29
III. Musobaqani tashkil etish va o„tkazish. musobaqa faoliyatining tizimi
va axamiyati. hakamlik uslubiyoti.
Gandbol musobaqalari o‗quv-mashg‗ulot ishlarining asosiy qismini
tashkil etadi. U shug‗ullanuvchilarning mashg‗ulotlarga
qiziqishini oshiradi,
mamlakatda qo‗l to‗pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gan-bolchi
o‗yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi.
Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va, umuman,
jamoaning jismoniy,
texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi dara-jasini aniqlaydi, o‗quv-
mashg‗ulot jarayonining ahvoli va yo‗nalishini aniqlash imkonini beradi.
Musobaqa natijalari o‗quv-mashg‗ulot ishlarini yakunlash vositasi bo‗lib
xizmat qiladi.
Musobaqalar qatiylikni, g‗alabaga erishish yo‗lidagi
iroda kuchini,
jamoa, tuman, shahar, respublika,
qolaversa, mamlakat oldidagi mas‘uliyat
hissini tarbiya-laydi. O‗yinchilarning emotsional keskinligi gandbolchi-
larning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: