68
To‗pni urib chiqarish. Bu harakat to‗p olib yurgan hujumchi bilan
kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt
poylab hujumchiga yaqinlashadi,
to‗pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‗pni urib chiqarish
uni otish uchun qo‗lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham
qo‗llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to‗pni otmoqchi
bo‗lgan qo‗lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‗l kafti bilan to‗pni
tushiradi
To‗pni to‗sish. Darvozaga yo‗naltirilgan to‗pga qarshilik ko‗rsatishda
qo‗llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi.
YUqoridan, o‗rta va pastdan
kelayotgan to‗pni bir va ikki qo‗l bilan to‗sish mumkin. To‗sishni
bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo‗lsa, to‗p yo‗nalishini
aniqlash shunchalik oson bo‗ladi. SHuning uchun himoyachi to‗pni
ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‗pni
kuzatishi va o‗z vaqtida to‗p otayotgan o‗yinchini to‗xtatish
uchun chiqishi
lozim. Hujumchi to‗p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‗llarini yuqoriga
ko‗tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to‗pni
to‗sishda qo‗l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini
taranglashtiradi.
Erdan sakratib otilgan to‗pni to‗sish sakrab amalga oshiriladi. SHuning
uchun ximoyachi oldindan oyoqlarini bukkan
holatda tayyorlanib turishi
kerak.
Qo‗shilish. Bu usul o‗yinchilarni nazorat qilishni yo‗qotish xavfi
tug‗ilganda qo‗llaniladi. Himoyachilar qo‗shilishib joy almashtirsa, bu holda
ular kuzatuvchiga o‗yinchilari o‗zgaradi. To‗siq qo‗yilgan hujumchi orqaga
harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib,
hujumchi ketgan
tomonga o‗tadi. Odatda, bunday usul to‗siq qo‗yishda va hujumchilarning
qarama-qarshi
o‗rin almashtirishida qo‗llaniladi. Hujumchi himoya
harakatlariga qo‗shilganda uni ta‘qib qiluvchi yoki darvozaga yaqin turgan
69
himoyachi javobgar bo‗lmog‗i kerak. Hujumchining
hujum harakatlarini
qiyinlashtirish uchun himoya qilishga o‗tgan o‗yinchi hujumchining kirish
yo‗lini va faol harakatini to‗xtatishga harakat qilishi kerak. Buni amalga
oshirish uchun himoyachi qarama-qarshi harakat qilib, ta‘qibchidan ozod
bo‗lishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: