“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”


 Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
gandbol o\'yin tarixi

3.3. Musobaqalarni rejalashtirish. 


31 
Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markaz-lashtirilgan tarzda amalga 
oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi 
barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning taqvim 
rejasini ishlab chiqadi. 
O‗zbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasining viloyat, o‗lka va 
shahar musobaqalari yig‗ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan 
rejalashti-rilgan musobaqalarni hisobga olgan holda tuzishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Zarur o‗zgartirishlar kiritilgandan keyin, gandbol bo‗yicha umumiy 
yig‗ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo‗mitalarining ommaviy sport 
tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy 
hisoblanadi. 
3.4. Gandbol o„yin qoidalari va maydon o„lchamlari. 
Gandbol o‗yin maydoni (1-rasm) uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to‗rt 
burchakdan iborat bo‗lib, o‗z ichiga ikki darvoza maydoni (qoida 1.4. va 6) 
oladi. Maydonni belgilovchi bo‗ylama chiziq, yon chiziq, ko‗ndalang chiziq 
yuza chiziq deb ataladi.
O‗yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 
metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo‗lishi lozim.
O‗yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi 
o‗zlashtirishlar kiritilishi ma‘n etiladi.
Gandbol darvoza (2-a va 2-b rasmlar) yuza chiziq o‗rtasiga o‗rnatiladi. 
Darvoza polga yoki orqadagi devorga mahkam o‗rnatilishi lozim. 
Darvozaning ichki tarafidagi o‗lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni 
tashkil qiladi.
Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o‗lchami taraflari 8 sm 
hosil qiladigan kvadratdan iborat-dir. Maydon tarafdan ko‗rinadigan darvoza 


32 
ustunlarining 3 tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko‗ndalang ikki xil 
ranga bo‗yalishi shart. 
Darvoza orqa tarafdan bo‗sh osilgan ip to‗r bilan berkitiladi. To‗r 
shunday bog‗lanishi kerakki, to‗p undan o‗tib ketmasligi kerak.
Barcha 
belgilovchi 
chiziqlar 
eni, 
maydonga, 
chegara-langan 
maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo‗lib, ular 
aniq va ravshan ko‗rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o‗tadigan 
chiziqning eni esa 8 sm bo‗lishi kerak. YOndosh zonalar har xil rangda 
bo‗yalishi mumkin. 


33 


34 
Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi (6 qoida) joylashiladi. 
Darvoza maydonchasi maydonga chizig‗i (6 metrli chiziq) bilan quyidagicha 
aniqlanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqga parallel 3 metrli 
chiziq o‗tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli 
aylanmaning to‗rtdan ikki qismi shu chiziqga kelib qo‗shiladi (1 va 2-a 
rasmlarga qarang). 
Erkin to‗p tashlash chizig‗i (9 metrli chiziq) darvoza maydonchasi 
chizig‗i tashqarisidan 3 metr masofada parallel punktir chiziq chiziladi. Bu 
chiziq shtrixli va oraliq masofa 15 sm uzunlikda bo‗ladi (1-rasm). 
7 metrli jarima to‗p tashlash chizig‗i – darvoza o‗rtasidan 7 metr 
masofada, darvoza maydonchasi chizig‗idan parallel o‗tkazilgan 1 metrli 
chiziqdan iborat bo‗ladi (1- rasm). 
7 metrli jarima to‗p tashlash chizig‗iga parallel 3 metr masofada, 
darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo‗lgan, jarima to‗p tashlashda 
darvozabon o‗tishga huquqsiz chiziq belgilanadi (1-rasm).
Maydon o‗rtasidan ko‗ndalang yuza chiziqcha parallel chiziq o‗tkazilib, 
u o‗rta chiziq deb ataladi (1-3 rasmlar).
O‗yinchilarni almashtirish zonasining chizig‗i – yon chiziqga maydon 
o‗rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo‗lagi tomonga 4,5 
metrli masofada markazi chizig‗iga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq 
belgilanadi (1 va 3-rasmlar).
Sekretar va sekundometristlar uchun qo‗yilgan stol hamda zahiradagi 
o‗yinchilar uchun qo‗yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o‗tirgan 
o‗yinchilar almashish zona-sining chiziqlarini bemalol ko‗rishlari lozim. 
Sekretariat stoli zahiradagi o‗yinchilar skameykasiga nisbatan yon chiziqcha 
yaqinroq joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo‗lmas-ligi lozim.
Darvozaning o‗lchamlari 


35 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin