36
IV. Gandbol musobaqa o„tkazish tizimlari.
Gandbol musobaqa o‗tkazishda asosan ikki
tizim - aylanma tizim va
chiqib ketish tizimi qo‗llaniladi. Boshqa hamma tizimlar shunga asoslangan
bo‗ladi.
Musobaqa o‗yinlarini aylanma tizim bo‗yicha o‗tka-zish uchun jamoalar
bir-birlari bilan bir marotaba uchrashishlari kerak.
Agar musobaqa bir
davrada o‗tka-zilsa, bir marta uchrashishadi. Eng to‗g‗ri yo‗l - musobaqani
ikki
davrada
o‗tkazishdir. Aylanma tizim bo‗yicha musobaqada
uchrashganlarning hamma o‗rinlari belgilanadi. Eng ko‗p ochko to‗plagan
jamoa g‗olib hisoblanadi. Davra tizimini o‗tkazish tartibi, musoba-qaga
qatnashuvchi jamoa tartib raqamlari qura o‗tkazil-gandan so‗ng belgilanadi.
Jamoa nomerlari belgilan-gandan so‗ng shu nomerlarga asoslanib o‗yin
jadvali tuziladi. Davra tizimining o‗yin taqvimlarini
esa ikki xil usulda tuzish
mumkin:
Birinchi usul: Taqvimning tuzilishi musobaqaga qatnashuvchi jamoalar
soniga bog‗liq. Buning uchun jamoalar soniga yaqin toq son olinadi va
shunga loyiq vertikal chiziqlar chiziladi. Masalan: 6
jamoa olsak, unga yaqin
toq - 5, demak, besh vertikal chiziq chiziladi. 8 jamoa olsak unga yaqin toq
son - 7 va hokazo.
So‗ngra birinchi vertikal chiziqning tagiga birinchi raqam qo‗yiladi.
qatnashuvchi qolgan jamoalarning tartib raqamini esa shu chiziqning o‗ng
tarafidan ketma-ket yuqoriga, keyin pastga qarab
soat strelkasiga qarama-
qarshi ravishda chiziqning chap tarafidan yoziladi (1-jadval, 1-ustun).
Vertikal chiziqlarning tagi va ustiga, tagidan boshlab ishtirok etuvchi
jamoalarning umumiy
soniga yaqin toq sonigacha, chapdan o‗ngga qarab
bittadan ustun tashlab jamoalarning raqamlari yoziladi. (1-jadval). Bu
37
raqamlar vertikal chiziqlarining o‗ng va chap tarafiga qatnashuvchi
jamoalarni yozishga dastlabki raqam bo‗lib xizmat qiladi.
qolgan raqamlar
soat strelkasiga qarama-qarshi, vertikal chiziq tagidagi
raqamdan ko‗paytirilib, vertikal chiziq tepasidagi raqamdan esa kamaytirilib
yoziladi. SHu grafalar to‗ldirilgandan so‗ng o‗yin kalendari tuziladi.
Buning
uchun vertikal chiziqlarining ikki tomonidagi bir-biriga paralel raqamlarni
juftlab qo‗shib yozish zarur.
Ishtirok etuvchi jamoalarning umumiy soni toq bo‗lsa, u holda vertikal
chiziqlarning ustidagi va tagidagi raqamlar shu kungi o‗yinda
ishtirok
etmaydigan jamoalarni ko‗rsatadi. O‗yinning taqvim kuni jadvalini tuzishda
bo‗sh raqamlar (vertikal chiziqlarning usti va tagidagi) oxirgi jamoa bilan
boshlanadi.(bizning misolimizda 1-6 bilan).
Dostları ilə paylaş: