“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
gandbol o\'yin tarixi

 
Himoya taktikasi. 
Himoyada o‗ynashning umumjamoa usuli shaxsiy, hududiy va aralash 
bo‗lishi mumkin. Biroq qisman bo‗lsa ham boshqa usul elementlaridan 
foydalanmasdan birgina usulda o‗ynayverish xato bo‗ladi, chunki bu hol 
himoya taktikasini qashshoqlashtirib qo‗yadi. Himoyada o‗ynash usullarini 
himoyachilarning shaxsiy xislatlari va imkoniyatlarini xisobga olib tanlash 
kerak. 
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi xujum qilayotganlar 
harakatiga javob tariqasida bo‗lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga 
qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi jamoaga hujum 
harakatlarini ham muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. 
Himoyaning asosiy maqsadi raqiblarning darvozaga to‗pni aniq otishi 
imkoniyatini kamaytirishdir. Bunda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat 
bo‗ladi: 
1) qisqa vaqt ichida raqiblardan to‗pni olib qo‗yish; 
2) hujumda ishtirok etuvchi guruh o‗yinchilari orasidagi o‗rganilgan 
aloqalarni buzish; 
3) darvozaga to‗p otishlariga qarshilik ko‗rsatish. 
4) o‗z darvozasi oldida to‗p uchun kurashish va to‗p egallangandan 
so‗ng hujumni tashkil qilish. 
Himoyada o‗ynash usullari xilma-xil bo‗lib, asosan darvozani mudofaa 
qilish, to‗pni qo‗lga kiritish uchun faol kurashishni nazarda tutadi.


84 
Himoyadagi o‗yin ham hujumdagi singari shaxsiy, guruh va jamoa 
harakatlaridan iborat. 
Jamoa harakatlari. 
Himoyada jamoa harakatlarini tashkil etishda uch tizimdan: shaxsiy, 
zonali va aralash himoya tizimlaridan foydalaniladi. 
SHaxsiy himoya. Bu qo‗l to‗pi o‗yinida asosiy himoya qilish tizimidir. 
SHaxsiy himoya uch variantdan iborat: butun maydon bo‗ylab, maydonning 
o‗ziga qarashli qismida va erkin to‗p tashlash zonasida. 
Butun maydon bo‗ylab shaxsiy himoya to‗pni yo‗qotgandan so‗ng 
darhol uni egallash uchun faol kurashishga mo‗ljallangan. Himoyachilar 
oldindan ma‘lum yoki o‗ziga yaqin turgan o‗yinchilarni taqsimlab oladilar va 
ularni to‗p egallash hamda va uzatish imkoniyatlaridan mahrum etish uchun 
ulardan ajralmay kuzatadi. Hujumchilar darvozaga yaqinlashgan sari 
himoyachilarning faollik darajasi ortadi.
Agar raqib jamoasi o‗yinchilari texnik jihatdan bo‗sh yoki hujum qilishi 
sust bo‗lsa, o‗yin vaqtini ataylab cho‗zishsa yoki himoya qiluvchi o‗yinchilar 
son jihatdan ustunlikka ega bo‗lsa, u holda butun maydon bo‗ylab shaxsiy 
himoya qilishni qo‗llashi maqsadga muvofiqdir.
Maydonning o‗ziga qarashli qismida himoya harakatlarini bajarar ekan, 
jamoa o‗z darvozasi tomon chekinadi va maydonning o‗rta chizig‗i yaqinida 
oldindan taqsimlangan o‗yinchilarni tanlab oladi. To‗p egallagan o‗yinchi 
zich «devor» bilan pana qilinadi, boshqalarining to‗silishi esa, o‗yinchi bilan 
darvoza orasidagi masofaga bog‗liq, u darvozabonga qancha yaqin bo‗lsa, 
shuncha zich pana qilinadi. 
Hujumchilar 
harakatini 
maksimal 
murakkablashtirish 
uchun 
himoyachilar butun maydon bo‗ylab yoki erkin to‗p tashlash zonasida 
hamma hujumchilarni zich to‗sib tursa, qo‗llanilsa yaxshi natija beradi. 
To‗pni burchakdan o‗yinga kiritishda yoki o‗yinning oxirgi minutlarida 


85 
jamoa minimal xisobda yutqazayotgan bo‗lsa, pressing qo‗llash maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. 
Zonali (xududiy) himoya. Bu tizimda har bir himoyachining harakat 
qilish zonasi aniqlanadi, ya‘ni, uning zonasiga kirgan har bir hujumchini zich 
panohgoh bo‗lishga harakat qiladi. 
O‗yinchilar himoyaga qaytib kelib, o‗zlari tanlagan joylarini egallaydi, 
so‗ng hujumchilarning siljishi va to‗pning almashtirilgan joyi tomon harakat 
qiladi. Hujumchining to‗p bilan qilgan har qanday harakatiga shu zonadagi 
himoyachi javobgardir. Birmuncha xavfli bo‗lgan 10-12 m masofadan hujum 
qiluvchi hujumchiga unga yaqin bo‗lgan himoyachi chiqadi, boshqalari esa 
bo‗sh qolgan joyni to‗ldirishadi. 
O‗yinchilarning himoyada joylashishining bir necha variantlari mavjud 
bo‗lib asosan ularning beshtasi zonada joylashishga harakat qiladilar: 
burchaklarda, markazda va ikkitasi ularning orasida. Bunday holda birdan-
uchgacha mudofaa chizig‗ini tashkil qilishi mumkin. Eng baland bo‗yli 
himoyachilar o‗rtada, qolganlari esa birin-ketin burchak tarafga joylashadi. U 
yoki bu variantni tanlash raqib o‗yinchilarining tarkibi va harakat qilishlariga 
bog‗liq. Uzoq masofadan natijali hujum qiladigan jamoaga qarshi ikki chiziq 
bo‗ylab mudofaa tashkil etiladi. Burchakdagi va chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan 
o‗yinchilar orqali hujum qilinsa, u holda himoyachilarning bir-ikki qator 
mudofaa qilish chizig‗ida joylashish usuli qo‗llaniladi. Keng tarqalgan 
zonada himoya qilish tizimlari qatoriga 6-0, 5-1, 4-2, 3-3 lar kiradi
Har bir variant o‗zining turiga ega. SHunday qilib, 5-1 oldinga 
chiqarilgan o‗yinchi xar xil usulda harakat qilishi mumkin; to‗p bilan bo‗lgan 
o‗yinchiga hujum qilish, bombardir o‗yinchiga qarshi harakat qilish yoki 
umumiy hujumdan chetlashtirish maqsadida markazdagi o‗yinchining, unga 
qarshi o‗ynashi. 


86 
Zonali himoyani qo‗llashda, muhimi darvozaga to‗p otishga halaqit 
qilish bilan cheklanmay, balki hujumchilarning zonaga kirishiga yo‗l 
qo‗ymaslik va ularning erkin to‗p uzatish imkoniyatini murakkablashtirishdir. 
Zonali himoyada o‗yinchi har doim harakatchan, egiluvchan va shiddatkor 
bo‗lishi talab etiladi. Uning qudrati, shaxsiy himoyaga yaqinlashgan sari 
ortaveradi. Raqiblarning joylashishini dastlabki holatga qaytarish yoki 
hamma o‗yinchilarni zich panohgoxda ushlashni kuchaytirish maqsadida 
shunday joylashtirishlar qo‗llaniladi. 
Aralash himoya. Bu tizimda shaxsiy va zonali himoyaning ijobiy 
tomonlari birlashtirilgan. Ikki asosiy tamoyil manfaati alohida o‗yinchiga 
qarshi harakat va zonadagi mudofaani natijali qilishdir.
Bunday himoya quyidagi variantlarga bo‗linadi: 5+1, 4+2, 1+4+1. 
Bularning anglatishicha, o‗yinchilarning bir qismi (birinchi raqam) zonani 
ushlab turadi boshqalari esa, (ikkinchi raqam) hujumchini shaxsan himoya 
qiladi. 
Variant 5+1 – himoyani tashkil etishda ko‗p uchraydigan usuldir. Bunda 
o‗yinchilar 6-0 zonadagiga o‗xshab harakat qiladilar, o‗yinchilardan biri esa, 
kuchli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada o‗ynaydi. 
Variant 4+2 bir vaqtda ikki o‗yinchining (bombardir va markazdagi yoki 
yana boshqa o‗yinchilari) harakatini bog‗lab qo‗yish maqsadida qo‗llaniladi. 
YA‘ni ikki mahoratli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada, boshqalari esa 
chiziq bo‗ylab zonada himoya qilish tamoyillarida o‗ynaydilar. 
Variant 
raqiblar jamoasi chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan bo‗lsa 
shunga qarshi qo‗llaniladi va u o‗yinchini himoyachidan biriga panohgoxlik 
qilish yuklanadi. Hujumni tashkil qiluvchi o‗yinchiga qarshi shaxsiy himoya 
qo‗llanilib boshqa o‗yinchilar esa zonada o‗ynaydilar.
Himoyada muvaffaqiyatli o‗ynash, barcha himoya tizimlarini to‗la 
takomillashtirib egallashga va shaxsiy himoyada yaxshi harakat qilishni 


87 
bilishga asoslangan. SHuning uchun shaxsiy tizimga ustunlik berish kerak. 
Keyinchalik zona variantlarining birini qo‗llash va undan so‗ng aralash 
himoyaga o‗tish hujum qilishida raqiblar oldiga murakkab vazifalar qo‗yadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin