30
hamda natijalariga ko‗ra g‗olib va chempion degan nom beriladigan muso-
baqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musoba-qalari bo‗lib, ular sport
tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda
tutiladi va tasdiqlangan
nizomga muvofiq ravishda o‗tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga:
birinchilik yoki chempionatlar, kubok muso-baqalari,
saralash musobaqalari
kiradi.
Birinchilik yoki chempionatlar – eng mas‘uliyatli musobaqa-lar bo‗lib,
ularning natijalari bo‗yicha g‗olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi.
Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona
baholashga,
olib
borilayotgan
o‗quv-mashg‗ulot
ishining
sifatini
taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko‗p jamoalarni jalb etish mumkin va ular
g‗olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o‗tkaziladi.
Kubok
musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish taomili bo‗yicha
o‗tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bos-qichida qatnashish
uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o‗tkaziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat
uchrashuvlari, o‗rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar.
Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo‗lajak
musoba-qalarga tayyorlash
va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‗tkaziladi.
O‗rtoqlik uchrashuvlar o‗quv-mashg‗ulot maqsadlarida yoki an‘anaviy
musobaqalar rejasida o‗tkaziladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobay-nida o‗tkaziladi. Ular,
odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish
kunlariga rejalash-tiriladi.
Dostları ilə paylaş: