g‘dning antik davri tarixi ham murakkab siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq uning antik davri arxeologiyasi Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari arxeologiya yodgorliklari asosida o‘rganilib keyingi yillarda talay kashfiyotlar amalga oshirildi. O‘lkada yirik shahar markazlari ham, qishloq turidagi yodgorliklarida ham arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan.
Samarqand So‘g‘dning eng yirik shahar markazlaridan biri hozirgi Afrosiyob o‘rnida bo‘lib, yunon manbalarida bo‘lib Marokanda nomi bilan tilga olinadi. Antik davri madaniy qatlamlari Afrasiyob, II va III lar bilan belgilanadi. Bu davrda shaharning o‘sha manbalarda keltirilgan barcha hududlari (220 ga) to‘liq shakllanadi. SHahar ikki qator mudofaa devori (7 metr) bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mudofaa burjlari va shinaklariga ega. SHahar arki (sitadel) (may. 0,5 ga) ham alohida mudofaa devori bilan o‘ralgan. Unga kirishdagi cho‘ziq shaklda burjlar aniqlangan.
Samarqanddagi Qo‘rg‘ontepa shahar harobasi Sitadel SHahriston va shahar atrofi qismlaridan iborat. Sitadeli antik davri paxsa devorlari aniqlangan. Manzilgohda olov ibodatxonasi aniqlangan.
Samarqand So‘g‘d antik davri san’ati namunalari haykalchalarida o‘z aksini topgan. Ular qo‘lida meva, gul, o‘simlik yoki idish ushlab turgan hosildorlik ayol mabudalarining haykalchalaridan iborat. Bosh kiyimi va kiyim kechagi turli variantlarida berilgan. Musiqachi ayol va erkak haykalchalari ham uchraydi.
Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar yaxshi o‘rganilmagan. qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi. Qizilqir I Setaloq II, Romish yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi Buxoro shahri antik davrda shakllanib, o‘sha davr o‘rni saqlanmagan.
So‘g‘dning antik davri tarixi ham murakkab siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq uning antik davri arxeologiyasi Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari arxeologiya yodgorliklari asosida o‘rganilib keyingi yillarda talay kashfiyotlar amalga oshirildi. O‘lkada yirik shahar markazlari ham, qishloq turidagi yodgorliklarida ham arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Samarqand So‘g‘dning eng yirik shahar markazlaridan biri hozirgi Afrosiyob o‘rnida bo‘lib, yunon manbalarida bo‘lib Marokanda nomi bilan tilga olinadi. Antik davri madaniy qatlamlari Afrasiyob, II va III lar bilan belgilanadi. Bu davrda shaharning o‘sha manbalarda keltirilgan barcha hududlari (219 ga) to‘liq shakllanadi. SHahar ikki qator mudofaa devori (7 metr) bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mudofaa burjlari va shinaklariga ega. SHahar arki (sitadel) (may. 0,5 ga) ham alohida mudofaa devori bilan o‘ralgan. Unga kirishdagi cho‘ziq shaklda burjlar aniqlangan. Samarqanddagi Qo‘rg‘ontepa shahar harobasi Sitadel SHahriston va shahar atrofi qismlaridan iborat. Sitadeli antik davri paxsa devorlari aniqlangan. Manzilgohda olov ibodatxonasi aniqlangan. Samarqand So‘g‘d antik davri san’ati namunalari haykalchalarida o‘z aksini topgan. Ular qo‘lida meva, gul, o‘simlik yoki idish ushlab turgan hosildorlik ayol mabudalarining haykalchalaridan iborat. Bosh kiyimi va kiyim kechagi turli variantlarida berilgan. Musiqachi ayol va erkak haykalchalari ham uchraydi. Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar yaxshi o‘rganilmagan. qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi. Qizilqir I Setaloq II, Romish yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi Buxoro shahri antik davrda shakllanib, o‘sha davr o‘rni saqlanmagan.
Janubiy Sug‘dda antik davri yirik markazlaridan Erkurgon arxeologik jixatdan yaxshi urganilgan. U kudratli mudofaa tizimi va anik rejaga asoslanib ikki kator mudofaa devori bilan o‘ralgan. Ichki mudofaa devori 40 ga, tashqari mudofaa devori 150 ga maydonni o‘rab olgan. Sitadel shaharistonning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, 90X60 m hajmda Sitadel mudofaa devori mudofaa burjlari va shinaklar bilan kuchaytirilgan. Bu erdan mil. av. III-IV asrlarga oid ma’muriy bino o‘rni hamda III-IV asrlarga oid ibdatxona o‘rganilgan. Ibodatxonaning markaziy toat-ibodat qilinadigan xonasi yirik xajmda bo‘lib, ustunlari ostida yopilgan va uning devorlari haykalchalar va rang tasvirlar bilan bezatilgan. U erdan tutatqi idishlar, oyna, ilon va qurbaqa tasvirlari topilgan. Ibodatxona ko‘rinishidan olov va suvga sig‘inuvchilar uchun hizmat qilgan. SHuningdek, Erqo‘rg‘ondan kulolchilik mahallalasining o‘rni aniqlangan bo‘lib, u ilk temir davri devori tashqarisida joylashgan. Qarshi vohasidagi mil. av. II-I asrlarda o‘ziga yirik shahar markazi shakllanadiki, u Qalai Zaxoki Maron yodgorligida o‘z aksini topgan. Bu yodgorlik doira shakldagi uchta qismlardan iborat bo‘lib ularning har biri alohida mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Uning umumiy maydoni 225 gektarni tashkil etib, ichki qal’a qismi 1 ga, ikkinchi xalqasi 43 ga.dan ortiq maydonni egallagan. Mudofaa devorlarida burjlar uchramaydi. Manzilgohning ikkinchi devorida IV-V asrlarda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Manzilgohning markaziy qal’asida VII asrlarga oid kichik mulkdorlar qasri barpo etiladi. Ko‘rinishdan manzilgoh ilk O‘rta asrlar davrida shahar sifatida rivojlangan. R.H. Suleymanovning fikriga ko‘ra yirik va o‘ziga xos me’moriy-mudofaa an’anasiga ega shaharning Qarshi vohasida paydo bo‘lishi Sirdaryoning quyi oqimida CHirikrabod madaniyatining inqirozga uchrashi natijasida Orolbo‘yi saklarining So‘g‘diyonada siyosiy doirani egallashi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ma’lumki, mil.av. II asr Sirdaryoning.......deltasida ekologik inqiroz tufayli........... turidagi madaniyat inqirozga uchrab, u erdagi aholi turli joylarga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Ularning bir qismi Parfiyaga, boshqa bir guruhi esa Sirdaryoning O‘rta oqimi, ya’ni Toshkent vohasiga kelib joylashganligini Jeteosar qurilish-rejaviy asosida barpo qilingan SHoshtepa manzilgohi orqali kuzatish mumkin.
Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o‘rni 40 ga ortiq bo‘lgan. SHaharlarning sitadeli (may. 1 dan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan. Ba’zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra qadimgi Kesh Qang‘larning janubiy viloyati bo‘lib, yozma manbalarda keltirilgan Qang‘-Susega to‘g‘ri keladi. Lekin Qashqadaryo vohasining Kushonlar davlati tarkibida bo‘lgan, degan fikrlar ham mavjud.
Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o‘rni 40 ga ortiq bo‘lgan. SHaharlarning sitadeli (may. 1 gektardan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan.
Ba’zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra qadimgi Kesh Kangyuy davlatining janubiy viloyati bo‘lib, yozma manbalarda uning tarkibida keltirilgan beshta viloyatlardan biri - Si-sega qiyoslanadi. R.H. Suleymanov mazkur qiyosni boshqa tomondan ma’qullaydigan fikrni bildiradi. Uning fikriga ko‘ra SHarqiy Orolbo‘yi hududida yashagan aholining
Lekin, boshqa bir guruh olimlar Qashqadaryo vohasi Kushonlar davlati tarkibiga kirgan, degan fikrlarni ilgari surishga harakat qilishadi.

Yüklə 346,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin