Darvozabon o„yini texnikasi.
Darvozabon jamoada eng qiyin va ma‘sul vazifani bajaradi. Uning
harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujumning natijasini
ham belgilaydi. Darvozabon uchun muhimi avvalo bo‗yi (180-190 sm),
tezlik reaksiyasi, mo‗ljallay olish, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi
sifatlardir. Darvozabonning dastlabki o‗yin texnikasiga: turish, siljish,
chalg‗itishlar, to‗pni qo‗l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to‗pni uzatishlar
kiradi.
Darvozabon texnik usullarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‗p jihatdan
uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozabonning
dastlabki holatni to‗g‗ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi
omillaridandir.
Turish. Darvozabon harakatdagi to‗pning vaziyatiga bog‗liq ravishda
har-xil holatda turishi mumkin. Darvozada turishning asosan ikki turi
mavjud: darvoza o‗rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o‗rtasida
asosiy holatda turib harakat qilish qulaydir: oyoqlar elka kengligida, sal
bukilgan, gavda og‗irligi ikki oyoqqa baravar bo‗lingan, gavdaning yuqori
qismi ozgina oldinga egilgan, qo‗llarning kaftlari oldinga qaratilgan holda sal
bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan elka balandligiga
teng yoki undan ham balandroq bo‗lishi mumkin
Agar hujumchi to‗p otishni burchakdan bajarayotgan bo‗lsa, unda
darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig‗i 15-20 sm),
darvozaga yaqin bo‗lgan qo‗lini yuqoriga ko‗tarib tirsak bo‗g‗ini salgina
70
bukilgan bo‗ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi
qo‗li yon tomonga uzatilgan, gavda og‗irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa
o‗tkazilgan. Ana shunday holatda darvozabon bevosita to‗pni qaytaradi yoki
tez-tez oldinga chiqadi.
Siljish. Darvozabon joyini asosan yon tomonga qadam qo‗yib
o‗zgartiradi. Bu uning o‗z yo‗nalishini tez-tez almashtirishiga va to‗pni
qaytarish uchun tayyor bo‗lishiga imkoniyat yaratadi.
Darvozabon to‗pni olib qo‗yishni, sapchigan to‗pni egallab, uni o‗yinga
kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o‗tishni taminlovchi to‗pni
egallashini, oldinga va orqaga tez harakat qilishni, keskin start olishni bilishi
shart.
Darvozabon hamla qilish harkatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo‗ylab
yozib o‗tirish (shpagat) holatidan tez-tez foydalanishga to‗g‗ri keladi,
shuning uchun u bu harakatlarni xar tomonga bemalol bajarishni bilishi juda
zarur. Uning xar xil sakrashlarni bajarishi o‗yinda alohida ahamiyatga ega.
Darvozabonning to‗p otayotgan o‗yinchiga peshvoz chiqishi va sakrashi
darvoza qo‗riqlashning murakkab usullari qatoridan o‗rin olgan. Darvozaning
nishonga olingan burchagini kamaytirish uchun darvozabon yuqoriga yoki
uzunlikka sakrab darvozaga yo‗naltirilgan to‗pning yo‗lini to‗sishga harakat
qiladi. Odatda, darvozabon sakraganda, to‗pning yo‗nalish yo‗lini ko‗proq
kamaytirish uchun oyoq va qo‗llarini yon tomonga yoyadi. Darvozabon
raqiblar bilan to‗p uchun kurashda ko‗pincha aldash harakatlarini ishlatadi.
CHalg‗itish maqsadida bir tomonga egilib, keyin boshqa tomonni to‗sadi,
tez-tez yolg‗on chiqishlarni qo‗llaydi. Bunday holatlarda hujumchi to‗pni
darvozabon ustidan oshirib tashlaydi, lekin bunday bo‗lishini oldindan
kutgan darvozabon darhol orqaga qaytib, to‗p yo‗lini to‗sishga ulguradi.
To‗pni ilish darvozabon o‗yin texnikasining eng muhim elementlaridan
biridir. Kuchli otilgan to‗pni ilish imkoni yo‗q bo‗lsa ham, uni qaytargandan
71
so‗ng egallab olish muhimroqdir, chunki qarshi hujumga o‗tish boshlanishi
kerak. SHuning uchun darvozabon to‗pni ilib olgani ma‘qul. Lekin eng
yaxshi yo‗li - to‗pni ikki qo‗llab ilib olish.
To‗pni ushlash darvozabon harakatlaridagi asosiy o‗rinni egallaydi.
Muhimi, otilgan to‗pni «amortizatsiya» qilib ushlay bilish kerak. Buning
uchun to‗p urilganda, qo‗l kaft va barmoqlarini ozgina orqaga yuborish
maqsadga muvofiqdir. YAqin masofadan sapchib kelgan to‗pni darvozabon
ushlab olmog‗i lozim.
To‗pni qaytarishda, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikkala qo‗lni
ishlatishi, baravariga oyoq va qo‗l bilan yoki gavda bilan ham to‗pni
qaytarishi mumkin.
YUqoridan kelayotgan to‗pni darvozabon bir yoki ikki qo‗llab ushlaydi.
Agar to‗p qaysi tarafdan kelayotgan bo‗lsa, unda darvozabon to‗p kiritish
burchagini kamaytirish uchun shu tarafga yoki oldinga bir qadam tashlaydi
yohud sakraydi va to‗pni ushlashni o‗sha tomondagi qo‗l barmoqlari yoki
kafti bilan bajaradi. Ba‘zan bu usul sakrab yiqilgan holda ham bajariladi,
lekin bu maqsadga muvofiq emas, chunki bunday usulni bajarishga ko‗p vaqt
sarflanadi, oqibatda, to‗pni qaytargandan so‗ng darvozabon o‗zining
mo‗ljalini yo‗qotadi. Bunday harakatlarni bajarishda muvozanat yo‗qotishga
kam vaqt sarflab, asosiy holatda turishni saqlagan ma‘qul.
Darvozaning pastki qismiga otilgan to‗p oyoq bilan qaytariladi. To‗p
kelayotgan tomon aniqlanib, darvozabon shu tomonga oyoq kaftlarini
to‗g‗rilab, maydonga yaqin keng qadamga hamla qilishga intiladi. Bunda son
va boldir orasidagi burchak
ni tashkil etadi. SHu tarafga oyoq bilan birga
ehtiyotdan o‗sha tomondagi qo‗l ham cho‗ziladi: boshqa qo‗l esa
muvozanat saqlash uchun yuqoriga ko‗tariladi. Hamla qilish oxirida oyoq
to‗liq to‗g‗rilanadi va darvozabon to‗g‗ri chiziq bo‗ylab oyoqlarini yozib,
72
«shpagat» holatini oladi yoki ikkinchi oyoq tizzasiga tushadi, so‗ng tez
asosiy holatda turishga qaytadi
Eng chekka xolatdan darvozaning uzoq pastki burchagiga yo‗naltirilgan
to‗pni darvozabon shu tarafdagi qo‗l va oyog‗ini baravariga siltab yoki hamla
qilib ushlaydi.
To‗pni uzatish. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to‗p
jamoaning hujumga o‗tishi uchun muhim sharoit yaratishning garovidir.
SHuning uchun darvoza-bonning baland traektoriya bilan yoki uzoq
masofalarga to‗pni yuqorida qo‗lni bukib uzatishni qo‗llashi qoida tusiga
kirib qolgan. To‗pni egallaganidan so‗ng darvozabon, uni uzatish uchun
qulay tarafni tanlaydi.
Darvozabonning harakati samarali bo‗lishi uchun eng to‗g‗ri xolati –
darvoza o‗rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha
masofa bo‗ylab harakat qiluvchi darvozabon baland «traektoriya»da
keladigan to‗pni egallashga doim tayyor bo‗lishi lozim. To‗p otilishini
boshlashini aniqlagach, darvozabon darvoza maydoniga to‗p kiritish
imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga chiqadi. Otilayotgan to‗p
dan
kichik burchak ostida bo‗lsa, u holda darvozabon darvoza ustunlari yonidan
joy oladi.
Darvozabon xech vaqt to‗pni nazoratsiz qoldirmasligi va o‗z vaqtida
hujumchining to‗p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi
juda muhimdir.
Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo‗lsa, unda u 9 metrli chiziq
yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to‗pdan ajrab qolib, raqiblar tez yorib
o‗tish hujumini amalga oshirsalar o‗yinga qo‗shilishga tayyor bo‗lib turadi.
Bunday holda u to‗pni egallash uchun maydonga chiqishi mumkin. Urinishi
muvaffaqiyatsiz bo‗lsa, unda orqaga chekinadi va darvozada turib, tez yorib
73
o‗tib to‗pni darvozaga otayotgan hujumchining to‗pini qaytarishga harakat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |