10
II. O„zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.
1938 yilda Respublikamizda gandbol bo‗yicha birinchi chempionat
o‗tkazildi. 1960 yilgacha O‗zbekistonda Toshkent
Oliy Harbiy bilim yurtida
talim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo‗l to‗pi musobaqalari o‗tkazilgan.
1960 yili Xarkov shahrida yoshlar orasida qo‗l to‗pi bo‗yicha Butunittifoq
musobaqalari o‗tkazildi va shundan so‗ng sportning bu turi mamlakatda tez
rivojlana boshladi. 1960 yilda O‗zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida
ilk bor qo‗l to‗pi mutaxassisligi bo‗limi ochildi. 1960
yildan boshlab
Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va
O‗zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha
boshlagan yili deb qayd etildi. 1962 yili Tbilisi
va Sverdlov shaharlarida
o‗tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O‗zbekiston
terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo‗llanma oldi.
O‗zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, M.Jukov,
B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, A.Oleynikov, N.Rahmatov,
A.Pantasenko va A.Sodiqov O‗zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti
jamoalari
vakillari
edi.
Sobiq
Ittifoq
chempionatlarida
jamoaga
V.Sevastyanov va V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O‗zbekiston gandbolchilari 1972-1973
yillarda yuqori natijalarga
erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o‗tkazilgan
chempionatda oltinchi o‗rinni egalladilar. O‗zDJTI jamoasi Butun-ittifoq
talabalar o‗rtasidagi musobaqalarda uch karra g‗oliblikni qo‗lga kiritdi.
O‗zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq
xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o‗rinni egalladi. 20
dan ortiq
qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. SHular jumlasidan o‗zbek qizi
Marg‗uba Artiqboeva O‗zbekistonda birinchi bo‗lib shu unvonga ega bo‗ldi.
Toshkentda dastlabki yoshlar va o‗smirlar sport maktablari 60-yillarda
ochildi va sobiq Ittifoq maktab o‗quvchilari spartakiadalarida muntazam
11
ishtirok etib, 1975 yili qizlar 3- o‗ringa, o‗smirlar esa 1979 yili oltinchi
o‗ringa sazovor bo‗lishdi. Keyinchalik
ushbu sport maktablarida
shug‗ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail
Vasilev, yoshlar o‗rtasida jahon chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva,
sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov,
S.Kalmikov, G.Travkin, I.Axmadiev, B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi»
unvoniga sazovor bo‗lganlar.
O‗zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi
faol mehnatlari uchun
F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, V.Konaplev,
V.Izaaklar «O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan murabbiy» unvoni bilan
taqdirlandilar.
Mustaqil O‗zbekistonda 1992 yili qo‗l to‗pi federatsiyasi tashkil etilib,
1993 yili Halqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.
1992 yildan O‗zbekistonda erkaklar va ayollar o‗rtasida
chempionatlar
o‗tkazilib kelinmoqda.
13
»
2009
«SamGasi
»
Petrosyan.V
«Algoritm»
Konaplev V.
2010-11
«SamGasi
»
Ikramov F
«AGMK»
Muminov.V
2012
«SamGasi
»
Ikramov F
«AGMK»
Muminov.V
2013
«UzMU»
Xalikova L
«AGMK»
Muminov.V
2014
―AGMK‖ Mo‗minova M
«AGMK»
Muminov.V
2015
―AGMK‖ Mo‗minova M
«AGMK»
Muminov.V
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o‗rtasida
o‗tkazilgan chempionatda «D-klub» (O‗zDJTI) gandbolchi qizlari g‗alabaga
erishdilar. SH.K.Pavlov va F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida O‗zDJTI
talaba qizlari asosida tarkib topgan Respublika terma jamoasi 1997 yili
Iordaniyada o‗tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, O‗zbekiston
jamoalari orasida sport o‗yinlari bo‗yicha birinchi marta jahon chem-
pionatida qatnashish huquqiga ega bo‗ldi. 1997
yilning dekabr oyida
Germaniyada o‗tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, Braziliya va Urugvay
jamoalarini ortda qoldirib, O‗zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
Dostları ilə paylaş: