“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”


I.  Gandbol o„yinining paydo bo„lish va rivojlanish tarixi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
gandbol o\'yin tarixi

I. 
Gandbol o„yinining paydo bo„lish va rivojlanish tarixi. 
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‗lib, u o‗quvchi yoshlarni 
jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng 
ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, 
o‗smir-yoshlar uchun ham birdek ma‘qul bo‗lgan chinakam xalqchil o‗yin 
hisoblanadi. Musobaqada o‗n ikki o‗yinchidan tashkil topgan ikki jamoa 
qatnashadi. O‗yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to‗rtburchakdan iborat. 
O‗yinda qatnashuvchi jamoa o‗yinchilarining maqsadi - to‗pni egallab olib
dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To‗p bilan barcha 
harakatlar faqat qo‗lda bajariladi. To‗p uchun kurashda, qarshilik 
ko‗rsatishda qo‗pollik va sportchiga xos bo‗lmagan harakatsiz qoidaga rioya 
qilinib bajarilishi lozim. O‗yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog‗liq 
bo‗lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O‗yin vaqtida har bir 
o‗yinchi o‗zining shaxsiy fazilatlarini ko‗rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, 
shu bilan birga, o‗yin har bir gandbolchidan o‗z shaxsiy intilishlarini umumiy 
maqsadga bo‗ysindirishini talab qiladi. 
Gandbol o‗yinining asosini yugurish, sakrash, to‗pni uzatish, uloqtirish 
kabi shug‗ullanuvchilarning har jihatdan uyg‗un rivojlanishiga yordam 
beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. YUklamalar organizmdagi barcha 
funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg‗ulotlar 
tasirida, shuningdek, musobaqalarda shug‗ullanuvchilarning ruhiy faoliyati 
takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va 
tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o‗yini umumiy jismoniy 
tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo‗lib xizmat qila oladi. Yo‗nalishni
o‗zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda 
harakat qilish yo‗llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy 



hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli qo‗l to‗pi har qanday 
ixtisosdagi talaba uchun zarur bo‗lgan sport o‗yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o‗yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o‗quv yurtlarida 
keng qo‗llanilmoqda. Qo‗l to‗pi musobaqalari mehnatkashlarni muntazam 
tarzda jismoniy tarbiya mashg‗ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport 
mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me‘yoriy 
talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi. 
1898 yilda - qo‗l to‗piga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi 
gimnaziyalardan birining o‗qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq 
qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog‗inli havoda zalda o‗ynasa 
bo‗ladigan yangi sport o‗yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni 
qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to‗pni uzatish va otish faqat qo‗l bilan 
bajarilishini taklif qiladi. SHu tariqa olamda «Xandbol» inglizchadan tarjima 
qilinganda hand-qo‗l, ball-to‗p ya‘ni ―qo‗l to‗pi‖ yuzaga keladi va 
keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi. 
1904 yili birinchi bo‗lib Daniya qo‗l to‗pi federatsiyasi tashkil topdi. 
1906 yili Kopengagen shahrida qo‗l to‗pi o‗yinining dastlabki qoidalari 
nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi. 
Sobiq Ittifoqda qo‗l to‗pi bo‗yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili I 
Butunittifoq spartakiadasi doirasida o‗tkazilgan. 1955 yilda Butunittifoq qo‗l 
to‗pi federatsiyasi tashkil topgan. 1962 yildan boshlab erkaklar va ayollar 
o‗rtasida muntazam Ittifoq chempionatlari o‗tkazilib turgan.
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 123 davlati 
a‘zo bo‗lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug‗ullanadi. SHu 
jumladan, 
1,4 
million 
shug‗ullanuvchi sobiq Ittifoq mamlakatlari 
gandbolchilaridir. 



JAHON CHEMPIONATI NATIJALARI 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin